Mavzu: Hozirgi o’zbek adabiy tilida lug’aviy sinonimiya
Reja: 1. Sinonimiya haqida ma’lumot.
2. Sinonimlarning turli ko’rinishlari (leksik sinonimiya, frazeologik sinonimiya)
3. Sinonimiyalarning manbalari.
4. Sinonimiyaning polisemiyadan farqi.
5. Sinonimlar – stilistik vosita sifatida
6. Xulosa. Sinonimlarning o’zbek tili lug’atida tutgan o’rni
KIRISH Ma’lumki, oliy o’quv yurtlarida malakali mutaxassislar tayyorlash
sifatini har taraflama yaxshilashning eng muhim shartlaridan biri
bo’lajak kadrlarga mustaqil fikrlash, o’z fikr-mulohazalarini mustaqil
bayon qila olish ko’nikmalarini singdirishdan iboratdir. Talabaning
«Hozirgi o’zbek adabiy tili» predmetidan bajaradigan kurs ishi jarayoni
talabalarning kelgusida tilshunoslik muammolari bo’yicha olib
boradigan ilmiy tadqiqot ishi bilan uzviy bog’liqdir. Chunki bakalavr
talabalar bajaradigan referatlar, ilmiy ma’ruzalar, kurs va bitiruv
malakaviy ishlarida o’quv jarayoni bilan ilmiy-tadqiqot elementlari
ma’lum darajada uyg’unlashgan bo’lishi talab qilinadi.
«Hozirgi o’zbek adabiy tili» kursi o’zbek filologiyasi fakultetlarida
birinchi – uchinchi kurslarda o’qitiladi. Respublika oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligi tasdiqlagan namunaviy o’quv rejasiga muvofiq talabalar
“Hozirgi o’zbek adabiy tili”ning «Kirish», «Fonetika va fonologiya»,
«Orfografiya, grafika va orfroepiya», «Leksikologiya, frazeologiya,
leksikografiya va frazeografiya», «So’z yasalishi, morfemika va
morfologiya», «Sintaksis va punktuatsiya» kabi bo’limlarini o’qish va
o’rganish bilan birga, kurs ishlari ham yozib topshiradilar. Kurs ishlari
orqali talabalarning nazariy bilimlarni qay darajada o’zlashtirganligi, til
faktlarini qanchalik bilishi va mustaqil ravishda ilmiy kuzatish olib
borishga layoqati borligi aniqlanadi.
Respublikamiz oliy o’quv yurtlari o’zbek filologiyasi fakultetlari
talabalari uchun «Hozirgi o’zbek adabiy tili» o’quv predmetidan kurs
ishlari bajarish bo’yicha yaratilgan uslubiy qo’llanma1ning hozirgi kun
talablariga to’la javob bera olmay qolganligini nazarda tutib, mazkur
uslubiy tavsiyalar tuzildi. Bu ishda «Hozirgi o’zbek adabiy tili» o’quv
kursining har bir bo’limi uchun nazariy va o’quv-uslubiy adabiyotlar
ro’yxati ilova qilindi.