Mavzu: epik asarlarni o'rganishda ifodali o'qishning o'rni va ahamiyati



Yüklə 42,7 Kb.
səhifə1/3
tarix20.09.2023
ölçüsü42,7 Kb.
#146256
  1   2   3
Mavzu epik asarlarni o\'rganishda ifodali o\'qishning o\'rni va ah-fayllar.org


Mavzu: epik asarlarni o'rganishda ifodali o'qishning o'rni va ahamiyati
Mavzu: EPIK ASARLARNI O'RGANISHDA IFODALI O'QISHNING O'RNI VA AHAMIYATI

Mundarija


KIRISH
BOB EPIK ASARLARNI O'RGANISHDA IFODALI O'QISHNING O'RNI VA AHAMIYATI
Epik asarlarni janr xususiyatiga ko’ra o’rganish.
Epik matnni tahlil qilish.
Epik asarlarni o’rganishda ifodali o’qishning o’rni va roli.
BOB EPIK ASARLARNI O'RGANISHDA IFODALI O'QISHNING O'RNI VA AHAMIYATI
Epik asarlarni o’ganishda yangi pedagogik texnologiyarning o’rni va ahamiyati
Epikaning kichik janrlari (fard, musallas, ruboiy, tuyuq, to’rtlik)
Epikaning o’rtacha janrlari (g’azal, marsiya, ashula, qo’shiq, sonet)
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
“Kishini mashg’ul etgan, to’lqinlatgan, shodlatgan, qayg’uga solgan, zavqlantirgan, hayajonlantirgan nima bo’lsa, qisqasi, subyektning ichiga nima kirsa, unda nima paydo bo’lsa, shularning barchasini Epika o’zining qonuniy boyligi kabi qabul qiladi” (V.Belinskiy, 184-b). Demak, Epik asar shoirning sezgi mevasi, bir oniy ilhomining natijasi, bir zumda “pishib” yetilgan poetik fikr va tuyg’usining ifodasidirki, ularning ko’pi sarlavha (nom)siz bo’ladi, birinchi misra yoki radif nomi bilan nomlanadi:
“Bu narsa - ta’riflash uchun mazmuni tutqich bermaydigan, muzika sezgisi kabi, Epik asarning xossasidir” (V.Belinskiy, 189-bet). “Uni na aytib berish va na izoh qilish mumkin; lekin uni shoir qalamidan qanday chiqqan bo’lsa, xuddi shunday o’qib berish bilan ikkinchi odamda ta’sir qoldirish mumkin; agarda uni so’z bilan aytib berilsa yoki prozaga aylantirilsa, u qanotlari chiroyli rang-barang kapalak hozirgina ichidan uchib ketgan xunuk, o’lik bir chag’anoqqa aylanadi... bu narsa shuning uchun ham qiyinki, sof Epik asar go’yo bir kartinaga o’xshaydi, lekin unda muhim narsa kartinaning o’zi emas, u bizda uyg’otgan sezgidir” (V.Belinskiy, 141-142 betlar); bu sezgilarning turli-tumanligini o’zida jamg’argan va ularni voqye qiluvchi Epik tafakkurning janrlari ham xilma-xildir; R.Orzibekovning hisoblashicha, birgina mumtoz o’zbek she’riyatida 30 ga yaqin Epik janr va shakllar (R.Orzibekov. O’zbek she’riyati janrlari. SamDU nashri 1998, 10-bet)bor... Bular:
Debocha, nazira, faxriya, marsiya, soqiynoma, qasida, ta’rix, bag’ishlov, hasbi hol; madhiya, qo’shiq, ashula, alla, lapar, yor-yor; mushoira, shiru-shakar, muvashshah, g’azal, tuyuq, ruboiy, fard, masnaviy, mustazod, sonet, tarjeband, tarkiband; to’rtlik, musallas, murabba, muxammas, musaddas, musabba, musamman, mutassa, muashshar va h.
Bularning hammasi ham o’zining muayyan janriy xususiyatlariga ega; katta – kichikligidan qat’i nazar bo’lishi mumkin bo’lgan hayotning barkamol va betimsol obrazini – san’atning buyuk asarlarini voqye qilgandirlar; ularning ba’zilarini o’rganishning o’ziyoq, mulohazalarimizni isbot etadi.
Badiiy adabiyot ilmiy adabiyotdan hayot haqiqatini jonli va jozibali tasvirlashi bilan keskin farqlanadibadiiy asarlar 3xil bo’ladi:
1.Epik asarlar(she’rlar, ruboiylar,g’azal, tuyuq , qo’shiq muxammas fard qit’a,qasida, musamman va boshqalar)
Epik asarlarda voqelik ayrim shaxslarning kechinmalari, o’y fikrlari,asosida ko’rsatiladi.
Epika mazmun mohiyatiga ko;ra 2 xil bo’ladi:
a)intim Epika- shoirning ruhiy kechinmalari va hissiy olami aks ettiriladi.
b)ijtimoiy Epika-real hayotda ro’y bergan voqea-hodisalar tasvirlanadi.
Epik asarlar va ularni o’ rganish boshqa turdagi asarlarni o’rganishdan farq qiladi.
Epik asarlar hajm jihatdankichik, mazmunansiqiq bo’ladi. Epik asarlarning mazmundorligi ,bo’yoqliligi, va ayniqsa emotsionalligi ularni o’qishga alohida ahamiyat berishni talab qiladi. Epik asarlarni o’qishda shu o’qish orqali uning o’ziga xos xususiyatlarini, shoirning his-tuyg’ularini, umid-orzularni aks ettirishga erishish zarur. O’qish mashg’ulotlarida she’rning mazmuni, ohangi, his-tuyg’uni o’quvchi-talabalar sezishlari, shoirning yyurak to’lqinlariga sherik bo’lishlari kerak. Shundagina she’rning mohiyati echiladi. Shoirning maqsalarini o’qish orqali his qilish Epikaning ustida ishlashning asosiy shartidir.
Epik asarlarni o’rganishda asosiy ikki narsaga: badiiy ifodali o’qish texnikasini egallashga va she’rning badiy til xususiyatlarini tahlil qilish masalasiga e’tibor brish kerak.
Badiiy adabiyot, umuman, san’at asarlarining inson ruhi tafakkuriga ta’siri sababi nimada ekan?
Bu savolga javob topish tushanarliroq bo’lishi uchun, badiiy va ilmiy adabiyotni taqqoslab ko’rish lozim.
Bilamizki, umumta’lim maktablarida “Tabiatshunoslik”, “Geografiya” singari o’quv fanlari o’tiladi. Ularda kecha-kunduz, uning eng go’zal va so’lim fursati bo’lmishtong to’g’risida, yumaloq er sharini nurlari bilan yorituvchi quyosh haqida bir talay ma’lumot lar beriladi.
Quyosh bo’lmasa Erda hayot bo’lishi mumkin emasligi aytiladi. Bu ma’lumotlar o’quvchilarning aqliy saviyasi yuksalishiga ta’sir qiladi. Ular tufayli bolalar kecha-kunduz, tong va boshqalar haqida oldin bilmagan narsalaridan xabardor bo’ladilar. Ayni vaqtda, o’quvchlar tong payti tabiat juda go’zal bo’lishi haqida ham tushunchaga ega bo’ladilar.
Lekin bu bilim va axborotlar bolalarning aqlini boyitib, tafakkurini o’stirsa ham, hissiyotlariga, tuyg’ulariga deyarli ta’sir qilmaydi.
Rauf Parfining “Tong otmoqda...” deb nomlangan she’rida bir parchani o’qib ko’raylik:
Tong otmoqda. Tong o’qlar otar,
Tong otmoqda, quyosh zambarak.
Yaralangan Yer shari yotar,
Boshlarida yashil chambarak.
Shoir tong otishi qanday bo’lishini batafsil tasvirlab, nima ochun shunday bo’lganligini tushuntirib berayotgani yo’q, mavjud hayotiy holatdan, go’zal badiiy manzara yaratmoqda. Shoir ting otish jarayonini juda go’zal tasvir etadi. O’quvchini ham tongning chindanda go’zal otishiga ishontiradi.


Yüklə 42,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin