Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi Reja



Yüklə 147,4 Kb.
səhifə36/36
tarix13.05.2023
ölçüsü147,4 Kb.
#113225
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Mavzu Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil

2-nchi boskich (xx asrning oxirlaridan boshlab) - yozuv mashinkasi, telefon, diktofon asoslangan
«mexanik»
3-nchi boskich (xx asrning 40-60 yillari) - katta ExM, elektrik yozuv mashinkalari, kseroksga
asoslangan «elektrik» texnologiya
4-nchi boskich (70 yillarning boshida) - katta ExM va ular asosida yaratgan avtomatlashtirilgan
boshkaruv tizimlari (ABT) va ma’lumot-izlovchi tizimlari «elektron» texnologiyalari
5-nchi boskich (80 yillarning urtalaridan boshlab) - shaxsiy kompyuterga asoslangan kompyuteriy
texnologiya
Xozirgi kunda o‘quv jarayonida qo‘yidagi AKT ishlatiladi: elektron pochta, audipochta, elektron
kalendar, telekonferensiya, auidiokonferensiya, videokonferensiya, chat va boshqalar.
Hozirgi kunda AKTlar ta’lim tizimida asosan to‘rt yo‘nalishda:
 o‘rganish ob’ekti sifatida;
 o‘qitishning texnik vositalari sifatida;
 ta’limni boshqarishda;
 ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda.
O‘quv-tarbiya jarayonida AKTlar asosan to‘rt tartibda:
passiv qo‘llash – kompyuter oddiy hisoblagich kabi;
reaktiv muloqat – kompyuter imtihon oluvchi sifatida;
faol muloqat – kompyuter talabaga yo‘l – yo‘riq berish va imtihon olishda;
interfaol muloqat – kompyuter sun’iy intellekt sifatida, ya’ni talaba bilan muloqat qilishda
foydalaniladi.
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri bu ta’lim jarayoniga
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lib, respublikamiz
Prezidenti I.A.Karimov bu masalada “… bugun hayotimizga chuqur kirib borayotgan Internet tizimini
keng joriy etish, yoshlarimizni O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak
axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan milliy axborot resurslarini shakllantirish va
rivojlantirish, bu borada o‘zbek tilining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasi doimo e’tiborimiz
markazida turishi lozim”ligini ta’kidlaydi1.
Bu kabi vazifalarni bajarish kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga oshirishning bosqichlarida
belgilab berilgan bo‘lib, uning kelajakdagi istiqboli Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslab berildi.
Modelni amaliyotga tatbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmiy
texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga ham
zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda. SHu boisdan, Kadrlar tayyorlash milliy
dasturida “o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlash“
zarurati e’tirof etildi, uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida
belgilandi”2.
Nima uchun bugungi kunda ta’limda axborot texnologiyalarini joriy etishning nazariy asosini
yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati paydo bo‘ldi? Birinchidan, o‘qituvchini o‘quv jarayonining
tashkilotchisi sifatida emas, balki bilimlarni egallash manbalaridan biriga aylanib qolayotganligi bo‘lsa,
ikkinchidan, ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin ortib
borayotganligi va ulardan o‘qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek,
talabalarni kasbiy faoliyatga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim sohasida ro‘y berayotgan tub yangilanishlar har bir ta’lim muassasasida
o‘quv jarayoni metodik ta’minotini rivojlantirishni talab etadi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari yaqin yillar ichida pedagogik innovatsiyalarning asosiy manbai bo‘lib qoladi.
Ta’lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta’limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish ta’lim mazmunini takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi.
Zamonaviy ta’lim tizimining asosini sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning
yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab, ammo bunday muhit ta’lim tizimini
takomillashtirishga, ta’lim jarayoniga axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat
qiladi.
Ta’limda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishi:
 fan sohalarini axborotlashtirishni;
 o‘quv faoliyatni intellektuallashtirishni;
 integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni;
 ta’lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi.
Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish:
 masofaviy o‘quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar, kompyuter
dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birlashuvini;
 pedagoglar o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishini;
 ta’lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini
monitoring etishni taqozo etadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonlariga joriy etilishi:
 talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga;
 o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur
o‘zlashtirilishiga;
 o‘quv faoliyatining xilma-xil tashkil etilishi hisobiga talabaning mustaqil faoliyati sohasining
kengayishiga;
 interaktiv muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o‘qitish jarayonini individuallashtirish
va differensiyalashtirishga;
 sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning o‘quv materiallarini
o‘zlashtirish strategiyasini egallashiga;
 axborot jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga;
 o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish,
talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 147,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin