MAVZU: BOSHLANG'ICH SINFLARDA GRAMMATIKA VA IMLO DARSLARIDA QIZIQARLI O'YINLARDAN FOYDALANISH Reja: 1. Gramatik va imlo darslarida qiziqarli o’yinlardan foydalanish metodikasi…….
2 Qiziqarli o’yinlarni o’tkazish usullari...................................................................
3.Didaktik o’yinlardan foydalanish..........................................................................
4.Gramatika va imlo darslarida zamonaviy texnalogiyalardan foydalanish..................................................................................................................
XULOSA.................................................................................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI............................................. 1. Gramatik va imlo darslarida qiziqarli o’yinlardan foydalanish metodikasi. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi.
An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi.
O‘qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir.
Muloqotning yangi vaziyati - bu o‘qituvchining o'z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir.