Mavzu: Ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha tajribalar. Modulli-kredit tizimi. Reja
1. Modulli o‘qitish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari
2. Modulli metodika asosida o‘qitish tamoyillari
Modulli o‘qitish – o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
An’anaviy ta’limda o’quv maqsadlari pedagog faoliyati orqali ifodalangan ya’ni bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, modulli o‘qitishda ta’lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Modulli o‘qitish ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish imkoniyatini yaratadi.
Modul - faoliyatlik asosida o‘qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturlarni o‘zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta’minlaydi;
Modulli o‘qitishdao‘quv dasturlarini to‘la qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali bosqichma-bosqich o‘qitish imkoniyati yaratiladi. Ya’ni o‘qitishni individuallashtirish mumkin bo‘ladi. Modulli o‘qitishga o‘tishda quyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
Modulli o‘qitish fanning asosiy masalalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar beruvchi muammoli ma’ruzalar o‘qilishini taqozo etadi. Ma’ruzalar tinglovchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim.
Modul amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuzilishi, ular ma’ruzalar mazmunini o‘rganiladigan yangi material bilan to‘ldirilishi kerak.