Mavzu: Basketbol o‘yin texnikasi va taktikasini o‘rgatish usullari
Reja Kirish 1 .Basketbol o‘yin texnikasining tasnifi
2. Basketbol o’yin hujum taktikasi
3. Basketbolchilarni hujum va himoya texnikasiga o‘rgatish
Xulosa Foydalangan adabiyotlar
Kirish Sport arnaliyotiga oid biror-bir harakat (usul) texnikasi yoki aktikasiga «o‘rgatish» ularni «o‘zlashtirish» «mukammallashtirish» atamalari mantiqiy jihatdan serqirrali va kengqamrovli mano- rnazmunga ega bo’lib, o‘ziga xos susiyatlar ilan farqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi yangi qarorni imzoladi. Qarorda mamlakatda aholining, ayniqsa yosh avlodning ismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratilgani, iqtidorli sportchilarni saralab olish va maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani, o‘quvchi va talabalar orasida tobora ommalashib borayotgan «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» sport musobaqalari yoshlarni ommaviy tarzda sportga, sog‘lom sport tarziga oshno qilishning samarali vositasiga aylangani ta'kidlangan.
Qarorda aytilishicha, keyingi 5 yilda respublikada jismoniy-tarbiya va sportni rivojlantirish, shuningdek, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun byudjyetdan 1 trln 230 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
«O‘rgatish», «o‘zlashtirish» va «mukammallashtirish» «samaradorligi» o‘rgatuvchi trenerning kasbiy-pedagogik mahorati va o'rga- nuvchining qobiliyati (iste’dodi) bilan belgilanadi. Lekin «trener- sportchi» (o‘rganuvchi) juftligiriing o‘zaro faoliyatida trener bosh- qaruvchi tashkilotchi o‘rgatuvehi va tarbiyachi rolini o‘ynashi darkor. Boshqacha qilib aytganda, agar sport to‘garagiga kelgan bola jismonan va ruhan sog‘lom bo’lsa, biroq istedodi (qobiliyati) yctarli bo‘lmasa ham trener o‘zining bilimi. kasbiy mahorati va ijodiy salohiyatini «ishga» solib, shu bolani iqtidorli sportchi qilib etishtirish mas’uliyatini o!mog‘i lozim. Malumki, bolada harakat qobiliyati boshqa hislat-qobiliyatlar kabi nasliy omillarga asoslangan bo'ladi. Ushbu qobiliyatlar hayot davomida turmush tarzi va boshqa shart-sharoitlarga qarab u yoki bu darajada shakilanib boradi. Bazi bit bolalarda nasliy qobiliyatlar yoki biror-bir harakat elementlari organizmning muvofiq «joylarida» chuqur joylashishi mumkin. Agar bola tortinchoq, «uyatchang» bo"Isa. bu qobiliyat yoki elementlar «ochilmasligi» mumkin