Munosabatni shakllantirishning tarixiy taraqqiyoti



Yüklə 298,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix12.10.2023
ölçüsü298,64 Kb.
#154977
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1390-Текст статьи-3684-1-10-20221017



Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 6)
ISSN 2181-1709 (P)
128
Education and innovative research 2022 y. №6
UZLUKSIZ TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA SHAXSLARARO 
MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHNING TARIXIY TARAQQIYOTI 
https://doi.org/10.53885/edinres.2022.6.6.048
Dilova N.G. ,
BuxDU dotsenti
ИСТОРИЧEСКОE РАЗВИТИE МEЖЛИЧНОСТНЫХ 
ОТНОШEНИЙ В СИСТEМE НEПРEРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Дилова Наргиза Гайбуллаевна,
доцент БухГУ
HISTORICAL DEVELOPMENT OF INTERPERSONAL RELATIONS 
IN THE SYSTEM OF LIFELONG EDUCATION
Dilova N.G. ,
Associate Professor BuhDU
Annotatsiya: Maqolada uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonida shaxslararo 
munosabatlarni shakllantirishning tarixiy taraqqiyoti, sharq mutafakkirlarining 
ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari, zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoni muhitida 
shaxslararo munosabatlar, hozirgi zamon o‘qituvchisidan talab qilinadigan sifatlar 
hamda uning ta’lim-tarbiya jarayonida sog‘lom raqobatli muhitni yarata olishdagi 
asosiy tashkilotchi ekanligi haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: uzluksiz ta’lim-tarbiya, innovatsion ta’lim, zamonaviy 
yondashuvlar, shaxslararo munosabatlar, sharq mutafakkirlari, zamonaviy ta’lim, 
shaxslararo munosabatlar, sog‘lom raqobat, sifatli ta’lim.
Аннотация: В статье рассматриваются историческое развитие 
формирования межличностных отношений в процессе непрерывного 
образования, взгляды восточных мыслителей на образование, межличностные 
отношения в современном образовательном процессе, качества, необходимые 
современному педагогу и его образованию. организатор в создании здоровой 
конкурентной среды в процессе.
Ключевые слова: непрерывное образование, инновационное образование, 
современные подходы, межличностные отношения, восточные мыслители, 
современное образование, межличностные отношения, здоровая конкуренция, 
качественное образование.
Resume: The article discusses the historical development of the formation of 
interpersonal relations in the process of continuous education, the views of Eastern 
thinkers on education, interpersonal relations in the modern educational process, 
the qualities necessary for a modern teacher and his education. organizer in 
creating a healthy competitive environment in the process.
Key words: continuous education, innovative education, modern approaches, 
interpersonal relations, Eastern thinkers, modern education, interpersonal 
relations, healthy competition, quality education.
Innovatsion jamiyatning o‘ziga xos xususiyati o‘zida har xil yosh 
kategoriyasidagi insonlar bilimini doimiy tizimli ravishda to‘ldirib borish va 
kengaytirishni ta’minlaydigan hayot davomida va bosqichma-bosqich jarayondan 
iborat bo‘lgan uzluksiz ta’lim – tarbiya hisoblanadi Uzluksiz ta’lim - tarbiyaning 
maqsadi bilimlar iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish bo‘g‘ini sifatida insonning 
o‘zgarishlarga va iqtisodiyotni modernizatsiyalashga, kasbiy hayot, madaniyat, 
jamiyat va hokazolarga moslashish qobiliyatini mustahkamlash sifatida namoyon 
bo‘ladi Uzluksiz ta’lim – tarbiya ijodkor, ijtimoiy faol, kreativ, ma’naviy boy 
shaxsni shakllantiruvchi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda 
oldinda borishlik uchun zarur sharoitlar yaratadi va shu bilan birga bugungi global 


Образование и инновационные исследования (2022 год №6)
ISSN 2181-1717 (E)
129
http://interscience.uz
iqtisodiy sharoitda har bir insonning butun hayoti davomida rivojlanib borishining 
asosini namoyon etuvchi sifatidagi innovatsion ta’lim modelining eng muhim 
konsepsiyasidan biri hisoblanadi.
Shaxsning butun hayoti davomida samarali rivojlanib borishini sifatli ta’minlash 
va uni kafolatlashda innovatsion ta’lim modelining eng muhim konsepsiyalaridan 
biri bu – ta’lim-tarbiya jarayonidagi shaxslararo munosabat g‘oyasining muhim 
ahamiyatga ega ekanligi bilan baholanadi.
Uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonidagi shaxslararo munosabatlar bu o‘qituvchi 
va o‘quvchilar orasida yuzaga keladigan samarali muloqot munosabatlari bo‘lib, u 
ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining psixologik moslik darajasiga to‘g‘ri kelgan 
holda ularning o‘zaro ta’sirida shakllanib, mustahkamlanib boradi. Uzluksiz ta’lim 
– tarbiya jarayonida yo‘lga qo‘yiladigan ikki tomonlama ongli aloqalar, munosib 
tajribali munosabatlar, o‘zaro birgalikda faoliyat va aloqa jarayonida ular tomonidan 
ko‘rsatilayotgan o‘zaro ta’sir va o‘zaro ta’sirning bog‘liqligini xolisona namoyon 
yetilishi o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga egadir.
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim–
tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, ular psixologiya, 
pedagogika sohasidagi o‘zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda 
o‘rganishni talab etadi. 
O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ta’lim – tarbiya jarayonida shaxslararo 
munosabatlarni o‘rnatishning ahamiyati haqidagi qarashlari xozirgi kungacha 
bo‘lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik-psixologik 
nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida o‘rganib kelinmoqda. Har bir 
ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning xayot va turmush 
darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqlir. 
Binobarin, Yangi O‘zbekiston strategiyasida ham aynan, milliy qadriyatlar
ajdodlar merosidan unumli foydalanish, uni qayta o‘rganish va ilmiy izlanishlar 
asosida ulardan Uchinchi renesansning poydevori sifatida foydalanish bugungi 
dolzarb masalalardan biri ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.
Ajdodlar merosiga yangicha tafakkur asosida yondoshish, o‘tmishdagi 
pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g‘oyalarini xalq 
xayotiga tatbiq etish kabi ulug‘ ishlar amalga oshirilmoqda. 
Tarixdan ma’lumki, VII-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, 
ilm-fan beqiyos rivojlana bordi. O‘sha tarixiy davrda al – Xorazmiy, Forobiy, al – 
Farg‘oniy, al – Beruniy, ibn Sino, az – Zamaxshariy singari qomusiy olimlar dunyoga 
keldi. Ular bilan yonma-yon dunyoviy ilmlar tug‘ildi. Sharq mutafakkirlari inson 
ma’naviy va tafakkur dunyosini boyitishda, insoniyat ongini, madaniy – ma’rifiy 
qarashlarni o‘stirishda o‘z davrida va keyinchalik ham asosiy rol o‘ynadilar, 
inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotni yaratdilar. XV – XVI asrlarga kelib 
qadimiy Turkiston jahonga Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek, Ali Qushchi, Haydar 
Xorazmiy, Hofiz Xorazmiy, Lutfiy, A.Navoiy, Bobur, Abulg‘oziy Baxodirxon 
singari allomalarni voyaga yetkazdi. Bu davrda Markaziy Osiyo shaharlarida qator 
madaniy va ilmiy markazlar vujudga keldi. Demak, Markaziy Osiyo xalqlari, 
xususan o‘zbek xalqi va uning madaniy – ma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida misli 
ko‘rilmagan darajada rivojlangan. Qolaversa, uning axloq-odobga oid qarashlari, 
ta’lim – tarbiya jarayonidagi shaxslararo munosabatlarni o‘rnatishning muhimligi 
haqidagi qarashlari, pedagogika fanlari bo‘yicha ta’limoti butun jahonga o‘rnak 
bo‘larli ma’no va mazmun kasb etgan. 
Bugungi kunda O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ta’lim – tarbiya jarayonidagi 
shaxslararo munosabatlar to‘g‘risidagi qarashlari jamiyat taraqqiyoti qonunlariga 
suyangan holda turli nazariyalarni, ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini 
samarali o‘rganib, ilg‘or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanish 
imkoniyati yaratilmoqda. 



Yüklə 298,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin