Mavzu: «estetikaning asosiy kategoriyalari (tushunchalari)» r e j a



Yüklə 110 Kb.
səhifə1/9
tarix26.07.2023
ölçüsü110 Kb.
#137579
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
«estetikaning asosiy tushunchalari kategoriyalari» fayllar org



Mavzu: «ESTETIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI (TUSHUNCHALARI)»


R E J A:
1. Estetika kategoriyalari bilishning muhim omilllari sifatida.
2. Go’zallik - estetik fikr tarixida muhim muammolardan biridir.

3. Ulug’vor va uning tabiatda namoyon bo’lishi.

4. Fojeaviylik va kulgulilik tushunchalari.

Xulosa.


Adabiyotlar ro’yxati.

Har bir fanda bo’lgani kabi, estetika fanida bir qator tushunchalar (ya'ni kategoriyalar) mavjud. Bu ma'ruza matnida go’zallik va xunuklik, ulug’vorlik va pastkashlik, fojeaviylik va kuIgulilik hamda o’zbek xalqining ma'naviy boyligi askiya haqida to’xtalib o’tamiz. Har biri fan o’z kategoriyalariga, tushunchalariga, ya'ni bilishning asosiy nuqtalari bo’lgan eng keng tushunchalariga egadir.


«Kategoria» grekcha so’zdan olingan bo’lib, »ta'rif» «fikrlash» degan ma'noni bildiradi. Kategoriya - ob'ektiv reallikdagi hodisalarining asosiy xususiyatlarini аks ettiradigan va davrning ilmiy nazariy tafakkurning xarakterini belgilab beradigan umumiy tushunchalardir.
Birincha marta falsafa tarixida Aristotel, Kant, Gegel kategoriyalarning ancha mukammal sistemalarini ishlab chiqqan edi.
Estetika kategoriyalarida insonning nafosatiga munosabati o’z aksini topadi.
Kategoriyalar qanday paydo bo’ladi?
- Kategoriyalar tayyor holda birdaniga paydo bo’lmaydi.
- Ular bilish taraqqiyotining uzoq tarixiy jarayonida shakllanadi. Estetika fani boy va murakkab kategoriyalar sistemasini ishlab chiqdi. Bular orasidan kishi idrok etadigan ob'ektlarni sifat jihatidan bir-biridan farq qiluvchi, estetik mazmunini aks ettiruvchi tutash va munosabatdagi kategoriyalar gruppasini ajratish mumkin.
Demak estetikaning asosiy kategoriyalariga;
-go’zallik
- nafosat
- komediyaviylik tushunchalari kiradi.
Go’zallik muammosi estetika va falsafaning eng murakkab muammolaridan biridir.
Go’zallikning tabiatda namoyon bo’lishi masalasi falsafiy estetik fikrlar tarixida muhim masalalardan biri bo’lib, go’zallik aslida hayotda ob’yektiv holda mavjudmi уоki biz uni fantaziyamiz vositasidan hosil qilamiz degan, masalaning hal etilishidir.
Go’zallik nafosat olamining mag’zi, asosiy belgisi, bosh xossasi, asosiy mohiyatini tashkil etadi.
Shu bois estetkani go’zallik haqidagi fan, go’zallik falsafasi ham deb ataydilar.
Go’zallik - bu asosiy estetik qadriyat bo’lib, uni idrok etish qobiliyati esa estetik sub'ektning asosiy xossasidir. Bu xususiyat estetik ong va uning asosiy qismlariga ham taalluqlidir. Masalan:
- Estetik his-tuyg’u-eng avvalo go’zallikni his etish jarayonini anglatsa;
- Estetik did bo’lsa-ko’p jihatidan shaxs va jamiyat nimani go’zallik sifatida, neni xunuklik idrok etishida namoyon bo’ladi.
- Estetik qarashlar esa go’zallikning tabiati va mohiyati haqidagi fikrlarini anglatadi. Mutafakkirlarning aytishiga qaraganda go’zallik haqida fikr yuritish va uni bayon qilish nihoyatda murakkab va mashaqqatli jarayon.
Go’zal, ijobiy his-tuyg’u uyg’otadigan narsani ko’rsatish ancha oson.
Lekin o’sha narsa nima uchun go’zal ekanini tushuntirish ancha qiyin.
Ilmiy tushunchalar tizimida ham go’zallik muammosini tushuntirib berish ancha qiyin. Lekin shu holat go’zallik muammosiga fidoiy yondoshish zarurligini taqozo etadi.
Qadimgi yunon faylasufi Aflotun bu masalani ilk bor «Nima go’zal» degan savolga ajratish bilan tarixda go’zallik, to’g’risidagi falsafiy ta'limotining asoschisi bo’lib kirgandi.
Aflotun ta'limotida go’zallik jonli, hissiyotli, o’zgaruvchan narsalar olamidan ajralib qolgan abadiy ruh – g’oya sifatida ta'riflanadi.
Uningcha: go’zallik vujudga kelmaydi va barbod bo’lmaydi, balki u vaqt va makon tashqarisida amal qiladi.
Go’zallik tuyg’udan yuqoriroq tabiatga molik bo’lgani uchun uni his-tuyg’u vositasida emas, balki аq1 vositasida anglash mumkin bo’ladi.
Go’zallik haqidagi «Aflotun yo’nalishi» g’arbda F. Akvinskiy, Gegel ijodida, Islom sharqida va musulmon madaniyatida davom ettirilib, go’zallik mohiyati yolg’iz olloh irodasiga bog’liq qilib ifodalanadi.
Gegel - mutloq ruh – g’oya go’zallikning namoyon bo’lishidir. Uningcha his-tuyg’u qobig’iga ega bo’lgan ruh-g’oya, ya’ni porlab turgan narsagina go’zaldir.

Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin