Mavzu : Rasmiy uslub haqida ma'lumot. Rasmiy uslubning turlari. Rasmiy uslubning nutqiy qurilmalari



Yüklə 112,24 Kb.
səhifə1/5
tarix01.05.2023
ölçüsü112,24 Kb.
#105651
  1   2   3   4   5
REFERAT rasmiy uslub


Mavzu : Rasmiy uslub
1. Rasmiy uslub haqida ma'lumot.
2. Rasmiy uslubning turlari.
3. Rasmiy uslubning nutqiy qurilmalari.
4. Rasmiy uslubda ishlatiladigan so‘z va turg‘un birikmalar.
5. Rasmiy uslubning grammatik xususiyati.
Darsning maqsadi :
Talabalarni rasmiy uslubning barcha janrlari bilan yaqindan tanishtirish, ularda har bir ish hujjatida qo‘llaniladigan qoliplardan foydalanish ko‘nikmasini yuzaga keltirish.
Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, aktlar, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e'lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta'minlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda; shunga ko‘ra; ma'lum qilamizki; ...ni e'tiborga olib; ...ga ko‘ra; ...biz, quyida imzo chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin, ...taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak-hikoya xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma'noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasligini, fe'lning majhullik va buyruq-istak formalarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.
Rasmiy uslub o‘z oldiga biror narsani isbotlash, tahlil qilish vazifasini qo‘ymaydi, undan voqealar, faktlarni isbotlash talab etilmaydi, balki voqea va faktlarni belgilash, tasdiqlash kabi vazifalarni bajarish ushbu uslubning muhim xususiyatlaridan biridir. Shunga ko‘ra rasmiy uslub axborot berish vazifasini, shuningdek, buyruq, qarorlar shaklida buyurish vazifalarini bajaradi. Masalan, O‘zbekiston Oliy kengashi qaror qiladi: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul kilingan kun – 8-dekabr umumxalq bayrami – O‘zbekiston Respublikasinnng Konstitutsiyasi kuni deb e'lon qilinsin. Rasmiy uslubning lug‘aviy xususiyatlari shu uslubning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Shuningdek, bu uslubdagi aniq, qisqa va ixchamlik til vositalarning ham ana щu xususiyatlariga mos xolda bo‘lishini talab kiladi. Rasmiy uslubda shtamp shaklida mavjud bo‘lgan lug‘aviy vositalar qo‘llanilib, uslublikni kasb etadi. Masalan, ariza, tilxat, tushuntirish xati, bayonnoma. tavsifnoma, telegramma, qaror, bayonot, malumotnoma, axborot, tarjimai hol, e'lon kabi lug‘aviy vositalar rasmiy uslubning tayanch uslubiy vositalaridir.
Rasmiy uslub tez-tez takrorlanib turuvchi bir xildagi o‘zgarmas jumlalarga boy. Bu uslub turida sinonimlar, ko‘chma va ko‘p ma'noli so‘zlar, obrazli vositalar ko‘llanilmaydi. Rasmiy uslub ma'lum ma'noda chegaralangan uslubdir, Shuning uchun bu uslubda bir xil qolipdagi, standart vositalar ko‘plab qo‘llaniladi va shu uslub uchun muhim belgi sifatida xarakterlanadi.
Rasmiy uslub matnlaridagi jumlalar aniq va ravon, unda ortiqcha so‘zlar qo‘llanilmasligi talab kilinadi. Sintaktik jihatdan rasmiy uslubning jumlalari ikki tarkibli: sodda yoyiq gaplardan va ixcham shaklidagi qo‘shma gaplardan tashkil topgan bo‘ladi.
Rasmiy uslub yozma nutk meyorlariga to‘la asoslangan holda shakllanadi. Shuning uchun rasmiy uslubda ifoda shakllari ma'lum tartibga asoslangan holda aniq tuziladi. Masalan, Men, Xamidov Ravshan Shuxrat o‘g‘li, 1995 yilda Toshkent shahrida tug‘ildim (tarjimai xol); Berildi ushbu malumotnoma O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2-ingliz tili fakulteti talabasi Mahkamova Sevara Maxmud qiziga (ma'lumotnoma) kabi aniq ma'lumotlarga tayanish – bu uslubning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham, bu uslubda chet tillarga oid so‘zlar, dialektik va sheva so‘zlari, so‘zlashuv nutqiga xos ibora va lug‘aviy vositalardan deyarli foydalanilmaydi. Rasmiy uslubda so‘z ma'nolarining ko‘chishi va subyektiv baho ifodalanishi holatlari uchramaydi. Shuning uchun bu uslub tamomila obrazlilikdan xoli uslub sanaladi.
Rasmiy uslub lug‘aviy jihatdan ancha chegaralangan bo‘lib, boshka uslub turlari uchun xos bo‘lgan lug‘aviy erkinlik mavjud emas. Rasmiy uslub acocan kitobiy va shu uslub uchun xos atamalardan tashkil topadi. Rasmiy uslubning tayanch lug‘aviy vositalari: xalqaro munosobatlarga oid bayonot, nota, bitim, shartnoma, munozara, rasmiy tashrif, do‘stona munosabat, rasmiy xabar, idora ishlariga oid so‘z; karor, chakirik, topshirik, vazifa, buyruqlar, щuningdek, huquq sohasidagi so‘z va birikmalar: qonun, ijro, qonunchilik, bank, kredit, mulk, fond kabilardir.

Yüklə 112,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin