1
Mavzu: Xalqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….2
I-BOB VALYUTA VA VALYUTA HAQIDA TUSHUNCHA………………4
1.1Valyuta va valyuta munosabatlari tushunchasi…………………………...4
1.2 Valyuta va ularning asosiy ishtirokchilari………………………………..6
II-BOB JAHON VALYUTA TIZIMINING RIVOJLANISH
BOSQICHLARI…………………………………………………………….….11
2.1Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi, jahon valyuta tizimining
rivojlanish bosqichlari………………………………………………………….11
2.2Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari……………………………24
XULOSA…………………………………………………………………………30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….32
2
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi:
Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini zamonaviy
modernizatsiyalash
bosqichida
mamlakatning
xalqaro
valyuta-kredit
munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish borasida katta yutuqlarga erishildi.
Xususan, tashqi savdo aylanmasining ijobiy salьdosi taʼminlandi, xalqaro moliya
institutlari bilan samarali hamkorlik yoʼlga qoʼyildi. Eng muhimi - davlat tashqi
qarzining
meʼyoriy
darajadan
oshib
ketishiga
yoʼl
qoʼyilmadi.
Bozor iqtisodiyotini asoslarini yaratish va rivojlantirish borasida amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tobora rivojlanish va byudjet munosabatlariga
ta’sir etishining muhim omili bo`lgan byudjet va moliya tizimi ham shu tarzda
isloh etishni, uning barqarorligi va samaradorligini oshirishni talab qiladi.
Dunyo miqyosida xalqaro valyuta-kredit munosabatlari sohasida jiddiy,
olamshumul oʼzgarishlar yuz bermoqdaki, mazkur holat halqaro valyuta-kredit
munosabatlariga bagʼishlangan yangi ilmiy tadqiqotlar olib borish, darsliklar va
oʼquv qoʼllanmalar yozish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.Soʼnggi yillarda
xalqaro valyuta munosabatlarida sezilarli oʼzgarishlar kuzatildi: jumladan, tashqi
bozorlardagi valyutalar va ularning tovar taʼminoti oʼrtasidagi aloqadorlik
yoʼqoldi; bozor ishtirokchilari uchun valyutalarning likvidliligi, ularning tovarga
ayirboshlash qobiliyatidan koʼra muhimroq ahamiyat kasb eta boshladi;
mamlakatlarning toʼlov balansidagi kapitallar va kreditlar harakati joriy
operatsiyalar harakatidan hajm boʼyicha koʼpayib, oʼrnini almashtirdi; rezerv
valyuta maqomi uchun rivojlangan mamlakatlar oʼrtasida raqobat kuchaygani
kuzatildi. Har bir davlat oʼz valyuta kursi rejimini barqarorligini taʼminlash uchun
yuqori likvidlilikka ega boʼlgan xorijiy valyutalarni zaxira sifatida yigʼishlariga,
zarurat tugʼilganda esa, ular hisobidan kurs shakllannishi jarayoniga
aralashishlariga
toʼgʼri
keldi.
Shu kabi holatlar xalqaro valyuta tizimida keskin islohotlarni taqozo etadi. Hozirgi
kunda, jahon moliya tizimiga kriptovalyutalarni taʼsirini, ularni tebranuvchanligini
prognoz qilish va kelajakdagi istiqbolini oʼrganish maqsadida oʼnlab, yuzlab
tadqiqotlar
amalga
oshirilmoqda.
3
Dostları ilə paylaş: |