Tizimli blok - kompyuterning eng muhim qismi bo‘lib, u kompyuterning
asosiy elektron qurilmalarini o‘z ichiga oladi. SHuning uchun u shaxsiy
kompyuterning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi. Tizimli blokning
tarkibi quyidagilardan iborat:
Tizimli plata;
Disk yurituvchi;
Qattiq disk(vinchestr);
Tok manbai bloki.
Tizimli plata – maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan
mikrosxemalardan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘lovchi elektr toki o‘tkazuvchi
yo‘llari bilan bog‘langan. Tizimli plata kompyuterning eng muhim elementlarini
o‘zida jamlaydi, jumladan:
Markaziy protsessor;
Tezkor xotira mikrosxemalari;
Doimiy xotira qurilmasi;
Taymer(joylashtirilgan soatlar);
Kengaytirish tutashmalari va boshqalar.
Tizimli plataning eng muhim elementlaridan biri –markaziy
prootsessordir. Dastur bilan berilgan ma’lumotlarni o‘zgartiradigan, barcha
hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli
moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma protsessor deb ataladi.
Tezkor xotira - o‘zida ayni vaqtda kompyuter ishlayotgan dasturlar
uchun ma’lumotlar shu bilan birga ishning natijasi saqlanadigan
mikrosxemalardan tashkil topgan.
Doimiy xotira BIOS(Basic Input-Output System – kiritish va chiqarishning
baza tizimi) kompyuterdagi asosiy dasturlar to‘plamini saqlovchi mikrosxemadir.
Uning tezkor xotiradan farqi shuki, kompyuter tok manbaidan o‘chirilganda ham
axborotni doimiy saqlaydi.
Qattiq disk(vinchestr) – axborotni o‘qish, yozish va saqlash qurilmasidir.
Vinchestrning axborot sig‘imi 20 Mbaytdan 120 Gbaytgacha bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, «Vinchestr»
markaziy protsessorga axborotni disk yurituvchiga qaraganda tezroq uzatadi.
Tizimla platada yana boshqa ko„plab qurilmalar joylashgan bo„lib, ular haqidagi ma‟lumotlar bilan mustaqil
tanishibolishtavsiyaetiladi.