Мавзу : pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil sohasi sifatida. (2 s)



Yüklə 425,09 Kb.
tarix01.04.2023
ölçüsü425,09 Kb.
#92230
1- мавзу,маъруза (1)


  1. Мавзу : PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA PEDAGOGIKANING MUSTAQIL SOHASI SIFATIDA.

(2 s)
Reja:
1. Pedagogik texnologiya fan sifatida.
2. Pedagogik texnologiyaning asosiy kategoriyalari.
3. Pedagogik texnologiyaning metodologik asoslari.
4. Pedagogik texnologiya tushunchasi va uning uziga xos jixatlari: ilmiy, protsessual-tavsifiy (tavsiflash, o'quv jarayonini algoritmlash), protsessual-xarakatli (o'quv jarayonini amalga oshirilishi).

Tayanch tushunchalar: Pedagogika, texnologiya, kategoriya, ilmiy, protsessual-tavsifiy (tavsiflash, o'quv jarayonini algoritmlash), protsessual-xarakatli
O’zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri “shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi“dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi.
“Portlash effekti“ sari shijoat bilan qadam tashlash, yo’llarda uchraydigan qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni to’liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiyashunoslik asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga etkazish jarayonini yangi pedagogik “qurol“ va vositalar bilan ta’minlash davr taqozosidir.
Pedagogik texnologiya (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3-ming yillikda davlatimiz ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangihlanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi
Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab etadigan, avtoritar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, sabrbardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning echimi qaysi darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog’liq?
Dastlab “texnologiya“ tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan - “texnos“ (techne) - san’at, hunar va “logos“ (logos) - fan so’zlaridan tashkil topib “hunar fani“ ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga ko’chirish mumkin, ya’ni: PT - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarni intensiv shakllantirish jarayonidir.

B.Ziyomuhammedov va Sh. Abdullaevalar fikricha, ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish ilmiy muammo sifatida maxsus tadqiqotlar olib borishni ko’zda tutadi. Bunda, eng avvalo, quyidagilarni aniqlash lozim:



  • ta’lim texnologiyalarini ilmiy ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish uchun ijtimoiy-pedagogik asoslar mavjudligini aniqlash;

  • ta’lim majmua sifatida nimani anglatishi va qanday tarkibiy qismlardan tashkil topganligini belgilash;

  • ta’lim texnologiyasining funktsional majmui jarayon sifatida nimalardan iboratligini aniqlash;

  • ta’lim texnologiyalari Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi maqsadlariga qay darajada to’g’ri kelishi va uni baholash mumkinligini ko’rsatib berish;

  • pedagogik texnologiyaning majmualar nazariyasining asosiy qonuniyatlariga mosligini nazoratda tutib turish yo’l-yo’rig’ini ishlab chiqish.

Shuni aytish joizki, ta’lim texnologiyalari, pedagogika ilmining tadqiqot ob’ekti sifatida, aniq fanlarni o’qitish uslubi bo’libgina qolmay, ijtimoiy fanlarni o’qitishda ham yangicha yondashuv sifatida qayd qilinishi lozim.
B.Ziyomuhammedov majmualar nazariyasining qonuniyatlaridan kelib chiqib, pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif beradi: «Pedagogik texnologiya – bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, oldindan belgilangan kishi ijtimoiy sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo’naltirilgan o’quv jarayonini majmui sifatida ko’rib, uni tashkil qiluvchi qismlari bo’lgan o’qituvchi (pedagog)ning o’qitish vositalari yordamida talabalarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko’rsatgan ta’sirini nazoratda tutuvchi va ta’lim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir.
Rossiya olimlaridan V.M.Monaxov: «PT- avvaldan rejalash-tirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo’lgan tartibli amallar tizimidir», - degan qisqacha ta’rifni bera turib, uning quyidagi asosiy xususiyatlariga e’tiborni qaratib, «PT – o’quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg’unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining sub’ektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi» , deydi.
M.V. Klarin fikricha, PT- o’quv jarayoniga texnologik yondashgan holda, oldindan belgilab olingan maqsad ko’rsatkichlaridan kelib chiqib, o’quv jarayonini loyihalashdir.
I.Ya. Larnerning fikriga ko’ra, PT – ta’lim oluvchilar harakatlarida aks etgan o’qitish natijalari orqali ishonchni anglab olinadigan, aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi.
V.P.Bespalkoning O’zbekistonlik shogidlaridan Nurali Saydahmedov va Abdurahmon Ochilovlarning fikricha, PT – bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida talabalarga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.
O’zbekistonlik pedagogik olim B.L.Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif beradi: PT- ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo’lib, pedagogikada ijtimoiy - muxandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq ijtimoiy hodisadir.
Yapon pedagog olimi T.Sakomoto fikricha – PT bu majmuali fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayoni muayyan bir majmuaga keltirishdir».
Bu asoslardan kelib chiqqan holda V.Yu.Pityukov «Pedagogik texnologiya» tushunchasini, ta’lim oluvchida ijtimoiy madaniy me’yorni, shaxs erkinligini, dunyoga bo’lgan munosabatni, ta’sirni shakllantirish maqsadida uning dunyo bilan o’zaro ta’siri kontekstida, pedagogning talabaga jarayonli ta’sir ko’rsatishini ilmiy asoslashni ilgari suradi.
B.T.Lixachyov tomonidan taklif etilgan ta’rif quyidagicha: «Pedagogik texnologiyalar–ta’lim shakllari, usullari, metodlari, tarbiya vositalarining joylashuvini aniqlovchi psixologik-pedagogik majmualar yig’indisi bo’lib, bu pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy loyihasidir».
Birlashgan Millatlar Tashkilotining nufuzli idoralaridan YuNESKOning ta’rifi bo’yicha, «PT – bu bilim berish va uni egallashda texnika hamda inson resurslarini o’zaro uzviy bog’liq holda ko’rib, butun ta’lim jarayonini loyihalashda, amalda qo’llashda majmuali yondashuv usulidan foydalanishdir».
N.X. Avliyoqulov fikricha, Pedagogik texnologiya – bu, amaliyotga samarani tadbiq etiladigan, tegishli tamoyillar asosida ishlab chiqilgan o’quv jarayonning loyihasidir.
Pedagogik texnologiyabu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Bizning fikrimizcha, Pedagogik texnologiya - ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv asosida butun o’qitish va o’rgatish jarayonini aniq ketma-ketlikda puxta loyihalashtirilib tashkil etish, amalga oshirish va baholashning yaxlit tizimi bo’lib, uning asosini berilgan sharoitlar hamda ajratilgan vaqt ichida o’quv maqsadlariga kafolatli erishishlarini ta’minlash g’oyasi tashkil etadi.
Yuqorida keltirilgan pedagogik texnologiya to’g’risidagi ta’riflarni nazariy tahlil qiladigan bo’lsak, xorijiy (shu jumladan, yaqin xorijiy) davlatlarning olimlari tomonidan berilgan ta’riflar bilan O’zbekistonlik olimlar bergan ta’riflari mazmunan bir-biriga yaqin kelsada, farqi ham anchaligini ko’ramiz. Rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo’llanilib kelayotgan pedagogik texnologiyalarni o’rganib, xalqimizning milliy pedagogika an’analari, o’ziga xos xususiyatlari, respublikamizda yig’ilgan tajribalar hamda ta’lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda O’zbekistonning milliy pedagogik texnologiyasini yaratish lozim.
Pedagogik texnologiyaning mohiyati va yuqoridagi xususiyat-laridan kelib chiqib, biz bundan keyingi paragraflarda asosan «pedagogik texnologiya» tushunchasiga sinonim sifatida ko’proq qo’llaniladigan «O’qitish texnologiyasi» atamasini ham ishlatamiz.
Yuqoridagilarga tayanib, biz an’anaviy o’qitishning zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’limdan farq qiluvchi belgilarini ochib beruvchi ma’lumotlarni keltirdik (1-jadval).
Ushbu jadvalning tahlili shuni ko’rsatadiki, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim, an’anaviy ta’limdan usullari va vositalari, uni tashkil qilish shakllari hamda natijalari (ta’lim oluvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini o’zlashtirish darajalari) bilan sezilarli darajada farq qiladi.
An’anaviy o’qitishda darsning maqsadi, odatda, axborotni passiv uzatish darsning maqsadi hisoblanadi, topshiriqlar asosan algoritmik darajada bajariladi. An’anaviy o’qitish tizimining asosida ta’lim oluvchining pedagogik ta’sirlar ostida bilim olishi yotadi, bunda talabaning faoliyati faol ijodiy xarakterga ega bo’lmaydi. Bu esa, hozirgi ta’lim talablariga mos kelmaydi.


III.TAQDIMOT




TEXNOLOGIYA ATAMASI- “TEXNOS“ (TECHNE) –SAN’AT, HUNAR “LOGOS“ (LOGOS) – FAN MA’NOLARINI ANGLATADI


Ta’lim va texnologik jarayonlar uyg`unligi






Yüklə 425,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin