Mavzu: Xirurgik statsionarning tuzilishi bilan tanishuv. Toza va yiringli xirurgiya haqida tushuncha



Yüklə 1 Mb.
səhifə1/65
tarix02.01.2022
ölçüsü1 Mb.
#46472
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
ALGORITM хирургия


Mavzu: Xirurgik statsionarning tuzilishi bilan tanishuv.Toza va yiringli xirurgiya haqida tushuncha.

O’quvchi bilishi kerak.


  1. Xirurgiya fani haqida tushuncha va uning asoslari,rivojlanish tarixi va vazifalarini;

  2. Asosiy xirurgik muassasalarning tuziliahi va xirurgik yordamning ko’lamini;

  3. Xirurgik yordam ko’rsatishda tez yordam stansiyalari va QVPda feldsherning tutgan o’rni;

  4. Xirurgik asboblarning nomlari,vazifasi vaqo’llanilishini;

O’quvchi bajara olishi kerak.


  • Asosiy tibbiy hujjatlarni to’ldirishni va yuritishni;

  • Xirurgik asboblarni ishlatish,eng zarur operatsiyalar uchun asboblar to’plamini yig’ishni;

  • Operatsiya xonasini tozalashni;

Operatsiya xonasini tozalash algoritmi.

Kerakli anjomlar.


Xloramin eritmasi, chelak, latta.

Bajarilish tartibi.


  1. Kundalik tozalash. Operatsiya jarayonida polga tushgan bo’lakchalar terib olinadi kunda ifloslangan pol artiladi. Operatsiya tugagandan so’ng qondan ifloslangan tog’ara, iflos tekgan oq surplar yig’ishtiriladi.

  2. Yakuniy tozalash. Operatsiya kuni oxirida pol va mebellar tozalab yuviladi, devorlar odam bo’yi yetadigan joygacha artib chiqiladi.

  3. Batamom yig’ishtirib tozalash. Shift devorlar, pol, derazalar xaftasiga bir marta mexanik va ximyaviy tozalanadi.

  4. Oldindan yig’ishtirib tozalash. Har bir operatsiya oldidan gorizantal sathlarni ho’l latta bilan artib, kuni bo’yi o’tirib qolgan changdan tozalanadi.

Mavzu: Sterilizasiya bo’limi ishi bilan tanishuv. Kasalxonada hozirgi kunda qo’llanilayotgan asosiy antiseptik vositalar, ularning ishlatilish usullari bilan tanishish va qo’llash.

O’quvchi bajarishi kerak:

  • bog’lov materiallarini va xirurgik asboblarni sterilizasiyaga tayyorlash va sterillashni;

  • Operatsiyadan oldin qo’lni va operatsiya maydonini zamonaviy usulda yuqumsizlantirishni;

  • steril kiyimni kiyish va steril stol tayyorlashni;

Xirurgik asboblarni sterilizatsiyaga tayyorlash algoritmi:
Kerakli anjomlar:

0,5% li yuvuvchi eritma,idish,shyotka,tibbiy asboblar


Bajarilish tartibi:

  1. Tayyorlanadi: 0,5% li yuvuvchi eritma, idish. Shyotka va tibbiy asboblar.

  2. Tibbiy asboblar yuvuvchi yeritma solingan idishga 10 daqiqaga bo’ktirib qo’yiladi.

  3. Xar bir tibbiy asbob sho’tka yordamida yuvuvchi vosita yordamida yuviladi.

  4. Oqar suvda 10 daqiqa davomida chayiladi.

  5. Sinama o’tqaziladi.

  6. Distillangan suvda chayiladi.

  7. Issiqlik xarorati 850C bo’lgan shkaflarda quritiladi.

  8. Tibbiy asboblar kraft paketlariga solinadi va bikslarga joylanadi.




Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin