Mavzu: buxgalteriya axborot tizimlari reja



Yüklə 251,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix13.04.2023
ölçüsü251,88 Kb.
#97262
  1   2   3   4   5   6
Mavzu buxgalteriya axborot tizimlari reja



Mavzu: BUXGALTERIYA AXBOROT TIZIMLARI 
REJA:
1. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi. 
2. Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar. 
3. Buxgalteriya hisobining tashkilotlar bilan axborotli aloqasi. 
4. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini tashkil 
qilish. 
 
1. Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi 
 
Buxgalteriya hisobining axborot tizimi va uni kompyuterda ishlab chiqishni 
tashkil qilishning an’anaviy shakllari katta o`zgarishlarga uchragan. Hisobchidan 
korxona moliyaviy holatining obyektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlil usullarini 
egallash, qimmatli qog`ozlar bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul 
mablag`lari investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi. 
Hozirgi davrda hisobchini «moliyaviy menejer», «hisobchi-tahlilchi» deb 
atash 
ham 
mumkin. 
Yangi 
usullarni 
egallashni 
axborot 
tizimlarini 
takomillashtirishmay va ularni zamonaviy shaxsiy kompyutersiz tasavvur etish 
mumkin emas. Har qanday iqtisodiy obyektni boshqarish faoliyatining asosini 
murakkab qurilishga ega bo`lgan axborot tizimlari tashkil qiladi, ularning tarkibi, 
faoliyat turi va korxona, tashkilot, firmaning ko`lamiga bog`liq. 
Boshqaruv vazifalariga an’anaviy ravishda ishlab chiqishni tayyorlash
rivojlantirish, moddiy texnik ta’minot, sotish (marketing), buxgalteriya hisobini 
olib borish va buxgalteriya, faoliyatini amalga oshirish, tayyor mahsulotlarni
sotish hamda kadrlar masalasini hal kilish kiradi. Kompyuterda ishlab chiqish 
nazariyasiga binoan ular vazifaviy tizimlar deb ataladi. Boshqaruv jarayonlarida 
buxgalteriya hisobi katta rol o`ynaydi (bu yerda barcha axborotlarning 60%ga 
yaqinini).
Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan, 
hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini 
hisoblash bajariladi. Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, 
tasdiqlangan sintetik schyotlarni olib borish, birlamchi va yig`ma hujjatlar, 
hisoblash algoritmlarining o`zaro aloqalari hamda hisobning aniq uchastkasining 
uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi. 
Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari an’anaviy ravishda vazifalarning 
quyidagi majmualarini o`z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar 
hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy 
hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqish harajatlari hisobi, yig`ma hisob 
va hisobotlarni tuzish. Korxonaning sifatan bir turli resurslari haqidagi 
axborotlarga ega sifatida vazifalar majmuasini ajratishni mo`ljallash an’anaviy 
ravishda hisobni qo`lda olib borishdayoq vujudga kelgan, keyin esa hisoblash 
axborotlarining hisoblash markazida markazlashtirilgan holda ishlab chiqishda o`z 
qo`llanishini topgan. 


Shaxsiy kompyuterlar bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarining tashkil 
qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini 
tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar mazjmuasini shakllantirishda yangi talablarni 
ilgari surdi. Ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli 
foydalanuvchilar o`rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang`ich 
hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo`ldi. 
Bunday sharoitlarda turli vazifaviy tizimchalar majmualari o`rtasidagi aniq 
chegaralar buzila boshladi, bu ilk navbatda buxgalteriya hisobining axborot baza-
sida namoyon bo`ldi. Uqoridagi 1-rasmda buxgalteriya hisobining AAT sharoitida 
faol ko`rsatish tamoyillari keltirilgan. 

 


Yüklə 251,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin