Mavzu: Tizimli blok qismlari bilan tanishish



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə1/9
tarix18.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#100099
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

1-topshiriq
Mavzu: Tizimli blok qismlari bilan tanishish.
Tizimli blok va uning tuzilmasi
Reja: 1. Mikroprosessor yoki prosessor
2. Qattiq disk yoki vinchester
3. Tezkor xotira mikrosxemalari
4. Kesh xotira mikrosxemalari
5. Kontroller yoki adabterlar
6. Ona platasi (Mother board )
7. Disk yurituvchilari
8. Elektr ta’minlovchi blok
Tizimli blok bu kompyuterning eng asosiy qismi. Uning ichida ona platasi, mikroprosessor, Qattiq disk yoki vinchester, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari,elektron sxemalar yoki kontrollerlar yoki adabterlar, elektr ta’minlovchi blok va disk yurituvchilari joylashadi. Bu Tizimli blokga hamma tashqi qurilmalar boglanadi va u ularning ishini ta’minlaydi.
Sistema blokning asosiy qismlari:
Mikroprosessor yoki prosessor- Kompyuterning miyyasi. Kompyuter ishini boshqarish, barcha hisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta’minlaydi. U kichikina, to`rtburchak elektron sxema sekundiga bir necha yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi Megagerslarda hisoblanadi va prosessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700

Qattiq disk yoki vinchester - Doimiy xotira.
Ma’lumotlarni doimo saqlash uchun foydalanadi. U vinchesterdeb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi Qattiq disk nomidan kelib chiqkan (1973 yilda IBM firma tomonidan yaratilgan Qattiq disk nomi "30/30" bo`lgan va bu mashxur Winchester miltikning kalibrga uxshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi.

Tezkor xotira mikrosxemalari - Kompyuterning vaqtinchalik xotirasi. U dasturlar ishlash jarayonida zarur bo`lgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Kompyuter o`chirilgandan keyin shu xotiradagi ma’lumotlar yukotiladi.



Kesh xotira mikrosxemalari - Kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko`p ishlatilgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o`rtasida joylashadi.


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin