Mavzu: Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish



Yüklə 22,1 Kb.
səhifə1/2
tarix18.05.2023
ölçüsü22,1 Kb.
#116250
  1   2
72B.docx Muhammadjon


72B-20 talabasi Mirxayitov Muhammadjonning Korxonani tashkil etish va tadbirkorlik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.

Mavzu:Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish.

Qabul qiluvchi: Ma`rifatxon Axunova

Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish.


Reja:
1. Xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo`llab quvvatlanishi.
2. Xususiy tadbirkorlikni rivojlanish bosqichlari.
3. Xususiy tadbirkorlik muammolari va yechimlari.
O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi ochiq tashqi siyosatli, barqaror ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. Respublikada bozor qayta o‘zgartirishlari qat’iy va izchil amalga oshirilmoqda.
Davlatga tegishli turar joy to‘liq xususiylashtirildi, natijada salkam 1,1 mln kvartira aniq egalari qo‘liga tegdi. Kichik xususiylashtirish tugallandi. Savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, uncha katta bo‘lmagan korxonalar amalda to‘liq xususiy mulk qo‘liga o‘tdi. Agrofirmalar, dehqon xo‘jaliklari va nodavlat mulk shaklidagi xo‘jalik birlashmalarining boshqa turlarini tashkil etish hisobiga qishloq xo‘jaligini davlat tasarrufidan chiqarish keng ko‘lamda olib borilmoqda. Xususiy tadbirkorlik subyektlari soni salkam 300 mingtani tashkil etadi, shu jumladan ulardan 220 mingdan ortig‘i yakka tartibdagi mehnat faoliyati patentlari bilan ishlamoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish davom etmoqda. Respublika fond birjasi orqali 157,7 mln so‘mlik 342,1 ming aksiya sotildi. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining umumiy soni 3569 tani tashkil etdi. Bank va kredit-pul tizimi takomillashtirilmoqda. Xalqaro banklar va sug‘urta kompaniyalari respublikada o‘z faoliyatini kuchaytirmoqda.
Mazkur Davlat dasturi bozor qayta o‘zgartirishlari jarayonlarini jadallashtirish maqsadida chora-tadbirlar majmuini nazarda tutadi va respublikada, ayniqsa qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadlari, vazifalari, yo‘nalishlarini belgilaydi.
Dasturning bosh maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, tadbirkorlik, xususiy biznes bilan faol shug‘ullanish istagi “kasalligini” yuqtirish;
qishloq xo‘jaligi qayta qurilayotganligi munosabati bilan ishsiz qolayotgan kishilarni ish bilan ta’minlash maqsadida qishloqda yangi ish o‘rinlari tashkil etish;
qishloqda bozor munosabatlari va infrastrukturani jadal rivojlantirish, raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash;
xizmatlar hajmini, ayniqsa bank, auditorlik, konsalting, vositachilik faoliyati bilan bog‘liq ilm-fanni qo‘p talab qiladigan xizmatlar hajmini keskin oshirish;
xo‘jalikni yuritish samaradorligini oshirishni, ichki bozor tovarlar bilan to‘ldirilishini va ishlab chiqarishning eksportga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi unchalik katta bo‘lmagan, moslashuvchan ishlab chiqarishlar, kichik va xususiy korxonalarni joriy qilish.
Dastur davlatning har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi, tashabbusli, yaratuvchi bozor jarayoni asosida O‘zbekiston aholisining keng tabaqalari tomonidan amalga oshiriladi. Dastur to‘rtta qismni — kichik biznesni rivojlantirish, ayniqsa qishloqda faol rivojlantirish va faoliyat ko‘rsatishi uchun bozor infrastrukturasi va shart-sharoitlar yaratish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, moliyaviy ta’minot va tashkiliy tadbirlar qismlarini o‘z ichiga oladi. Xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes-fond)ning xususiy tadbirkorlarga va kichik biznesga kreditlar berish, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlashni, ularning ustav sarmoyalarida ishtirok etishni, maslahat va axborot xizmatlari shaklida texnik yordam ko‘rsatishni amalga oshiruvchi hududiy tarmoqlari rivojlanadi. Xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni sug‘urta yo‘li bilan himoya qilish bo‘yicha hududiy agentliklar tashkil etiladi. Bu agentliklar tadbirkorlik tavakkalchiliklarini imtiyozli shartlarda sug‘urta yo‘li bilan himoya qilgan, to‘lanmagan qarzlar uchun qarzdorlarning javobgarligini sug‘urta qilgan, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan chet el investitsiyalari sug‘urta yo‘li bilan himoya qilinishini ta’minlagan holda kichik va xususiy korxonalarning kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar olishlari uchun investitsiya loyihalarini baholaydilar va ekspertizadan o‘tkazadilar. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa fondlar, sug‘urta muassasalari tashkil etiladi.
Respublika mintaqalarida davlat organlarida tadbirkorlik tuzilmalari manfaatlarini ifodalaydigan, bozor konyunkturasini o‘rganishda, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash va tarqatishda, korxonalarni ro‘yxatga olishda, yangidan tashkil etilayotgan korxonalar ta’sis hujjatlarini tayyorlashda, yuridik va texnik maslahatlar berishda ko‘maklashadigan “Tadbirkorlar palatasi” tashkil etiladi.
Qishloqda qishloq joylardagi kichik va xususiy korxonalarga resurs ta’minotida, mahsulotni sotishda va transport xizmati ko‘rsatishda yordam beradigan, mahsulotni saqlash, qayta ishlash va sotishni amalga oshiradigan, aholiga kommunal, maishiy, tuzatish-qurilish xizmatlari ko‘rsatadigan, jamoa, dehqon xo‘jaliklari a’zolari, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalarini o‘qitadigan, axborot ta’minoti va yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatadigan Biznes markazlar tashkil etilmoqda.
Xususiy qo‘yilmalarga asoslangan, ilg‘or texnologik asbob-uskunalar, xomashyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash uchun butlovchi buyumlarni sotib olish uchun mablag‘larni birinchi navbatda maqsadli ayirboshlash huquqiga ega bo‘lgan agroinvestitsiya firmalari tashkil etilmoqda, kontraktlar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi organlarida ruxsat beruvchi tartiblarsiz ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Faoliyat turlari bo‘yicha mayda ishlab chiqaruvchilarning uyushmalarini tashkil etishga yordam berilmoqda, bu uyushmalar o‘z manfaatlarini jamoa yo‘li bilan himoya qilishi, xo‘jalik yuritishning ilg‘or usullarini yeyishi lozim.
Kredit muassasalarini rivojlantirish, ixtisoslashgan tijorat banklari tarmog‘ini, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy sarmoya ishtirok etgan tijorat banklari tarmog‘ini kengaytirish davom etmoqda. Savdo uylari, investitsiya kompaniyalari, investitsiya vositachilari, fond do‘konlari, kliring va agentlik tarmoqlari faoliyati kengaytirilmoqda. Kichik va xususiy korxonalarni axborot bilan ta’minlashda, bozor konyunkturasini o‘rganayotgan, bozor imkoniyatlariga axborot xizmati ko‘rsatishni taklif etayotgan xususiy korxonalar ishida, tarmoqlararo ma’lumotlar bankini yaratishda yordam berilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hosili nobudgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik, uning to‘siqsiz qabul qilinishi, saqlanishi va keyinchalik iste’mol tarmog‘ida tahsimlanishini ta’minlash maqsadida kichik va xususiy ulgurji-vositachilik tuzilmalari, ixtisoslashgan bozorlar, ulgurji do‘konlar, bazalar, saqlash joylari, omborxonalar jadallik bilan rivojlantirilmoqda. Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini qishloq xo‘jaligi ekinlarining yuqori nav urug‘lari va ekish materiallari bilan o‘z vaqtida ta’minlash uchun qishloq joylarda urug‘ yetishtiradigan hamda ularni sotadigan urug‘chilik korxonalari tashkil etilmoqda. Qishloqdagi tadbirkorlarga tuzatish-tiklash, agrokimyo, zooveterinariya va xizmatlarning boshqa turlarini ko‘rsatadigan agroservis korxonalari tashkil etilmoqda.
3. Davlat migratsiya jarayonlarini qishloq foydasiga o‘zgartirishga demografiya siyosati o‘tkazilishini, oilani har tomonlama rivojlantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilishini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash va uni rag‘batlantirish yo‘li bilan aholini ish bilan ta’minlashni amalga oshiradi. Aholining qishloqda o‘rnashib qolish jarayonini rag‘batlantirish va uni kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sohasidagi ishga jalb qilish maqsadida qishloq joylarda shaharga nisbatan (aholi jon boshi hisobiga) turar joy, ta’lim, madaniyat va sport, sog‘liqni saqlash obyektlarini qurishda, gazlashtirish, suv va elektr ta’minotida, telefonlashtirishda, aloqada, kommunal obyektlarni qurishda, radio va televideniye xizmatlarida afzalliklar yaratish nazarda tutiladi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chog‘ida ijtimoiy sohani rivojlantirishga investitsiyalar ulushini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ijtimoiy soha obyektlarini aholi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga berish yo‘li bilan ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.
2 Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bosqichlari.
Respublikamizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinishini ta`minlash, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar 2016 yil davomida 31766 ta yangi kichik tadbirkorlik sub`ektlarini (dehqon va fermer xo`jaliklaridan tashqari) tashkil etish imkonini berdi. Natijada 2017 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko`rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub`ektlarining soni 218170 tani tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 11066 taga ko`paydi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi natijasida 2016 yil yanvar-dekabr oylarining dastlabki yakunlari bo`yicha ularning ulushi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida 56,9 foizni (2015 yilning yanvar-dekabr oylarida 56,5 foiz), sanoatda - 45,0 foizni (40,6 foiz), xizmatlar sohasida - 60,5 foizni (57,8 foiz), eksportda - 28,5 foizni (27,0 foiz) va bandlikda - 78,1 foizni (77,9 foiz) tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan iqtisodiyotga 19963,2 mlrd.so`mlik investitsiyalar kiritildi. Bu respublika bo`yicha jami kiritilgan investitsiyalar hajmining 40,3 foizini tashkil etadi. Shuningdek, ular tomonidan 20677,7 mlrd.so`mlik qurilish ishlari bajarildi (jami qurilish ishlari hajmining 70,7 foizi) yoki o`tgan yilning shu davriga nisbatan 15,6 foizga o`sdi. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mas’ul xodimlari ishtirokida joriy yilning may oyi uchinchi dekadasi va iyun oyi birinchi dekadasi davomida viloyatlarda tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi muammolarni o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etildi. Tadbirlarda 500 ortiq tadbirkorlar ishtirok etdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yüklə 22,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin