Mavzu: Darsdan tashqari mashgʻulotlarda amal xossalari, komponentlari ular orasidagi bogʻlanish bilan tanishtirish. Darsdan tashqari ishlar Darsdan tashqari ishlar — umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Darsdan tashqari ishlar oʻquvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi.
Darsdan tashqari ishlarga oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashgʻulotlar tizimi kiradi. Bunday mashgʻulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi.
Oʻquvchilarning darsdan tashqari ishlarni tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi.
Darsdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar oʻtkazish, viktorina va koʻrgazmalar uyushtirish, tabiat qoʻyniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), toʻgarak ishlari (oʻquvchilarning turli toʻgaraklar, sport seksiyalari) ni koʻrsatish mumkin. Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari va xossalari. Darsdan tashqari ishlar oʻqituvchining individual yoki gruppali topshiriqlari asosida darsdan keyin kursni oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan majburiy tarzda amaliy ishlarni bajarishni tashkil etish shakli.
Darsdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy
qismi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish
shakllaridan biridir.
Sinfdan tashqari ishlar shaxsni har
tomonlama kamol toptirish va uni hayotga faoliyatga
tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega.
Oʻquvchilar darsdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg’ulotlarni
tanlab olishadi ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok
etishadi.
Maktab va sinfdan tashqari muassasalarning
tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bu-
gungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda.
Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin: a) fan to’ga- raklari; b) mohir qo’llar to’garaklari; v) duradgorlik to’ga- raklari; g) sport to’garagi; d) badiiy havaskorlik to’garagi. O’rta umumta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahba- ri to’garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Darsdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoachining xilma-xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishga bog’liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o’quvchilarni ihtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi. O’quvchilar
darsdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan
muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch
keladilar.
Shuning uchun ham o’quvchilarning darsdan
tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi.
Darsdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ij- timoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o’tkazila- digan kitobxonlar konferentsiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayoram kechlari va ertaliklari, to’garak mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi. O’quvchilarning darsdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Eʼtiboringiz uchun rahmat! Bajardi: Davronova Azizabonu 20/2