MAVZU: KORXONANING MODDIY RESURSLAR BILAN TA'MINLANGANLIK TAHLILI. REJA: KIRISH 1. Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish samaradorligini ifodalaydigan ko’rsatkichlar tizimi
2. Korxonaning moddiy texnika ta’minoti rejasining bajarilishini tahlili
3. Korxonaning material resurslar bilan ta’minlanganligini tahlili
4. Material resurslardan foydalanish samaradorligi va ularni ishlab chiqarish xajmiga ta’sirini tahlili
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH Mavzusining dolzarbligi. Moliyaviy tahlil investitsiyalar va kreditlarga doir qarorlarni qabul qilishga; subyektning bo‘lg‘usi pul oqimlariga; ularga ishonib topshirilgan resurslarga, majburiyatlarga; rahbar organlarning ishiga baho berishda biznes samaradorligi va boshqaruvning sifat menejmentiga erishishda muhim dastak vazifasini bajaradi.
Moliyaviy tahlilning eng muhim obyektlariga: subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslari va ularning moliyaviy tuzilmas; likvidligi; to‘lovga qobiliyati; moliyaviy ahvoli va uning kelgusidagi kutilishlari; moliyaviy natijalari va rentabelligi; pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlari; kapital hajmi, moliyaviy va iqtisodiy salohiyati; iqtisodiy nochorlikka yuz tutmasligi, investitsion jozibadorlik; kreditga qodirlik; moliyaviy ahvoli bo‘yicha reyting baholashlar kiradi.
Mazkur darslik moliyaviy tahlilning nazariy, metodologik va amaliy jihatdan xalqaro normalarga mos ravishda tuzib chiqilgan. Fan doirasida nafaqat obyekt yoki predmet balki, mavzular birligiga ham alohida ahamiyat qaratildi.
Ishlab chiqarish maromiyligi - bir maromda mahsulot ishlab chiqarishni tasniflaydi. Ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etilishi resurslardan foydalanish darajasiga, mahsulot sifatni yaxshilanishiga, shartnomaviy majburiyatlarni bajarilishiga ta’sir etadi.
Mahsulot sifati. Tahlilda muhim e’tibor ishlab chiqarishga va sotilgan mahsulotlar sifatiga qaratiladi. Mahsulot sifati deganda - uning tovarlilik darajasi, xaridorlar didiga mosligi xalqaro va mamlakat standart meyorlariga javob berishidagi ijobiy tasnifiy jihatlari nazarda tutiladi. Xalqaro va mamlakat standarti talablariga mosligi yuzasidan mahsulotlarning oliy va birinchi kategoriyalar tarikblanadi.
Korxonaning moliyaviy holati iqtisodiy kategoriya sifatida xo’jalik subyektining o’z faoliyatini yuritish, rivojlantirish va o’z-o’z o’zini moliyalashtirish imkoniyatlari yuzasidan kapiyalning holatini harakterlaydi. Ya’ni xo’jalik subyektlarining moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasini, ularning maqasadli joylashtirilishi va samarali foydalanish darajasini, boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan moliyaviy munosabatlarni, to’lovga layoqatlilik va moliyaviy barqarorlilik holatini tavsiflashni xarakterlaydi.
Moliyaviy tahlil etish orqali xo’jalik yurituvchi subyektlarning samarali faoliyatini yo’lga qo’yish va uni o’stirish imkoniyatlarini baholashda, korxona ishlab chiqarish , tijorat va moliya faoliyatidan moliyaviy resurlarning kirimiga va ulardan moliyaviy holatni o’stirishda foydalanish darajalariga moliyaviy natijalarni prognozlash va iqtisodiy rentabellikni xo’jalik faoliyatining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oshirishning yo’llarini belgilashga, moliyaviy resurslardan yanada samarali foydalanishning chora tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratadi.
Moliyaviy raqobatbardosh va to’g’ri moliyaviy siyosatini yuritishga korxona foydasini maksimumlashtirish. Raqobatbardosh iqtisodiyotga xo’jalik yurituvchi subyektlar boshqaruvini tubdan takomillashtirish, uning sifat jihatdan yangi tuzilmasini shakllantirish samaradorlikni o’z-o’zidan ta’minlaydigan mexanizm emas. Birinchi navbatda, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, innovatsion mahsulotlarni yaratish orqali raqobatbardoshlikni ta’minlash, tarkibiy o’zgarishlarni talab etadi. Bu jarayonlar albatta ishdan unum samarani, natijaviylikdagi ijobiylikni ta’minlashning muhim garovi hisoblanadi. Ishdagi unum va samara, natijaviylikda ijobiy o’zgarishlar xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini keng qamrovli va tizimli shaklda doimiy o’zgarishni, baholash va tahlil qilishni talab etadi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyati, uni yo’ga qo’yishdagi kafolatlangan erkinliklarni hamda ma’lum bir dastaklar asosida tartiblanuvchi birliklari doimo tahliliy yechimlar asosida boshqarib boriladi. Xuddi shu boshqaruv oddiydan murakkabga, maudadan yirikka, sabab-oqibat bog’lanishlaridagi iqtisodiy moliyaviy tahlilni yo’lga qo’yishni talab etadi.
Har bitta fan obyektiv zaruriyat tufayli paydo bo’lishi olgiga qo’yilgan vazifalarni hal etishi, moddiy va nomoddiy olamdagi savollarning aniq yechimini berishi, hayot va uni go’zalligini ta’minlashning muhim vositasiga aylanishida toborarivojlanib borishini hisobga oladigan bo’lsak, iqtisodiy, moliyaviy tahlil fanining ham tashkil topganiga bir necha asrdan oshganligini qayd etish lozim.
Mаmlаkаtimizdа kоrхоnаlаr fаоliyatini dаvlаt tоmоnidаn qo’llаb quvvаtlаsh, jumlаdаn kоrхоnаlаrgа sоliq imtiyozlаrini bеlgilаsh, vаlyutа оpеrаstiyalаrini аmаlgа оshirish vа bаnk krеditlаridаn fоydаlаnishdа kеng imkоniyatlаr yarаtilgаnligi kоrхоnа mаjburiyatlаrini sаmаrаli bоshqаrishdа muhim mеzоn bo’lib hisоblаnаdi. Kеyingi yillаrdа bu bоrаdа mаmlаkаtimizdа ko’plаb ijоbiy ishlаr аmаlgа оshirildi.
Аlbаttа dаvlаtimiz tоmоnidаn bundаy turdаgi imtiyozlаrni bеrilishi kоrхоnа mаjburiyatlаrini kаmаytirish, ulаrdаn оqilоnа fоydаlаnish vа bo’sh rеsurslаrni ishlаb chiqаrishgа rеinvеstistiya qilish vа buning nаtijаsidа kоrхоnаlаr fоydаlilik dаrаjаsini оshirishgа хizmаt qilаdi.O’z nаvbаtidа shu nаrsаni hаm qаyd etib lоzimki, hоzirgi kundа kоrхоnаlаr mаjburiyatlаrini o’z vаqtidа bаjаrmаslik, mаjburiyatlаrni nоto’g’ri tаqsimlаnishi vа bu bоrаdа bоshqаruvdа аyrim kаmchilik vа muаmmоlаr hаm mаvjud.