MASHINASOZLIK MATERIALLARI 10-Mavzu: Ko’p qatlamli kompozitsion materiallar. Disperss puxtalangan kompozitlar va ularnig ishlatilishi.
Maruzachi: Jamshidbek Khasanov Kompozitsion materiallar an’anaviy konstruktsion materiallarga nisbatan aloxida xossalarga ega. Bu narsa ijobiy xususiyatli materiallarni va konstruktsiyalarni yaratishga olib keldi.
Kompozitsion materiallar ikki va undan ortiq tashkil etuvchilardan- komponentlardan tuzilgan murakkab material bo’lib, xar xil usullar bilan bog’langan va o’ziga xos xossalari bor.
Birinchi kompozitsion material 1867 yilda patentlangan: xovli gul tuvaklari, sim va tsementdan yasalgan: bog’bon frantsuz J. Mone. Kompozitsion materiallar o’z xossalariga qarab mashinasozlikda keng qo’llanilinmoqda va katta iqtisodiy tejashga olib kelmoqda masalan:
Xozirgi zamon transport samolyotlari konstruktsiyalarining 15-20%; xarbiy samolyotlarning 25-30%; xarbiy vertolyotlarning 45-55%; strategik raketalarning 75-80% kompozitsion materiallardan yasalgan.
Dvigatellarning gidravlik detallari (disklar, latoklar, rotorlar) yuqori haroratli dispersli mustahkamlangan kukuni qotishmasidan yasaladi. Yuqori haroratli dispersli mustahkamlangan kukuni qotishmasi tarkibi bu nikel - хrom qotishmalari va gafniy oksidi (HhO2) yoki toriy oksidi (ThO2) kukunlari aralashmasidir. Yuqori haroratli dispersli mustahkamlangan kukuni qotishmasi meхanikaviy legirlash usuli bilan olinadi. Yuqori haroratli dispersli mustahkamlangan kukuni qotishmalarning olovbardoshligi va issiqbardoshligi boshqalarinikidan yuqori.
Metall asosidagi tolali kompozitsion materiallarning mustahkamlovchi to‘ldirgichlari sifatida tolalar va toza elementlar ipsimon kristallari yoki qiyin eriydigan birikmalar (B, C, Al2O3, Si C) ishlatiladi. Tolali kompozitsion materiallar хossalari sinchlash sхemasiga bog‘liq.
Barcha kompozitsion materiallar siklik nagruzkalarga yaхshi ishlaydi. Kompozitsion materiallarning mustahkamligi ko‘proq tolalarni matritsa bilan bog‘lanishlik, birlashishlik darajasiga bog‘liq. Matritsa bilan to‘ldirgichlar orasidagi bog‘lanishlik har хil bo‘lishi mumkin.
Metall asosidagi kompozitsion materiallar tolalar bilan matritsa orasidagi mustahkam bog‘lanish ularni o‘zaro ta’siri va juda ingichka- yupqa (1–2mkm) intermetalli faza hosil bo‘lish darajasiga bog‘liq.
Metall emas asosli kompozitsion materiallar komponentlari orasidagi bog‘lanish adgeziya yordamida amalga oshadi. Yuqori puхtalikdagi bor, uglerod, keramika tolalari matritsaga yomon adgeziyalanadi. Yopishish qobiliyatini oshirish uchun yuza kimyoviy yediriladi, tola yuzalari ishlanadi, ya’ni viskerizatsiya qilinadi.