Mavzu: ZILZILADAN KEYIN HAYOT FAOLIYATINI TA’MINLASH VA
JAMOAT TARTIBINI SAQLASH (MAHALLABAY TARZDA)
Mashg‘ulot maqsadi:
Tinglovchilarning kuchli zilziladan keyin hayot faoliyatini ta’minlash va
jamoat tartibini saqlash bo‘yicha
bilimlarini oshirish, amaliy ko‘nikmalar hosil
qilish.
Vaqti
– 4 soat
Mashg‘ulot uslubi
– nazariy
Mashg‘ulot o‘tish shakli
– masofaviy
O‘quv savollari va vaqt taqsimoti:
I.
Kirish
5 daqiqa
II.
Asosiy qism
150
1.
Kuchli zilzila va uning ikkilamchi oqibatlari
50 daqiqa
2.
Kuchli zilziladan keyin hayot faoliyatini ta’minlash
50 daqiqa
3.
Zilziladan keyin jamoat tartibini saqlash
50 daqiqa
III. Yakuniy qism
5 daqiqa
I. KIRISH
Respublika aholisini va hududlarini kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda
vaziyatlardan
muhofaza qilish, zilziladan keyingi hayot faoliyatini ta’minlash,
ehtimoli mavjud ikkilamchi omillarning ta’sir doirasini qisqartirishda aholining
tayyorgarlik darajasini oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ayniqsa, dunyo
miqyosida ko‘p yillardan
buyon shakllanganligi, o‘ziga xos madaniyat va
ma’naviyat o‘chog‘i bo‘lmish mahallalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kuchli
zilzila bilan bog‘liq favqulodda
vaziyatlarning oldini olish, profilaktika chora-
tadbirlarini o‘z vaqtida va samarali olib borish
inson hayot maromini izdan
chiqishini, insonlarning bevaqt hayotdan ko‘z yumishlarini va iqtisodiyotga
yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar miqdorini kamaytirishi mumkin.
Dunyoning turli mamlakatlaridagi yirik
masshtabdagi tabiiy ofatlar
oqibatlarini bartaraf etish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ularning oqibatlarini
yumshatishning yagona yechimi – aholining tayyorgarligini oshirishdir. Ko‘p
holatlarda, jabrlanganlarga yordamni yon-atrofdagi tasodifiy odamlar, qarindoshlar,
qo‘shnilar, ya’ni bevosita yaqinida bo‘lganlar ko‘rsatadilar. Shunday ekan, ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholi - uy bekalari, qariyalar
bilan ma’lum targ‘ibot ishlarini olib borish, xavfsizlik qoidalariga o‘qitish, kuchli
zilzilada to‘g‘ri
harakat qilish, zilziladan so‘ng hayotiy faoliyatni ta’minlash
masalalariga e’tibor qaratish, aholining
bilim darajasini oshirish, amaliy
ko‘nikmalar hosil qilish, ularda xavfsizlik madaniyatini shakllantirish ahamiyat kasb
etadi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan
aholini
favqulodda vaziyatlarning ta’sir qiluvchi omillaridan, shu jumladan, kuchli zilzila
bilan bog‘liq vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlashda alohida e’tibor