Mavzu 1: Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xosliklari Reja: Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 38,3 Kb.
səhifə1/5
tarix02.01.2022
ölçüsü38,3 Kb.
#39043
  1   2   3   4   5
1 �����


Mavzu 1: Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xosliklari

Reja:

1.Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

2.Maxsus fanlarni ukitish metodikasi fanining asosiy tarmoqlari, fanlar tizimidagi o‘rni va boshqa fanlar bilan aloqasi.

3.MFUM fanining asosiy tamoyillari va maxsus fan o‘qituvchisining tayyorgarlik yo‘nalishi
1.Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

O‘zbekistonning davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi, o‘zining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yo‘lini belgilashi kadrlar tayѐrlash tizimi va mazmunini qayta ko‘rib chiqish, bu borada qator choralar ko‘rish zaruratini keltirib chiqardi. Shu munosabat bilan, eng avvalo, ta’kidlash lozimki, ikkita juda muhim hujjat qabul qilindi: ta’lim sohasida davlat siѐsatining asosiy tamoyillarini, respublikada ta’lim tizimi va turlarini belgilab bergan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga doir «Kadrlar tayѐrlash milliy dasturi» qabul qilindi. Bugungi kunda Dasturning uchinchi bosqichi amalga oshirilmoqdaki, u quyidagilarni ko‘zda tutadi:

- ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazasini yanada mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jaraѐnini eng yangi o‘quv-metodik komplekslar, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan to‘liq ta’minlash;- milliy (elita) ta’lim muassasalarining tiklanishi va rivojlanishi, ularning mustaqilligi va o‘z-o‘zini boshqarishini ta’minlash;

- ta’lim jaraѐnini axborotlashtirishni ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini dunѐ axborot tarmoqlariga chiqish imkoni bo‘lgan kompyuter axborot tizimlari bilan to‘liq qamrab olish.

Bo‘lajak mutaxassislarni kasb ta’limi sohasidagi bilimlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik muammolari, kasbiy-pedagogik faoliyatnining tashkiliy asoslari, kasb ta’limining mazmunini nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishda “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa bo‘lajak pedagoglarni kasbiy ta’limning nazariy asoslari, O‘zbekiston Respublikasi kasbiy ta’limi rivojlanishi, ta’lim tizimi islohatlari, uzluksiz, kasb-hunar ta’limi tizimida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining o‘rni va ahamiyati, kasbiy ta’lim jarayoni va uning qonuniyatlari, kasbiy ta’lim va ta’lim berish mazmuni, kasb ta’limining usul, shakl va vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalarni o‘rganishda “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani alohida o‘rin tutadi.

Fanni o‘qitishdan maqsad – maxsus fanlari bo‘yicha rejalashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishning yo‘l va vositalari bilan tanishtirish va ulardan o‘quv jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirishdir. Magistrlarni har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, kasb-hunar ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlarni jadal suratlarda amalga oshiradigan ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish va uni bajarishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g‘oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta’lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs-kasb ta’limi o‘qituvchisi sifatida shakllantirishdir.



Fanning asosiy vazifalari –O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi islohatlarini, uzluksiz ta’lim tizimida ta’limining o‘rni va ahamiyatini, maxsus fanlarini o‘qitishda asosiy o‘quv me’yoriy hujjatlarni, maxsus fanlarini o‘qitishda ta’lim maqsadlarini belgilashni, maxsus fanining o‘qitish metodikasini ishlab chiqish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat. magistrlarga umumkasbiy va maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida kasbiy bilimlarni tadbiq etish; bevosita tanlangan sohalarga va yangi pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish; kasb ta’limini o‘qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini o‘rgatishdan iborat.

“Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi» fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida:

- maxsus fanlarini o‘qitishda asosiy o‘quv me’yoriy hujjatlarni; maxsus fanlarini o‘qitishda ta’lim maqsadlarini belgilashni; maxsus fanining o‘qitish metodikasini ishlab chiqish yo‘llarini; maxsus fanini o‘qitishda ta’limning faol usul va texnikalarini bilishi;

- maxsus fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali qurol va texnik vositalardan foydalanish; maxsus fanlarni o‘qitishda talabalar bilimini baholash; dars o‘tish jarayonida ma’ruza va seminar (amaliy) mashg‘ulotlari loyihalashtirish va rejalashtirish; oliy ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;

- o‘quv jarayonida maxsus fanlarni o‘qitish uslubiyoti metodlarini qo‘llash; kasb ta’limining zamonaviy metod, vosita va tashkiliy shakllaridan samarali foydalanish to‘g‘risida aniq malakalarga ega bo‘lishi kerak.

Maxsus fanlarini o‘qitish metodikasi - o‘quv jarayonining zamonaviy vazifalaridan kelib chiqib, uning asosiy maqsadi - nazariyalarni bilishga bo‘lgan pedagogik jarayonni boshqarishning umumiy tushuncha va elementlarini qo‘llashni talabalarga o‘rgatish, o‘quv jarayonining asosiy shakllarida (ma’ruzalar, seminarlar, mustaqil ishlar, bilimlarni tekshirish) talabalarning fikrlash faoliyatini uslubiy yo‘llar yordamida faollashtirish, talabalarga o‘quv mashg‘ulotlarining uslubiy ishlanmalarni tayyorlashga yordam berishdan iborat.




Yüklə 38,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin