Mavzu: Analog mikrosxemalar



Yüklə 14,4 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü14,4 Kb.
#211303
  1   2   3   4   5
Analog Mikrosxemalar

Mavzu: Analog mikrosxemalar.

Reja :

  • Analog qurilmalar sxemotexnikasi
  • Analog kuchaytirgich qurilmalarning asosiy xususiyatlari
  • Kuchaytirgich kaskadlarning kuchaytirish sinflari
  • Kuchaytirgichda teskari aloqa

Fan, texnika va ishlab chiqarishning axborotlarni qayta ishlash va o‘zgartirish uchun xizmat qiluvchi elektron qurilmalarni ishlab chiqish hamda tatbiq etish bilan shug‘ullanuvchi sohasi elektronika deb ataladi.
Elektron qurilmalarni tasniflashda axborotlarni to‘plash, uzatish va qabul qilish usuli eng muhim belgilardan hisoblanadi. Elektron qurilmalar (EQ) analog va diskret (raqamli) qurilmalarga ajratiladi.
Analog elektronika uzluksiz o‘zgaruvchi elektr signallarni uzatish, qayta ishlash, qabul qilish uchun xizmat etuvchi EQlarni ishlab chiqish va o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bu, analog EQ (AEQ)larda signal qiymati minimaldan maksimalgacha o‘zgarganda, uni qayd qilish va uzatish uzluksiz amalga oshirilishini anglatadi.
AEQlarning asosiy afzalligi nisbatan tezkor ishlashidan va soddaligidan iborat. Kamchiliklari sifatida temperatura va boshqa omillar ta’sirida parametrlari nobarqarorligini va halaqitbardoshligining kichikligini; axborotni uzoq vaqt saqlash qiyinligini aytib o‘tish kerak.
Raqamli elektronika qiymati bo‘yicha kvantlangan elektr signallarni uzatish, qayta ishlash va qabul qilishga mo‘ljallangan diskret EQ (DEQ)larni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Kvantlash deb, uzluksiz signalni uning alohida nuqtalardagi qiymatlari bilan almashtirish jarayoniga aytiladi. Natijada, DEQlar signallarning bir-biridan keskin farqlanuvchi ikkita sath bilan ish ko‘radi.
DEQlarning afzalliklari: qurilmada sochiluvchi quvvat kichikligi, elementlar parametrlari nobarqarorlikka nisbatan sust bog‘langanligi, halaqitbardoshligining yuqoriligi, axborot saqlash, uzatish va qayta ishlash kanallarida bir turdagi elementlar qo‘llanishi, o‘z navbatida, yuqori ishonchlilik, kichik o‘lchamlilik va arzonlilikni ta’minlaydi.

Yüklə 14,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin