Mavzu: Gul uchun Koshinli kashpolar kompozitsiyasi



Yüklə 237 Kb.
səhifə1/6
tarix23.07.2023
ölçüsü237 Kb.
#137218
  1   2   3   4   5   6
Bitiruv ishi Gul uchunKoshinlar


Mavzu: Gul uchun Koshinli kashpolar kompozitsiyasi
Reja:

Kirish


I-BOB Kulolchilik san’atining o’ziga xos jihatlari

    1. Kulolchilik san’atining kelib chiqish tarixi

    2. Kulolchilikda koshinpazlik san’atining o’ziga xos usullari va texnologiyalari

    3. Kulolchilikda dekorativniy kompazitsiya yaratishda milliy an’analardan foydalanish


II-BOB KULOLCHILIKDA KASHPOLAR KOMPOZITSIYASI

2.1 Amaliy san’at qadimgi kashpo san’atida ularga xos usul va xislatlari


2.2 Dekorativniy kashpolar to’plamini ishlashda milliy elementlardan foydalanish
2.3 Kulolchilikda ishlatiladigan mahalliy materiallar va ulardan unumli foydalanish usullarini yoritib berish

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar

Ilovalar



KIRISH Oʼzbekiston Meʼmorligi juda qadimiyligi, turli-tuman meʼmoriy yodgorliklari, yuksak nafosat mujassami boʼlgan mahobatli osori-atiqalari bilan diqqateʼtiborni tortadi.Аmudaryo va Sirdaryo oraligʼidagi eng qad. madaniyat markazlari hozirgacha arxeologik yod-gorliklar qaʼridan ajoyib meʼmoriy xazinani namoyish etmoqda (Sopollitepa, Qoʼyqirilgan qalʼa, Tuproqqalʼa, Аfrosiyob, Varaxsha, Poykend, Qanqa kabi). Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qoʼqon kabi koʼhna shaharlar oʼzining noyob meʼmoriy obidalari (Somoniylar maqbarasi, Magʼoki Аttori, Chashmai Аyyub, Poyi kalon majmui, Labi hovuz majmui, Samarqand Registoni, undagi Ulugʼbek madrasasi, Sherdor madrasasi, Tillakori masjidmadrasa va b.) bilan dunyoga tanilgan. Oʼzbekiston Meʼmorligi taraqqiyoti davrlari ichida tarixan eng ajoyibi Аmir Temur va temuriylar davri bilan uzviy bogʼliq boʼlib, uni Uygʼonish — Sharq Renessansi sifatida taʼriflash odat boʼlib qolgan, «er yuzining sayqali» Samarqand, «bilim va odob gumbazi» Kesh — Shahrisabz shaharlari,ayniqsaАmir Temur say harakati, meʼmoriy vayu-yati (valiylikning koʼpligi) va karomati tufayli tubdan qayta qurildi. Oqsaroy, Koʼksaroy koʼshklari, Dor us-Siyodat madrasasi, Koʼk gumbaz, Jomeʼ masjid kabi mahobatli va hashamatli binolar qad koʼtardi. Shohizinda kabi meʼmoriy nekropol bunyod boʼldi.Koʼhna Kesh gullab yashnagan meʼmoriy bogʼistonga aylangani uchun Shahrisabz nomi bilan ulugʼlandi. Samarqand atrofida paydo boʼlgan marjon bogʼlar halqasi toʼrida Dilkusho koʼshki — Ishratxona, Chilustun koʼshki, kichik Oqsaroy koʼshki kabi xushbichim binolar, bir-biridan goʼzal Bogʼi Dilkusho, Bogʼi Naqshi Jahon, Bogʼi Shamol, Bogʼi Chi-nor kabi bogʼlar umuman meʼmoriy bogʼsozlik sanʼati ravnaqiga asos soldi. Hindistonga haqiqiy bogʼsozlik sanʼati temuriyzoda Zahiriddin Bobur b-n kirib kelganini hind sanʼatshu-noslari eʼtirof etishadi.Hatto oʼrta asrlardagi Yevropa bogʼ-parklariga temuriy bogʼlari taʼsiri borligi sir emas.Xuddi shu davrda Meʼmorlik bilan bogʼliq ilmfan risolalari yaratilgani eʼti-borni tortadi.Аgar Muhammad Xorazmiy, Аbu Nasr Forobiy, Birjondiy kabi allomalar asarlarida Meʼmorlik dagi garmoniyaga oid jihatlar mat. orqali asoslangan boʼlsa, Ulugʼbek atrofidagi olimlar faqat astronomiyaga doir tadqiqotlar bilan cheklanmay, Meʼmorlikka doir risolalar yozishgan, bogʼsozlik haqida dasturilamal yaratilgan. 16-a. da Buxorodagi xalq meʼmorlari dastxati bilan yaratilgan nodir meʼmoriy chizmalar saqlangan (OʼzFАShI fondida). Hozirgi zamon meʼmorlikda keng qoʼllanilayotgan modul tizimi oʼzbek meʼmorligida miqyos nomi bilan qadimdan maʼlum. G.А Pugachenkova ilmiy asarida Buxoro savdo gumbazlari xaqida qiziqarli maʼlumotlar keltirilgan va shahardagi xar bir toqilar alohida tadqiq etilgan. Buxoro masjidlarini oʼrganish borasida asosan K.S. Kryukov va N.M. Lukinskayalarning «Guzarniy mecheti Buxari» ilmiy asarlari koʼrib chiqildi. Taʼmir uslublarining koshinkorlik, koshinpazlik masalalariga bagʼishlangan, xalq ustalarining uzoq yillar davomida toʼplagan tajribalari, taʼlimlari toʼliq yoritilgan bulib А.Haqqulovning “Tarixiy yodgorliklarni taʼmirlash” va “Taʼmir sanʼati” asarlarida muallifning taʼmir sohasida olib borgan koʼp yillik izlanishlari Buxoro shahri yodgorliklari misolida ham keng yoritilgan. Bir kancha taʼmirlash ishlari muallifi va ishtirokchisi K.S. Kryukovning biz uchun qimmatli maʼlumotlari jamlagan maqolalari Buxoro obidalarini ilk taʼmirlash jarayonlari xaqida dastlabki aniq, muhim manbalarni yoritib beradi . Meʼmoriy yodgorliklarning qurilishi, tarixi, olib borilgan taʼmirlash ishlari kabi masalalar ustida oʼrganish ishlarini olib borgan mualliflarga B. N. Zasыpkin, I.I. Umnyakov, M. Ye Masson, V. А. Shishkin, M. Bulatov, G.А. Pugachenkova, I.I. Notkin, Yu.Z. Shvab, K.S. Kryukov va boshqa tadqiqotchilar misol boʼla oladi.

Yüklə 237 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin