O`quvchilarga O`zbekiston Respublikasi tabiati haqidagi bilimlarni berishda davom etib, ularda tabiiy boyliklar, ularning turlari haqida tushuncha va tasavvur hosil qilish. O`zbekiston “Qizil kitobi” va Respublikamizda qo`riqlanayotgan hududlar haqida ma’lumot berish.
O`quvchilarni tabiatdagi muvozanat, uning buzilishi, Respublikamiz hududlari ekalogiyasi va tabiatini muhofaza qilish bilan tanishtirish, ekologik tarbiya berish.
O‘rganilgan mavzilardan asosiy tushunchalarni ajrata bilish, ularni amaliyotda qo‘llay bilishga o‘rgatish, mustaqil fikrlash doirasini kengaytirish. Ekologik dunyoqarashni rivojlantirish, ekologik fikr yuritishni shakllantirish, ekologik savodxonlikka erishish.
O‘quvchilarning savol-javob, xarita bilan ishlash (amaliy mashg‘ulot) orqali yangi mavzuni qay darajada o‘zlashtirilganligi nazorat qilinadi.
O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi
Shakl: interfaol mashg‘ulot: suhbat-ma’ruza, yakka tartibda, kichik guruh, jamoa bo‘lib ishlash.
Metod: “Aqliy hujum”, savol- javob.
Vosita: Darslik, 7-sinf o‘quv atlasi, O`zbekiston tabiiy xaritasi, O`zbekiston “Qizil kitobi”, mavzuga doir rasmlar.
Nazorat: kuzatish, nazorat savollari.
Baholash: rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida.