Mavzu: TA’LIM TEXNOLOGIYASINI TUZILISHINI TUSHUNTIRISH Reja: I.Kirish
II.Asosiy qism 1.Ta’lim texnalogiyasining maqsad va pretmedi
2. . Ta’lim texnologiyasi - Pedagogika tizimning tashkil etuvchisi.
3. Ta’lim texnologiyasining (qismlari bo’yicha) tuzilmasi.
4. Ta’lim texnologiyasining haraktlanuvchi tuzilmasi.
5. Ta’lim texnologiyasini loyihalash va ishlab chiqish tartibi
III. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar .
Tayanch tushunchalar;
Tizim, model, tuzilma, tarkib, element, haraktlanuvchi tuzilma, loyihalash, maqsadni belgilash, maqsad, vazifa, natija.
KIRISH
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida ta’lim va kadrlar
tayyorlash tizimini isloh qilish hamda uni rivojlangan davlatlar
darajasiga ko’tarishga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida
katta e’tibor berib kelinmoqda. Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash
tizimi sifati har qanday davlatning zamon talablariga hamohang
ravishda innovatsion rivojlanishida hal qiluvchi va muhim omil
sanaladi. Fan, texnika va texnologiyaning tobora taraqqiy etib
borayotgani ta’lim sohasidagi tegishli o’zgarishlarni taqozo etadi.
O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning
ustuvor yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak
ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori
malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi
bosqichga ko’tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim
texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli “O’zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu
esa o’z navbatida pedagog kasbining yanada murakkablashuvi,
mas’uliyati va vazifalarining ortishiga olib keladi. Chunki ommaviy
ta’limning bugungi sharoitida yangi raqamli avlod bilan ishlash,
ularni rivojlantirish, jahon talablariga mos qilib kasbga tayyorlash
zamonaviy o’qituvchidan yuksak texnologik bilim, salohiyat va
mehnatni talab qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Yana bir muammoni hal etish o’ta muhim hisoblanadi: bu pedagoglar va
professor-o’qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning
maxsusbilimlaridir.Bu borada ta’lim olish,ma’naviy-ma’rifiykamolot
masalalari va haqiqiy qadriyatlarini shakllantirish jarayonlariga faol
ko’mak beradigan muhitni yaratish zarur”, – degan fikrlari katta
ahamiyat kasb etadi1. Bugungi ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi va shiddatli axborot oqimi davrida XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo’lgan “Ta’lim
texnologiyalari” fani mazkur muammoni hal etadi. Ommaviy
ta’lim sharoitida ta’lim texnologiyalari – har bir bosqichi va har
bir elementi jiddiy ishlab chiqilgan, asoslangan, loyihalashtirilgan,
kafolatlanuvchi sifatli yakuniy natijaga mo’lljallangan pedagogik
jarayonni tuzish va amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Ta’limning yangi modelini amaliyotga tatbiq etish o’quv
jarayonini texnologiyalashtirish bilan bog’liq. Shuning uchun ham
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida “O’quv-tarbiyaviy jarayonni
ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash” uning asosiy
vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Ta’lim taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuch – bu o’zida didaktik masalalar va ta’lim texnologiyalarini mujassamlashtirgan pedagogik
tizim hisoblanadi. Ta’lim texnologiyasining muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natijaning kafolatlanishi o’qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasiga, ularni to’g’ri belgilash, tanlash va samarali qo’llay olishga bog’liqdir. Barchaga ma’lumki, zamonaviy ta’lim talabalar uchun informativ,
qiziqarli va maroqli bo’lsa, kutilayotgan o’qitish maqsadlariga
erishish mumkin. Ta’lim oluvchilarni faqatgina davr talabiga
javob bera oladigan faol o’qitishusullari, shakllari, vositalarini
qo’llash, innovatsion yondashuv va hamkorlik orqali motivlashtirish
mumkin. Shu sababli ham, ilg’or pedagog olimlar, novator
professor-o’qituvchilar va amaliyotchilar ilmiy asoslangan ta’lim texnologiyalarini o’z faoliyatlarida keng qo’llashga intilmoqdalar. Mazkur darslikda “Ta’lim texnologiyalari” fanining tuzilmasi va mazmuni bayon etilgan, uning asosini O’zbekiston Respublikasida va xorijiy mamlakatlarda bajarilgan ishlanmalar tashkil etadi. Darslikning tuzilishi, mavzularning bayon etilishida tanlangan stilistik uslub, yangidan kiritilgan ma’lumotlar uning talabalar tomonidan maqbul tarzda idrok
etilishiga imkon beradi. Ushbu darslikni pedagog va talabalarga taqdim eta
turib, kitob ma’lum darajada tibbiy ta’limda o’quvjarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o’tishi bilan
kengayib taraqqiy etib borishi natijasida uning shakl, usul va vositalari ham
takomillashib bormoqda. Hozirgi inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari
shu faoliyatdan ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish
imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib
bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so’nggi yillarda
ta’lim texnologiyalari faol tarzda amal qila boshladi.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va
tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu
jarayonda, asosan, inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan- avlodga
uzatish amalga oshiriladi. Inson hayoti axborotlar bilan chambarchas bog’liq. Insonning har bir harakati axborot olish va uzatish yoki undan foydalanish,
uni o’rganish, o’zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat. Shuning
uchun ham hozirgi insoniyat sivilizatsiyasi axborot sivilizatsiyasi deb ataladi.
XXI asrni ham bejizga axborot asri deb atashmagan.
“Sivilizatsiya – axborotni to’plash, tahlil qilish va undan foydalanish
hamda atrof-muhit va o’zi haqida axborot yaratish uchun eng ko’p ma’lumot
olishga qodir bo’lgan moddaning yuqori turg’un holatidir”.
Bu ta’rifdan axborotni avloddan-avlodga uzatishning, ya’ni ta’limtarbiya ishining ahamiyati qanchalik muhim ekanligi ko’rinib turibdi. Ya’ni,
ta’lim-tarbiya sivilizatsiyaning mavjudlik sharti hisoblanadi.