Mavzu: Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish talablari
Reja:
1. Mehnat xonasida ishlash talablari.
2. Ish o„rnini tashkil qilish talablari.
3. Ish qurollaridan foydalanish qoidalari.
1.Ish xonasiga faqat o„qituvchi ruxsati bilan kiriladi.
2.Har bir o„quvchi faqat o„z ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa ravishda bajariladigan bo„lsa, o„quvchilar o„z majburiyatlarini yaxshi biladilar.
3. Ish faqat o„qituvchining ruxsati bilan boshlanadi.
4.Ishni boshlashdan oldin, ish joyini tayyorlab, asboblarni to„g„ri va qulay joylashtirish: O„ng qo„l bilan ushlanadigan asboblarni o„ng tomonga, chap qo„l bilan ushlanadiganini chap tomonga qo„y, sanchiladigan, kesadigan asboblarni hech qachon ikkita asbob orasiga qo„yma, ularni doimo o„z joyiga, o„tkir tomonini narigi, dastasini o„zing tomonga qilib qo„y. Asboblarni o„ynama, ular o„yinchoq emas.
5.Ish vaqtida ish joyingizni tartibli saqlang.
6.O„tmas yoki buzuq asbob bilan ishlamang.
7.Asbobni ishlatganda, uni o„qituvchi ko„rsatganidek ushlating.
8.Asboblarni asrang, ularni to„g„ri, o„z o„rnida ishlating, so„ng ularni tozalab, qo„ying.
9.Har bir detalni oldingi safargidan sifatli, chiroyli va tartibli qilishga harakat qiling.
10.Ishni tugatdingizmi, ish joyingizni tezda tozalab tartibli qilib qo„ying.
Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish:O„qituvchi stolning ustiga dasturxon yozib, o„ng tomoniga qaychi, yelim uchun cho„tka, chizg„ich, qalam, o„chirg„ich joylashtiradi. O„quvchining old tomoniga yelim, qiyqimlar uchun quticha va sochiq joylashtiriladi. O„quvchining chap tomoniga, ish vaqtida halaqit bermaydigan qilib rangli qog„oz to„plamini, qog„oz to„plamini va kerakli materiallar joylashtiriladi.
Sanitariya-gigiyena talablari:O„quvchi ish stolida ishlayotganda kiyimlarini kir qilmaslik uchun maxsus ish fartuklari va yenglar kiyib olinadi. Ish qurollaridan foydalanishda har bir asbobni yoki ish qurolini tartib bilan ishlatishni, ya‟ni bitta ish qurolidan foydalanib bo„lib o„z joyiga qo„yib, keyin ikkinchisini qo„lga olish talab etiladi. Bunda o„quvchini ish stoli batartib bo„ladi. Ish vaqtida o„quvchi qo„lini kiyimlariga, boshiga, yuziga tekkizmaslik, zarur bo„lganda qo„lini sochiqqa artib keyin qo„lini harakatlantirish mumkin. Ishni tugatgandan so„ng ish qurollari va asboblarini o„z g„ilof yoki idishlariga solib tartib bilan sumkasiga yoki maxsus javonga joylashtirib qo„yishi kerak.