Ma’ruza №4.
Mavzu: Ishdan chiqishlarning klassifikatsiyasi
Reja:
4.1. Ishdan chiqishlarning klassifikatsiyasi
4.2. Tasodifiy kattaliklarning taqsimlanishi
4.3. Ishdan chiqishlar intensivligi.
4.4. Buzilish va nosozliklar
4.1.Ishdan chiqishlarning klassifikatsiyasi.
Klassifikatsiya uchun sakkiz xonali raqamlardan iborat koddan foydalangan
qulay. Ishdan chiqishlarning universal klassifikatori sxemasi:
Ishdan chiqish roy bergan
joy
Ishdan chiqish
xarakteristikasi
Tashqi
alomatlar
Yuzaga
kelish
sabablari
Ish
hajmi
Guruh
birikma
detal
1
2
3
4
5
6
7
8
Ishdan chiqish roy bergan joyni ko‟rsatish uchun qurilma 9
ta yirik
birikmalarga bo‟lingan (1-9) “0” raqami bilan boshqa birikmalar (tashqi ta‟minot
manbalari) belgilanadi. Har bir yirik birikma 9 ta mayda birikmalarga bo‟lingan (2
chi raqam), ular esa o‟z navbatida 9 ta asosiy detallarga bo‟lingan (3 chi raqam).
Ishdan chiqishlar xarakteriga qarab quyidagilarga bo‟linadi: mexanik (1-10
detallar uchun, 11-20 birikmalar uchun); fizik-kimyoviy (21-40);
sistemadagi
komponentlarning miqdoriy o‟zgarishi (41-60); elektrik (61-80); tashqi ta‟minot
manbalaridagi (81-90).
Ishdan chiqishning tashqi alomatlariga (kodning 6-chi raqami) KMning
to‟xtashi,
obyektdagi yuqori harorat,
elektr energiyasi, sarfi va iste‟mol
quvvatining oshishi, taqillash va h.k.lar kiradi.
Ishdan chiqishning yuzaga kelish sababi (kodning 7-chi raqami) –
konstruktiv , texnologik montajdan bo‟lishi mumkin. Bu sabablar ishdan chiqishni
ko‟zdan kechirayotganda har doim ham aniqlanavermaydi (kodga “0”
raqami
qoyiladi)
.
Yirik, o‟rta va mayda ishdan chiqishlarning orasidagi foizli munosabat, ya‟ni
ishdan chiqishni bartaraf qilish uchun zarur bolgan ish hajmi (kodning 8 chi
raqami), ta‟mirlanuvchanlik bilan xarakterlanadi.
Xarakteriga qarab ishdan chiqishlar oddiy va kutilmagan bo‟lishi mumkin.
Oddiy ishdan chiqishni qurilmani navbatdagi ko‟rikdan o‟tkazayotgan
paytda
aniqlash va bartaraf qilish mumkin. Kutilmagan
ishdan chiqishlarni esa, odatda,
ekspluatatsiya davridagi avaryaviy holatlar aniqlaydi.
Mashinaning yoshi va ishdan chiqishlar chastotasining statistik taqsimlanishi
nuqtai nazaridan ularni uch turga bo‟linadi: