Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi Reja



Yüklə 147,4 Kb.
səhifə1/36
tarix13.05.2023
ölçüsü147,4 Kb.
#113225
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Mavzu Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil


Mavzu:Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
Reja
1.Applikatsiya va mozaika san‘ati haqida tushuncha.
2.Applikatsiya va mozaika bilan ishlash texnologiyasi.
3.Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini to ‗g ‗ri tashkil etish talablari.
4.Applikatsiya va mozaika ishlarining o ‗quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati. Texnika
xavsizligi qoidalari
Applikatsiya tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir. Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlarida ko`rgazmali qurollar, turli o`yinlar uchun qo`llanmalar, o`yinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar, stendlar va hakozalarni bezashda ishlatiladi.
Applikatsiya bilan shug‘ullanish o`quvchilarni garmonik rivojlantirishda kata ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishda katta yordam beradi tasavvo‘rni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash va rangni sezishni o`stiradi.
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e‘tibor uning umumiy ko`rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o`ylangan kompozitsiya, ya‘ni tasvirlash lozim bo`lgan narsalarni joylashtirish applikatsiyaning muvaffaqiyatining garovidir. Tasvirlash lozim bo`lgan narsalar yordamida figura va narsalarning holati aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi. Tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog‘ozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak. Tayyorlangan detallar elimlanadigan sath, ya‘ni fonga joylashtiriladi va o`ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir ma‘qul bo`lmasa detallar boshqacha joylashtiriladi. Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o`rnini qalam bilan belgilab qo`yiladi. Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko`ramiz. Ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o`qini o`tkazish va elementlarni shunga ko`ra joylashtirish lozim. Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko`pincha ochiq tondagi qog‘oz va fon tanlanadi. Applikatsiya mo`ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog‘ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ishlanganda asosiy e‘tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o`lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmiga ko`ra eng katta element asosiy tematik element bo`lishi kerak.
Namuna tariqasida 1-sinf o`quvchilari 8 – Mart uchun tabriknoma yasashlari mumkin. Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni eslaydilar, chamalash ko`nikmalarini sinaydilar va rangli qog‘ozdan ingichka oq va sariq to`g‘ri chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qog‘ozdan doira qirqsa bo`ladi. Bolalar yasagan gullar turlicha bo`lishi mumkin. Novdalar ham qo`lda qirqiladi. Suhbatni o`qituvchi ―8 Mart kuni‖ haqida olib boradi va bunda sovg‘a masalasini eslatib o`tadi. Eng yaxshi sovg‘a o`z qo`li bilan yasagan sovg‘adir. Suhbatni mehribon buvijonlarimi onajaonlarimiz, opa-singillarimiz haqida bo`lishi mumkin.
Shundan keyin namuna ko`rib chiqiladi, uning elementlari, ish usullari, kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi.
1. Tabriknoma uchun qog‘oz tayyorlanib u ikkiga buklanadi;
2. Ko`k rangdagi qog‘ozga to`g‘ri burchak chiziladi, uning o`lchami uzunasiga, tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa enining yarimidan 2sm atrofida kattaroq;
3. Ko`k qog‘ozdan qirqilgan to`g‘ri burchak taklifnomaning ustiga yopishtiriladi,
bunda ko`k qog‘oz taklifnomani bo`yashd a halaqit bermasligi uchun bukish chizig‘ining chap tomonidan ozgina joy qoldirib yopishtiriladi;
4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun kvadrat shakldagi qog‘ozni kerakli o`lchamda qirqiladi;
5. Namuna asosida quyosh nuri qirqiladi;
6. Och ko`k va jigar rang qog‘ozdan ikkita shox qirqib, namunadagidek yopishtiriladi;
7. Gullar qirqib yopishtiriladi.Ish ijodiy tarzda bo`lganligi uchun o`quvchilar gullarni shoxlarga o`zlari mustaqil joylashtiradilar. Barglarni o`qituvchi tarqatgan andoza bo`yicha qirqadilar. Tabriknomaning ichki tomoni naqsh bilan bezatilib, tabrik so`zi yoziladi. Mozaika monumental deqorativ sa‘nat turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo`llaniladigan materialiga ko`ra ham, naqsh va rasmlariga ko`ra ham o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan. O`rta Osiyo madrasalari, machitlar, hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika hozirgi kunda monumental sa‘natga aylangan. Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari va halq amaliy sa‘nati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna,sapol plitalaridan ofdalaniladi. Loasda rangli ko`zgu parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga qo`shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi.
Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog‘oz, oyna, sapo, gul tojibarglari, tuxum po`sti va shu kabilar) qo`yib chiqishdir.
1.Tuxum po`stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib qo`ritilgan tuxum po`sti mo`yqalam yordamida akvarel bo`yoqlari bilan kerakli ranglarga bo`yaladi.
2. Bo`yoq qurigandan keyin tuxum po`stini tanlangan rasmga ko`ra mayda va yirik bo`laklarga bo`linadi.
3.Tuxum po`stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri-bugrilari bo`lmasligi kerak.
4. Kontur qora qog‘oz orqali o`tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.
5. Avval rasm sathining bir qismiga elim surtiladi. U erga tuxum po`sti terib siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
6. Ortiqcha elim toza latta bilan artib tozalanadi, po`st yaxshiroq yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo`yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar ancha murakkablashadi.
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug‘lari, danak, baliq tangalari, chig‘anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini bajarish mumkin Keyingi yillarda yog‘ochning turli navlaridan mozaika qilish keng tarqaldi. Bu ish unchalik murakkab emas, uni ustaxona sharoitlarida ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun yupqa yog‘och plastinkalar (bir qavatli fanera)dan tasvir yig‘iladi va keyin ularniasosga yelimlab, ustidan lak yoki politura beriladi. Yog‘och mozaika nabori juda qiziqarli va ishning zamonaviy turidir. Hozirgi kunda u
keng tarqalgan. Uning aniq, lo‘nda, dekorativ tasvirli yaltiroq polirovka qilingan sathi
kvartiralarning zamonaviy planirovkasiga, devorlar rangi, mebellarning qat‘iy qatoriga juda mosdir.
Mozaika bilan mebellarni, jurnal stollari, yodgorliklar va ko‘pchilik shu narsalarni bezash mumkin.
Yog‘ochga qo‘l asboblari bilan ishlov berganda xavfsizlik texnikasining ma‘lum qoidalarga rioya qilinishini talab qiladi. Asboblar va moslamalarni ishlatish qoidalarini bilish uni ishlayotgan har bir kishi uchun majburiydir.
Ish jarayonidagi xavfsizlikning qat‘iy qoidalari:
1. Ishni hech qachon o‘qituvchining ruxsatisiz boshlama!
2. Asboblarni faqat o‘z o‘rnida ishlat!
3. Yaroqsiz asbob bilan ishlama!
4. Ishni chet ishlarga chalg‘imasdan bajar!
5. Asbobuskunalarni o‘zi uchun belgilangan joyda saqla!
6. Uzun kiyimda bo‘lma, yengingni shimar, choklarini yig‘!
7. Materialni qo‘lda yo‘nma!
8. Osilib turganda kesma!
9. Pichoq bilan o‘zing, o‘rtog‘ing tomonga qarab yo‘nma!
10. Kesilgan, tilingan, shilingan joylarni yuvib, yod surtib, toza bint bilan bog‘la. Mozaika—nafis san‘at turi bo‘lib, yog‘och, shisha, gips,sopol buyumlarida naqsh berib
bezashda foydalaniladi. Mozaika – rang-barang koshin, shisha,marmar, tosh, yog‘och metal parchalari bir-biriga zich terib yopishtirib ishlangan naqsh tasvir monumental-bezak san‘ati turlaridan biridir. Mozaika tayyorlashning ikki usuli mavjud.
1. ―To‘g‘ridan-to‘g‘ri terish‖ tosh, shisha, sopol parchalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri devorga, polga, shiftga siment yordamida yopishtirib, suvab tasvir hosil qilinadi.
2. ―Qayta terishda‖da koshin, sopol parchalariqog‘oz, metall, yog‘och taxtaga yopishtirib tasvir hosil qilinadi. Keyin shu tasvir tegishli joyga ko‘chiriladi.
Mozaikaning Qadimgi Sharq mamlakatlarida keng tarqalgani ma‘lum. Antik davr va o‘rta asrlarda Vizzantiya, Italiya, Gruziyada XV-XVI asrlarda sharqda, jumladan, hozirgi O‘rta Osiyo
teritoriyasida rivoj topgan.
Samarqand, Buxoro,Xiva kabi yirik shaharlarda mozaika usulidan jozibador koshinkori yozuv va naqshlar ishlangan binolar, minoralar saqlangan.


Yüklə 147,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin