1. Ikkilamchi elektronlar emissiyasining umumiy tushunchalari 2. Ikkilamchi elektronlar emissiyasini eksperimental tadqiq etish 3. Ikkilamchi elektronlar emissiyasining asosiy xossalari
1. Ikkilamchi elektronlar emissiyasining umumiy tushunchalari
Qattiq jismlar sirtini elektronlar bilan bombardimon qilganda – ikkilamchi elektronlarning uchib chiqishi kuzatiladi. Ushbu hodisa Ikkilamchi elektronlar emissiyasi degan nomni oldi. Qattiq jismlar sirtini tark etayotgan Ikkilamchi elektronlar oqimida ular hosil bo‘lishi tabiatiga ko‘ra uch gruppa elektronlar kuzatiladi (1-rasm). Birinchi gruppa elektronlar tarkibiga mishen sirtidan elastik qaytgan birlamchi elektronlar kiradi. Ular qattiq jism sirtiga tushayotgan birlamchi elektronlar ega bo‘lgan energiyachalik energiyaga ega bo‘lishadi, Shu sababli ushbu gruppa elektronlarini ikkilamchi elektronlar umumiy potogidan ajratish qiyin emas.
1 Rasm. Ikkilamchi elektronlar energetik spektri (boshlang‘ich energiya E0 150 eV ).
Ikkinchi gruppaga sirtdan noelastik qaytgan birlamchi elektronlar kiradi, uchunchi gruhga esa –haqiqiy ikkilamchi elektronlar kiradi. Birlamchi elektronlarning energiyasi E0 100-200 eV bo‘lganda, energiyasi E 50 eV energiyali ikkilamchi elektronlarga noelastik qaytgan elektronlar, E 50 eV energiyali elektronlarga - haqiqiy ikkilamchi elektronlar deyiladi. Bunday o‘xShatishlikda, tabiiyki, tez haqiqiy ikkilamchi elektronlar va sekin noelastik qaytgan elektronlar hisobga olinmaydi.
E0 birlamchi elektronlar energiyasi kamayganda elastik qaytgan birlamchi elektronlar soni ortadi, ya’ni, I pikning balandligi ortadi, III pikning balandligi esa kamayadi.
Yuqorida keltirilgan uchta gruppa elektronlarga qarab quyidagi koeffitsientlar kiritiladi :
Elastik qaytgan elektronlar koeffitsienti ;
Noelastik qaytgan elektronlar koeffitsienti ƞ
Haqiqiy ikkilamchi elektronlar koeffitsienti
Bu yerda –birlamchi elektronlar toki; - elastik qaytgan elektronlar toki; - noelastik qaytgan elektronlar toki. Ikkilamchi elektronlar emissiyasi to‘la toki quyidagiga teng
+ .
emissiyasi to‘la toki quyidagicha tasvirlanishi mumkin
.