Metall kesuvchi stanoklarning umumiy tasnifi bo'yicha zago-tovkalarda tishlar va rezbalarni tayyorlash uchun xizmat qiladigan stanoklar beshinchi guruhga kiritilgan



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/11
tarix01.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#92391
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
13-станоклар турлари


https://uz.denemetr.com/docs/768/index-215035-1.html?page=9


14.1. Tish va rezba kesish stanoklari guruhining umumiy tasnifi

Metall kesuvchi stanoklarning umumiy tasnifi bo'yicha zago-tovkalarda tishlar va rezbalarni tayyorlash uchun xizmat qiladigan stanoklar beshinchi guruhga kiritilgan. Bu guruh stanoklari quyidagi asosiy tiplarga bo'linadi (14.1-jadval):

Tishli uzatmalar hamda rezbali birikmalar va uzatmalarning mashi-nasozlikda qo'llanish sohalari juda keng. Tish va rezbalarni zagotovkalarda hosil qilish usullari va buning uchun zarur bo'lgan stanoklar va kesuvchi asboblar ham har xil. Ammo ko'pchilik hollarda, ayniqsa, tish ke-sish nihoyatda murakkab, ko'p mehnat talab qiladigan va mas'uliyatli texnologik jarayonlardan hisoblanadi. Shunga mos ravishda stanoklarning konstruktiv tuzilishi bir necha xildagi murakkab harakatlarni hosil qilib uzatib berishi ularning o'ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi.




14.2. Zagotovkaiarda tishlar hosil qilish usullari


Bunday usullarning asosiylari quyidagilardir:

1.Plastik deformatsiyalash—nakatka qilish orqali; m<2 mm bo'lganda
sovuqlayin va 
m>2 mm bo'lganda zagotovka qizdirilgan holda nakatka
qilinadi;


2.Kukun metallurgiyasi usuli bo'yicha presslash;

3.Kesuvchi asboblar bilan tishlarni kesish tish ochishning asosiy
usuli bo'lib, u o'z navbatida 2 turga bo'linadi: kopirlash va obkatka
usullari.

Kopirlash usuli bo'yicha zagotovkalarda tishlar yasashda kesuvchi asboblar sifatida modulli disk va barmoq frezalari, maxsus tish kesish kallaklari va protyajkalardan foydalaniladi. Bu usul asosan yakka buyurt-mali ishlab chiqarish sharoitida, ta'mirlash maqsadida va tish kesish universal frezalash stanoklarida bo'lish kallaklari (УД, УДГ) dап foy-dalanib amalga oshiriladi. Yirik seriyali ishlab chiqarishda modulli disk frezalari zagotovkalarda tishlarni maxsus yarim avtomat stanoklarida

xomaki kesishda qo'Uaniladi. Faqat keng koiamli ishlab chiqarishda maxsus tish kesish kallaklari yordamida maxsus tish o'yish yarim av-tomatlarida amalga oshiriladi.

Kopirlash usulida tish kesish asbobining shakli zagotovkadagi tishlar orasidagi bo'sh joyning profiliga mos boiadi. Bu usulning ish unumdorligi past, aniqligi ham yetarli emas boiib, bular kopirlash usulining asosiy kamchiliklari hisoblanadi.

Obkatka usuli yuqori ish unumdorligi va kesilgan tish oicham-larining katta aniqligini ta'minlaydi, shuningdek bir kesuvchi asbob bilan bir xil modulli istalgan tishlar soniga ega boigan gildiraklarda tishlarni kesish mumkinligi bu usulning afzalliklaridir. Obkatka usuli bilan tishlarni hosil qilishda kesuvchi asbob kesuvchi qirralari zago-tovka tishlari profili bo'yicha ketma-ket harakatlanib , o'zaro duma-lab, ilashuv jarayonini eslatadi.





Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin