Mavzu: Naqllar Kirish Asosiy qism



Yüklə 41,16 Kb.
səhifə1/9
tarix05.05.2023
ölçüsü41,16 Kb.
#107746
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
naqllar


Mavzu: Naqllar
Kirish

  1. Asosiy qism

    1. Xalq og‘zaki ijodi va qadriyatlari davlat maqomida

    2. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining xususiyatlari

    3. Afsona va naqlning o’xshash va farqli tomonlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Xalq naqlni to‘qimaydi atayin,
Naqllarning umri fuzun bo‘ladi.
Mana, sizga bittasini aytayin:
Yaxshilik qil - tiling uzun bo‘ladi.

O’yga solar biroq boshqa bir jihat,
Yaxshilikni hunar qilgan elimiz.
Boshimizga yog‘ar tinmay malomat,
Ayting, qachon uzun bo‘lar tilimiz.

Xalqimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘zbekona urf-odatlar, rasm-rusmlar, asrlar davomida yaratilgan dostonlar, ertaklar, qo‘shiqlar haqida alohida g‘urur bilan gapirila boshlandi. Har bir inson biron sohaning mutaxassisi bo‘lishdan tashqari o‘z xalqining farzandi bo‘lmog‘i lozim. Yaqin o‘tmishda alla bilmaydigan kelinlarni, doston eshitmagan yigitlarni yoki askiya aytib ko‘ngil chigillarini yozmagan o‘zbeklarni uchratish mushkul bo‘lgan. Afsuski, endilikda biron odamni maqtaydigan bo‘lsak, alla ayta olishini, silliq so‘zlashini, askiyada qatnashishini fazilat qilib ko‘rsatamiz.


«Alpomish» dostonining ming yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov shunday degan edi: «Alpomish» — o‘zbekning o‘zligini namoyon etadigan, mard va tanti xalqimizning yurak-yuragidan chiqqan, ota-bobolarimiz avlodlardan-avlodlarga o‘tkazib kelayotgan qahramonlik qo‘shi g‘idir»1. Ana shu fikrning o‘zida og‘zaki ijodimizni nima uchun o‘rganamiz, degan savolga javob berilgan. Xalq og‘zaki ijodini, qadriyatlarini bilmay turib, o‘zbekman, deyish mumkin emas.
Keyingi yillarda qabul qilingan davlat hujjatlariga nazar tashlar ekanmiz, o‘zbek xalqi vakilining milliy g‘ururini shakllantirishga alohida e’tibor berilganini sezamiz. O‘ylaymizki, xalq og‘zaki ijodini o‘rganish akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalarining milliy g‘ururini paydo qiluv chi asosiy omillardan bo‘lib qoladi. O‘z fikrimizni dalillash uchun ayrim misollarga murojaat qilamiz. Dunyoda badiiy jahatdan mukammal, hajm jihatdan katta asarlar bor. Jahon xalqlari madaniyati xazinasidagi «Manas», «Kolevala», «Nartlar» shular jumlasidandir. O‘zbek xalqi o‘zining «Alpomish», Go‘ro‘g‘li haqidagi dostonlari bilan dunyodagi ana shunday asarli xalqlar qatoridan munosib o‘rin olgan. Ma’lumki, bitta xalq maqo lida olamolam ma’no singdirilgan bo‘ladi. Shuning uchun ba’zan bitta xalq maqolining vujudga kelishi uchun asrlar davomi da xalq ijod bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladi.
Mahmud Koshg‘ariyning 1074-yilda yozib tugallangan «Devonu lug‘otit turk» asarida ikki yuz oltmishdan ortiq maqollar yozilgan. Gulxaniy o‘zining «Zarbulmasal»ida esa 400 ga yaqin xalq durdonalirni Boyo‘g‘li bilan Yapaloq qushning quda bo‘lish voqeasida misol keltirgan. Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Bobur asarlarida o‘nlab maqollarni uchratamiz. O‘zbekiston Fanlar Akademiya - sining Aleshir Navoiy nomidagi adabiyot ilmiy tekshirish instituti folklor bo‘limi xodimlari tomonidan 1987, 1988 yillarda e’lon qilingan maqollar to‘plamida o‘n uch mingdan ortiq xalqimiz donoligi namunalari bor. Xalqimiz orasida hozirgi kungacha yashab kelayotgan minglab qo‘shiq larni, topishmoqlarni, latifalarni, yuzlab ertaklarni aytmaysizmi?! Biz ana shunday ijodkor xalqning avlodimiz. Binobarin, har bir o‘zbek farzandi o‘zaro munosabatda bo‘lar ekan, ana shunday buyuk xalqning vakili ekanligini unutmasligi lozim.


  1. Yüklə 41,16 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin