Mavzu: Qonun tushunchasi va falsafaning asosiy qonunlari Qonun tushunchasi



Yüklə 23,25 Kb.
səhifə1/4
tarix26.06.2023
ölçüsü23,25 Kb.
#135362
  1   2   3   4
falsafa 10-varoq


Mavzu: Qonun tushunchasi va falsafaning asosiy qonunlari
Qonun tushunchasi. Dunyoning mavjudligi ana shunday botiniy
va zohiriy o‘zgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan
iboratdir. Bu takrorlanishlar esa o‘z mohiyati va xususiyatlarini
saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olgan.
Masalan,' biz Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam
tortishish qonunini o‘rganganimizda ana shunday holni idrok etganmiz.
Bu qonunning asosiy mohiyati butun olamdagi narsalarning
bir-biri bilan aloqadorligi tamoyilining doimiy takrorlanishi,
har soniya va har daqiqada bu holatning sodir bolib turishini
isbotlaydi.
Xo‘sh, qonun o‘zi nima? U kishi va umuman, jamiyat hayotida
qanday ahamiyatga ega? Qonunni bilmasdan, o‘rganmasdan
turib yashash mumkinmi? Qonun tushunchasi kundalik hayotimizda
nisbatan tez-tez ishlatib turiladigan tushunchadir. Xususan,
fizika yoki kimyo qonunlari deymiz, tabiat qonuni yoki
bolmasa, iqtisodiy qonunlar, yuridik qonunlar va h.k. Bozor iqtisodiyotiga
olish tamoyillarining uchinchisi ham qonun to‘g‘risida
bolib, unda barcha sohada qonunning ustuvorligi ta’minlanishi
ta’kidlanadi. Yuqoridagilarni birlashtirib turadigan, barchasi
uchun ham umumiy bolgan xossa, xususiyatlar bormi?

Eng awalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — tabiat,


jamiyat va inson taraqqiyoti ma’lum qonunlar asosida amalga
oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va h.k.) asosiy
vazifasi har bir soha bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, qonunlarni kashf
qilish yoki ularning amal qilish xususiyatlarini o‘rganish va ochib
berishdan iborat.
Qancha ko‘p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez
bo£ladi. Taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, rivojlanishga
erishish qiyin. Yaqin o‘tmishda iqtisodiyotning o‘ziga xos qonunlarini
pisand qilmay, turli xil syezd, plenum, konferensiya qarorlari
asosida eksperimentlar o‘tkazib, barcha uchun farovon hayot
— kommunizm jamiyatini barpo qilmoqchi bolishganini va bunday
siyosat qanday oqibatlarga olib kelgani barchaga ma’lum.

Yüklə 23,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin