Mundarija kirish I bob. Boshlang’ich sinflar uchun matematika ta’limida ijodiy topshiriqlar tadbiq etilishining metodik asoslari



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə1/10
tarix21.06.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#133831
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mundarija kirish I bob. Boshlang’ich sinflar uchun matematika ta


MUNDARIJA
Kirish
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLAR UCHUN MATEMATIKA TA’LIMIDA IJODIY TOPSHIRIQLAR TADBIQ ETILISHINING METODIK ASOSLARI
1.1. Boshlang’ich sinf matematika ta’limida tadbiq etiladigan ijodiy topshiriqlar tasnifi.
1.2. Matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini tuzish tamoyillari.
1.3. Boshlang’ich sinf matematika ta’limida kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tadbiq etish metodikasi
II.BOB. BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLIGIDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRUVCHI QIZIQARLI TOPSHIRIQLAR USTIDA ISHLASH METODIKASI
2.1. Matematika darslarida qiziqarli topshiriqlardan foydalanish metodikasi
2.2. Boshlang’ich sinf matematika darsligidagi arifmetik materiallar ustida qiziqarli ishlash va ularni tahlil qilish .
2.3. Boshlang’ich sinf matematika darsligidagi algebraik materiallar ustida qiziqarli ishlash va ularni tahlil qilish.
2.4. Boshlang’ich sinf matematika darsligidagi geometrik materiallar ustida qiziqarli ishlash va ularni tahlil qilish.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish.
Ta’lim to’g’risida”gi Qonun asosida tuzilgan Umumiy o’rta ta’limning “Davlat ta’lim standartlari” Respublikamizda umumiy o’rta ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab berdi.“Yangi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta’lim tizimi yosh avlodni barkamol, ma’naviy yetuk inson sifatida shakllantirishga qaratilgandir” deyiladi, kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Umumiy ta’lim, jumladan, boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarni o‘rta ta’lim bosqichiga tayyorlash bilan birga ularda o‘qish, mehnat qilish, tashabbus ko‘rsatish, mustaqil faoliyatni egallash kabi sifatlarni taraqqiy ettirish kabilar ham amalga oshirildi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar asosida ish
olib borilmoqda. Texnologiya-tuzilma, didaktik maqsad, ya’ni vazifalarni belgilab
olishdan boshlanib, ta’lim jarayonini bir butun yaxlitlikka yo‘nalishni nazarda tutadi.
Bu jarayon 1-4-sinflar orasidagi uzviylikni ta’minlash bilan bog‘liq. U shunday
kechadiki, 1- o‘qituvchi to‘rt yil mobaynida o‘quvchilarni ta’lim tizimining o‘rta
bo‘g‘inida olib chiqadi. 1-4 sinflarda joriy etilgan yangi texnologiya, avvalo fanlar
orasidagi bog‘liqlikni ta’minlash, ortiqcha qiyinchiliklarni bartaraf etish, fanlarni
integratsiyalash, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri izga solish, vaqtdan unumli foydalanish, tashabbuskorlik muhitini yuzaga keltirish, qiziqarli ishlash tizimini yaratish kabi qator maqsadlarni amalga oshirish kabi zarur ishlarni bajaradi.
Boshlang‘ich ta’lim oldiga qo‘yiladigan vazifalarning to‘laqonli bajarilishini
nazorat qilish,ta’lim bo‘yicha DTS talablari asosida amalga oshiriladi, ya’ni
integratsiya asosidagi takomillashtirilgan boshlang‘ich ta’limga o‘tildi. Ta’lim tizimi shaxsni shakllantirish uchun, Davlat Standarti Talablari asosida hamda jahon ta’lim darajasida kadrlar yetishtirish uchun avvalo o‘qituvchilar, murabbiylar shaxsini har tamonlama mukammal bo‘lishini talab qiladi. Bu ishlar, shubhasiz, respublikamiz xalq ta’limi hayotida katta voqelik bo’ldi. Zero, uni tayyorlash respublikamizning aql-zakovat va salohiyatini rivojlantirish, jamiyat, оila va davlat оldidagi o’z mаs’uliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.
Umumta’lim maktablari asosan matematika fanini chuqur o’rganishga yo’nalgan bo’lib, zarur dastur darslik va boshqa qo’llanmalarga bo’lgan ehtiyoj yaqqol sezilib turibdi. Matematika bоshlаng’ich sinflаrdа o’rgаtilаdigаn аsоsiy o’quv fаnlаridаn bo’lib, mustаqil O’zbеkistоn Respulikasi mаnfааtlаri, o’zbеkоnа оdоb vа milliy аn’аnаlаr ruhi, хаlqаrо bilimdоnlik mеzоni, dаvlаtimiz vа хаlqimiz ehtiyojidаn kеlib chiqib, tаrtiblаngаn ijtimоiy buyurtmаlаr tizimini bаjаrаdi.
Bоshlаng’ich matematika tа’limi bоlаlаrning mа’lum bilim vа mаlаkаlаrni o’zlаshtirib оlish bilаn birgа ulаrdа kuzаtuvchаnlik, idrоk, ijоdiy tаsаvvur, diqqаt, хоtirа, tаfаkkur kаbi bilish qоbiliyatlаrining ilmiy rivоjlаntirishni hаm nаzаrdа tutаdi.
Matematika dаrsi bоlаlаrdа ilmiy dunyoqаrаsh аsоslаrining shаkllаnishigа, bilish qоbiliyatlаrining rivоjlаnishigа imkоn bеrаdi; o’qish vа ijtimоiy fоydаli mеhnаtgа nisbаtаn vijdоniy munоsаbаtni, Vаtаngа muhаbbаtni tаrbiyalаydi
Darslikda berilgan har bir mavzu bo‘yicha darsning maqsadi, darsni o‘tish
uchun ta‘lim vositalari va ulardan foydalanish yo’sinlari qo‘shimcha topshiriqlar va amaliy mashg‘ulotlar berilgan.
boshlang’ich sinfdarsligiga berilgan mavzular o‘quvchi tafakkur, diqqat, xotira, qiziqarli
tasavvur, kuzatuvchanlik kabi qobiliyatlarni rivojlantirishga imkon beradi. Ular,
shuningdek o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash malakasini oshirish, ularning o‘z
fikrlarini aniq, to‘g‘ri va tushunarli bayon etishga o‘rgatishga yordam beradi.
Shuni ham ta‘kidlash joizki, hozirgi davr talabiga javob bera oladigan dars
tashkil etish har bir o‘qituvchining qiziqarli izlanishiga, mahoratiga, o‘z ustida
ishlashiga bog‘liq. Ta’limning maqsadi o‘quvchilarning zahiriy imkoniyatlarini, o‘zi anglab yetmagan, yuzaga chiqara olmagan ichki hissiyotlarini erkin fikrlash orqali yuzaga chiqarish va o‘quvchilarda o‘ziga, bilimiga, kuchiga nisbatan ishonch hissini tug‘diradi. Ta’limning maqsadi o‘quvchilarning zahiriy imkoniyatlarini, o‘zi anglab yetmagan, yuzaga chiqara olmagan ichki hissiyotlarini erkin fikrlash orqali yuzaga chiqarish va o‘quvchilarda o‘ziga, bilimiga, kuchiga nisbatan ishonch hissini tug‘diradi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin