Mavzu:Maniakal-depressiya psixoz kasalliklar Reja: Maniakal-depressiv psixoz Depressiv psixoz turlari Davolash Maniakal-depressiv psixoz affektiv psixozlar jumlasiga kiradi. Bu kasallikning klinikasi navbatma-navbat keluvchi maniakal va depressive fazalaming (ba’zida faqat maniakal yoki faqat depressiv fazalar) kuzatilishi, fazalar orasida yorug'lik oraliqlari (intermissiyalar) bo'lishi va bemorlarda shaxs o'zgarishlarining bo'lm asligi bilan xususiyatlidir. Kasallik xurujlarining davomiyligi turlicha bo'lishi mumkin —2 oydan 10 oygacha. Maniakal-depressiv psixoz dominant yo'l bilan o'tuvchi nasliy kasalliklar jumlasiga kiradi.Maniakal-depressiv psixozning maniakal fazasi uchun quyidagi simptomlar triadasi: kayfiyatning ko'tarinkiligi, fikrlash tempining tezlashuvi va harakat qo'zg'alishi xos. Bemorlar jonlangan, bir joyda o'tira olmaydilar, doim atrofdagilarga turli takliflar, savollar bilan murojat qiladilar, juda sergap bo'ladilar. Hayotlari (hatto psixatriya bo'limi sharoitida ham) ularga juda go'zaldek, yon-atrofni pushti ranglarda ko'radilar. Bemorlaming xulq-atvori bir rejali m aq^dga qaratilmagan. U lar har
qanday ishga kirishib ketadilar, har kimsJ o'z xizmatlarini taklif etadilar, ammo hech nimani oxirigacha yetkazmaydilar. Ularga o‘ta chalg‘uvchanlik xos. Bemorlarda o‘z qobiliyatlari, imkoniyatlarini yuqori baholash, hatto buyuklik vasvasa g‘oyalari rivojlanishigacha olib kelishi mumkin (ixtirochilik, islohotchilik, daholik). Shu munosabat bilan bemorlar turli idoralaiga o ‘z loyihalari bilan murojaat qiladilar, o ‘zlarini yuqori qobiliyatli daholar deb hisoblaydilar, teatr, adabiyot sohasida o ‘zlarini
namoyon etishga harakat qiladilar. Bemorlarda seksual qo‘zg‘aluvchanlik kuzatiladi. Kayfiyatning bunday nosog‘lom buzilishlari shu bilan namoyon bo‘ladiki, bemorlarning o ‘z tashqi ko‘rinishlari, kiyinishlariga ham munosabatlari o‘zgaradi —haddan ortiq bo'yanadilar,bachkanalikkacha
boradigan rangdor liboslar kiyib, ko‘plab taqinchoqlarni ilib oladilar. Tafakkur tempining tezlashuvi sababli maniakal bemorlarda so‘zlashuv nutqining tezlashuvi kuzatiladi. Hosil bo‘Igan assotsiatsiyalar yuzaki bo'ladi.
Bemorlar ko‘pincha hosil bo‘lgan flkrlarini gapirib berishga ulgurolmaydilar. U lar baland ovozda, ko‘p gapiradilar, shuning uchun tovushlari xirillab qoladi. Yaqqol hissiy noadekvatliklarga qaramay, bemorlarning e’tirozlari ba’zida aqlli, yumorlari ta ’sirchan bo'ladi. Ba’zi holatlarda maniya jahldorlik, qo‘zg‘aluvchanlik affekti bilan kechadi (qahr-g‘azabli maniya). Maniakal holatdagi bemorlarda o‘z nosog'lom holatlariga nisbatan tanqid, odatda, yo'qoladi.
Maniakal fazada som atik belgilardan taxikardiya, uyqusizlik, dismenoreya kuzatilishi mumkin. Ishtahalari, odatda, ko'tarilgan, ammo bemorlar ko'pincha sezilarli darajada vaznlarini yo'qotadilar.
Depressiv faza maniakal-depressiv psixozda quyidagi sim ptomlar triadasi: pasaygan kayfiyat, tafakkur tempining sekinlashuvi va harakat tormozlanishi bilan kechadi. Kayfiyatning pasayishi tushkunlik, qayg‘u, xavotir bilan kuzatilishi mumkin. Bemorlarning tana holati, yuzi, haddan tashqari tushkunlik holatini namoyon qiladi: yelkalari tushgan, qayg‘uli mimika, qotib qolgan nigohlar. Bem orlar past tovushda gapiradilar, savollarga zo‘rg‘a, bir so‘z bilan javob beradilar, ba’zida mutizm kuzatiladi. Harakatlari yaqqol sekinlashgan. Ba’zi holatlarda bemorlarda o ‘z yaqinlari va qarindoshlariga m unosabatlari o'zgaradi, ular avvalgidek kuchli emotsional kechinmalarni his qilish imkoniyatlarini yo'qotadilar va bunday hissiz bo‘lib qolganliklaridan qattiq qayg‘uradilar (og‘riqli hissizlik). Pasaygan kayfiyat ta ’siri ostida bemor o‘z yashab оч^ап hayotini boshqa ranglarda qayta ko‘rib chiqadi,
o‘zining o‘tmishda qilgnn xatti-harakatlarini keragidan ortiq baholaydi. Bemorlarga tuyuladiki, u lar hayotlarida yaxshi ishlam aganlar,atrofdagilarga nisbatan o‘zlai\ni noma’qul tutganlar, ular hech narsaga
yaramas kishilar va atrofdagila-.oa faqat baxtsizlik keltiradilar.O‘zini kamsitish, ayblash va gunohkorlik vasvasa g'oyalari ta’siri ostida bemorlarda ko'pincha o'z jonlariga qasd qilish haqidagi fikrlar paydo bo'ladi (suitsidal fikrlar), va ular ko'pincha haqiqatda amalga oshiriladi. Bemorlar kasalxona
sharoitlarida ham suitsidal harakatlar qilishlari mumkin, shuning uchun ular qat’iy nazorat ostida bo'lishlari zarur. Yuqorida keltirilgan maniakal-depressiv psixozning depressiv fazasidagi bemorlarda kasallik belgilari ertalabki soatlarda maksimal darajada rivojlanadi, kechga borib esa ulam ing ahvoli nisbatan yaxshilanadi.Shuningdek, depressiyalarda ba’zi som atik buzilishlar, tez-tezb kuzatilishi hosdir. Ularda ishtahaning yo'qolishi, tana vaznining kamayishi,uyqu, menstrual siklning buzilishlari kuzatiladi.
Ba’zida depressiya rivojlanish cho'qqisida m otor tormozlanish holati xavotirli qo'zg'alish holati bilan almashinadi, bunda bemorlar qo'rquvda xona bo'ylab tipirchilab, yordam ga chaqiradilar, qo'llarini qayiltiradilar, boshlarini devorga uradilar. Bu holat uchun keskin nam oyon bo'lgan xavotir xos bo'lib, ular o'zlari yoki ulam ing qarindoshlari bilan dahshatli hodisa sodir bo'ladi deb hisoblaydilar. Bunda bemorlar o'zlariga og'ir jarohatlar yetkazishlari, o 'z jonlariga qasd qilishlari mumkin. Bunday holatlar «qayg'u portlashlari» (raptus melancholicus) deb nomlanadi va juda xavfli hisoblanadi. Keksalik yoshida depressiya klinikasida ipoxondrik mazm undagi vasvasa g'oyalari ustunligi bilan kechishi mumkin. Bemorlar o'zlarining ichki a’zolari chirib ketganligi, yuraklari to 'x tab qoiganligi, miyalari qurib qoiganligi, ovqat o'tmayotganligi va h.k. larni e ’tirof etadilar. Bu holatlarda depressiv-ipoxondrik sindrom haqida gap ketadi. Tipik maniakal vadepressiv fazalardan tashqari, maniakal-depressiv
psixoz klinikasida aralash holatlar deb nomlangan holatlar kuzatilib,ularda bir vaqtning o'zid a hamm aniakal, ham depressiv triada simptomlarini ko'rish mumkin. Eng katta amaliy ahamiyatga depressiv
kayfiyat va nutq tormozlanishining m otor qo'zg'alish bilan birgalikda rivojlanishi (ajitatsiyalangan depressiya) ega bo'lib, bu holat, ayniqsa, suitsidal fikrlarning amalga oshishi bilan xavflidir. Shuningdek, boshqa aralash holatlar ham kuzatilishi mumkin.
Kasallikning kechishi yorug'lik oraliqlari davrlarining bo'lishi bilan xususiyatli bo'lib, ular psixotik xurujlami bir-biridan ajratib turadi. Boshqa endogen psixozlardan farq qilib, bu yerda shaxs nuqsoni deyarli rivojlanmaydi. Ba’zi holatlarda, maniakal-depressiv psixoz hissiyot fonining yaqqol
bo'lmagan o'zgarishlari bilan juda yengil shaklda kechganda siklotimiya deb nomlanadi. Yuzi ko‘kimtir rangga kiradi. Keyinchalik klonik tutqanoqlar boshlanib,oyoq-qo‘l mushaklarining ritmik qisqarishlari bilan kechadi. Nafas harakatlari tiklanadi. Qorachiqlar kengayadi, pay reflekslari chaqirilmaydi.
Ixtiyorsiz siydik va axlat ajralishi kuzatiladi. Klonik tutqanoqlar 1-2 minut davom etadi. Asta-sekin ular to ‘xtaydi va bemor chuqur uyquga ketadi. Bemor uyg‘onganidan so‘ng tutqanoqlar haqida xotiralar qolmaydi, ammo umumiy uringanlik hissiga ko‘ra bemor o‘zi bilan nima yuz berganligini bilib oladi. Epilepsiyada tutqanoqlar turli chastota bilan yuz berishi mumkin — yiliga 1-2 martadan kuniga bir necha martagacha. Agar ular ketm a-ket yuz berib, ular oralig‘idagi bemorning xushi tiklanadigan tanaffuslar qisqa bo‘lsa, bu holat tutqanoqlar seriyasi deb nomlanadi. Agar tutqanoqlar orasida bem or xushiga kelmasa, bu holat epileptik status deb nomlanadi. Bu holat bosh miyaning rivojlanib boruvchi
shishi bilan kechadi va zarur tadbirlar ko‘rilmaganda o ‘lim bilan tugashi mumkinligi uchun ham xavflidir.
Generalizatsiyalashgan tutqanoq xurujlari faqat tonik yoki faqat klonik buzishi mumkin; bu tutqanoq shakllari bolalik yoshida uchraydi. Generalizatsiyalashgan tutqanoqsiz epileptik xurujlar absanslar (eski
nomi — kichik tutqanoqlar) deb nomlanadi. Absanslar (fransuzchadan absence —ongning yo‘qligi) oddiy va murakkab bo'lishi mumkin. Oddiy absans uchun qisqa vaqt — 2-15 sekund davom etish xos bo'lib — ong yo'qoladi, bemor bir nuqtaga tiqilgan holda qotib qolgandek ko'rinadi, tutqanoq to'xtagandan so'ng esa o'z ishini davom ettiraveradi. Murakkab absanslarda qisqa vaqtli ong yo'qolishiga qo'shimcha tarzda umumiy tonusning yo'qolishi (atonik absans) —bunda bemor o'tirib qoladi yoki, asta-sekin yiqiladi, ba’zida esa tanasini orqaga tashlab, ko'zlarini yuqoriga qaratadi (gipertonik absans), yoki vegetativ buzilishlar (vegetativ absans) kiradi.
Fokal epileptik tutqanoqlar. Fokal epileptik tutqanoq xurujlari, shuningdek, Jekson tutqanoqlari deb nomlanib (uni yozib qoldiigan muallif nomi bilan), tananing biron sohasida yoki tananing yarmisida (qo‘l, oyoq, chaynov, ko‘z harakatlantiruvchi mushaklar va h.k.) tonik yoki klonik tutqanoqlar shaklida kechadi. Tutqanoqlar vaqtida ong saqlanadi. Fokal tutqanoqsiz epileptik xurujlarga sezgi buzilishli tutqanoqlar —
tananing ma’lum qismida qisqa vaqtli sezgi buzilishlari; vegetativ —tananing turli sohalarida qisqa vaqtli ter ajralishining kuchayishi yoki qon tomir reaksiyalarining o'zgarishi; ruhiy - qisqa vaqtli paroksizmal gallutsinator, psixosensor buzilishlar kiradi. Vaqtinchalik ruhiy buzilishlar. Bu epilepsiya uchun xos bo'lgan ikkinchi guruh buzilishlardir. Ularga disforiyalar, ongning namozshomsimon buzilishlari va cho'zilgan epileptik psixozlar kiradi.
Disforiyalar soatlab, ba’zida kunlab davom etadi va sababsiz qahr g'azabli-qayg'uli kayfiyat xurujlaridan iborat bo‘ladi. Bu davrlarda bemorlarning kayflyatlari buzuq, qovoqlari solingan, tajang, agressiv xatti-harakatlarga moyil va bunda ular uchun arzimagan sababning o ‘zi kifoya bo'ladi. Disforiyalarda ong, odatda, buzilmagan, amneziya kuzatilmaydi. Epilepsiyada namozshomsimon holatlar am bulator avtom atizmlar shaklida (som nam bulizm , trans) yoki gallutsinator-vasvasa variantida o‘tishi mumkin. Somnambulizm (lunatizm) ko'pincha bolalik yoshida boshlanadi va uyquda yurish bilan namoyon bo'ladi. Ongning nam ozshom sim on buzilishlari uyqu vaqtida yuz beradi. Bemor o ‘m idan turib, turli xil,ba’zida murakkab harakatlami bajaradi, so‘ng joyiga yotib, uyquga ketadi, ertalab o‘zi bilan nima yuz beiganini eslay olmaydi. Trans uyg'oqlik vaqtida yuz beradi. Bemorning xatti-harakatlari atrofdagilarda hech qanday noto‘g‘ri taassurot qoldirmaydi. O‘zining xatti-harakatlari uchun javob bermagan holda, ular yuzlab kilometr uzoqlikka ketishlari, ammo bunda o‘zlarini butunlay vaziyatga mos tarzda tutishlari, savollarga to‘g‘ri javob berishlari, maqsadga qaratilgan harakatlami bajarishlari mumkin va h.k. Translar qanday to'satdan boshlangan bo‘lsa,shunday tugaydi va keyinchalik bemodarda hech qanday xotiralar qolmaydi. Translarning davomiyligi turlicha — bir necha soatdan bir necha kun, hatto haftalaigacha.
Gallutsinator-vasvasali shakli namozshomsimon holatning bu shakli epilepsiyada shu bilan o'ziga xoski, toraygan ong fonida bemorlarda gallutsinator va vasvasali buzilishlar kuzatilib, bemorlarning xulq-atvori
va xatti-harakatini belgilaydi. Ko'ruv gallutsinator obrazlar tahdid soluvchi tavsifga ega bo‘lib, ko'pincha to‘q qizil ranglarda; vasvasa g‘oyalari —ta’qib g‘oyalari guruhidan iborat. Bemorlarda qo‘rquv va dahshat hissi rivojlanadi, ko‘pincha qahr-g‘azabli qo‘zg‘alish paydo bo'ladi, va atrofdagilaiga nisbatan
agressiv harakatlarga olib keladi. Bu holatlarda bemorlar zulmkor va shu bilan biiga m a’nosiz jinoyatlar sodir etishi mumkin. Shuning uchun ular o‘zi va atrofdagilar uchun katta xavf tug'diradi va qat’iy nazorat ostida bo‘lishlari lozim. K o‘pincha namozshom simon ong buzilishlari uyqu bilan tugaydi, keyinchalik esa butunlay amneziya yuz beradi va bemorlar o‘z xatti-harakatlari haqida hech nimani gapirib bera olmaydilar.
Ba’zida epilepsiyada gallutsinator-paranoid, depressiv, paranoyyal sindrom klinikasi bilan cho'zilgan psixotik holatlar kuzatiladi. Bu holatlar epileptik psixozlar deb nomlanadi. Epilepsiya uchun xos bo‘lgan uchinchi guruh buzilishlaiga, surunkali ruhiyat o'zgarishlari: epileptik shaxs o‘zgarishi va epileptik aqli zaiflik kiradi. Epileptik shaxs o‘zgarishi patologik tartibsevarlik, pedantizm ning
paydo bo'lishi bilan namoyon bo'ladi. Bunday bemoriaming tafakkurida bir detallarda to'xtalib qolish, rigidlik, o 'ta batafsillik, nutqlarida shirinsuxanlik, kichraytirish-erkalash qo'shim chalariga moyillik
kuzatiladi. Bem oriam ing atrofdagilar bilan bunday o 'ta shirinso'z va mehribon muomalasi aslida faqatgina saqlovchanlik, qasoskorlik, portlovchanlikni yashiruvchi niqobdir. U lar ikkiyuzlamachi, ayyor va zulmkor bo'ladilar. Bemoriaming oliy axloqiy qoidalami targ'ib qilishga bo'lgan intilishlari, ularning o'zlari bularga amal qilishlarini bildirmaydi, aksincha, - bunday fikrlar ortida bemoriaming kamchiliklari niqoblangan bo'ladi. Epileptik aqli zaiflik uchun shu xoski, yuqorida keltirilgan shaxs o'zgarishlari fonida tafakkurning o'ta batafsilligi o'sib boradi, ruhiy jarayonlaming kechish sur’ati keskin sekinlashadi. Xotira yomonlashadi,bemorlar yangi axborotlami qiyinchilik bilan o'zlashtiradilar. So'z boyligi
kamayadi, bemorning barcha qiziqishlari kasallikka qaratiladi. Bemorlar egotsentrik bo'lib boradilar. Odatda, bu o'zgarishlaming barchasiga tanqidiy munosabat yo'qoladi.
Davolash. Epilepsiyani davolashning asosiy qoidalari bu qat’iy individualizatsiya, davomiylik, uzluksizlikdir. Eng samarali dori vositalari har bir alohida holatda individual tanlanishiga to 'g'ri keladi, bu qoida dorining miqdorini tanlashga ham tegishli. Miqdorni oshirish yoki kamaytirish asta-sekin amalga oshirilishi zarur. Bu qoidaning buzilishi kasallikning o'tkirlashuviga, hatto epileptik status rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Asosan epileptik tutqanoqlarning har xil turlarini davolashda samarali bo'lgan dori vositalari qo'llaniladi (fenobarbital,difenin, benzonal, suksilep, finlepsin va boshq.). Agar kasallik klinikasi polimorf bo'lsa, epilepsiyaga qarshi dori vositalarining kombinatsiyasi qo'llaniladi. Epilepsiyaga qarshi ta ’sirli bir necha dori vositalari aralashmalari ham tavsiya etilgan (Vorobev, Sereyskiy aralashmasi va boshqalar). Namozshomsimon holatlarni bartaraf etishda aminazin tutqanoqqa
qarshi vositalar bilan bir vaqtda qo'llaniladi, affektiv buzilishlarda trankvilizatodar tavsiya etiladi. Epileptik statusni davolashda oxirgi vaqtlarda seduksen (vena ichiga) samarali qo'llanilmoqda.
Epilepsiyaning fokal shakllarida oxiigi yillarda epilepsiyani davolashning jarrohlik usullari keng qo'llanilmoqda. Ba’zi hollarda ularyaxshi natijalar beradi. O‘rta tibbiy xodimning epilepsiyali bemorlarni parvarishlash va kuzatishni ta ’minlashdagi o'm i katta. Tutqanoq xuruji vaqtida qo'shimcha jarohatlar, tilni tishlab olish, asfiksiyaning oldini olish chora-tadbirlarini ko'rish zarur. Ongning namozshomsimon buzilishlari bo‘lgan bemorlar batafsil va qat’iy nazoralga muhtoj bo‘ladilar. Shifokor bo‘lmagan vaqtda
tibbiy xodimlar tom onidan kuzatilgan tutqanoqlam i aniq yoritib berish, batafsil yozib olish va kuzatuv kundaligida bemorlarning xatti-harakatlarini bir boshdan ko'rsatib o'tish katta ahamiyatga ega.
Epilepsiyali bemorlarni ovqatlantirishni tashkil etishda, suyuklik va osh tuzi iste’mol qilishni chegaralashni esdan chiqarmaslik lozim. Alkogoli ichimliklami iste’mol qilish qat’iy taqiqlanadi. Imkoniyatga qarab,bemorlarni m ehnat faoliyatiga jalb etish, amm o bunda harakatlanuvchi
mexanizmlar, yuqori haroratli moslamalar yaqinida, transportda va h.k. larda ishlashi taqiqlanishi zarur.