Parazitlarni xo‘jayinlari bilan bog‘lanish shakllari.
REJA:
1. Parazitlarni xo‘jayinlari bilan bog‘lanish shakllari.
2. Parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklar.
Ba’zi erkin yashovchi organizmlar turli tasodiflarga ko‘ra boshqa organizmlarga tushib qolib, yashab ketish hodisasiga fakultativ parazitizm deyiladi. Fakultativ parazitizm parazitlarni kelib chiqishini o‘rganishda muhimdir.
K.I. Skryabin tajribalarida shaxtyorlarni kaproanaliz qilish natijasida, ulardan erkin yashovchi nematodalar (Rhabditis) ni topgan. Nematodalarning rhabditis avlodida ana shu xususiyatlar mavjud.
Natijada, shu xususiyati ularni erkin formalarini (Rhabditis) odam parazitiga aylanish imkonini beradi. Demak, parazitlar fakultativ yo‘l bilan ham paydo bo‘ladi.
Kamdan-kam hollarda soxta parazitizm ham uchrab turadi. Bunda ayrim organizmlar evolyutsion taraqqiyot davrida moslashmagan ikkinchi organizm tanasiga tasodifan tushib qoladi.
Lekin bu organizm tanasida yashay olmaydi (masalan, yomg‘ir chuvalchangi umurtqali hayvonlarning ichagidan chiqishi mumkin), turli pashsha, chivinlarning lichinka yoki tuxumlari oziqa orqali odam organizmiga tushib qolsa, turli kasallik belgilarini keltirib chiqaradi (ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va hokazo).
Chuchuk suvda yashaydigan zuluklar mayda suv hayvonlari uchun yirtqich, lekin sutemizuvchilar uchun parazit hisoblanadi.
Parazitlar xo‘jayin organizmida yashash muddatlariga qarab
Vaqtinchalik parazitizmda parazit xo‘jayin organizmida vaqtinchalik yashaydi, normal oziqlanadi, lekin rivojlanib ko‘paymaydi. Bunda parazit va xo‘jayin o‘rtasida garmonik bog‘lanishlar bo‘lmaydi. Parazit faqat oziqlanish vaqtida xo‘jayinga tashlanadi.