International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities
Hosted from Hamburg, Germany
https
:
econferencezone.org
March 15
th
-16
th
2022
101
BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA O'QITISH
METODIKASINING DIDAKTIK TAMOYILLARI.
Shoxida Abdullajonova Tursinovna
Namangan viloyati Chust tumani 19-maktab Boshlang‘ich ta'lim
Annotatsiya
: Ushbu maqolada Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish
metodikasining didaktik
tamoyillari,matematika kursi,bolalar ongini va tafakkurini rivojlantirish haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar
: Boshlang‘ich sinf, matematika, o'qitish metodikasi, matematika didaktikasi, mantiqiy misollar,
masala, o'quv yo'nalishi, o'quv jarayoni.
Boshlang‘ich matematika kursi, bolalar tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang‘ich
bilimlar yagona majmuini yaratadi,
ikkinchi tomondan, zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning
mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo'naltirilgan bo‘ladi.Matematikadan boshlang‘ich ta’lim-tarbiyaviy
vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash,
psixologiya,
didaktika, matematikani o'qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o‘z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy
bilimlarning o ‘zi yetarli emas. O'qitishning m a’lum mazmuni va o‘qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi
bilan ta’sirlanadigan u yoki bu o‘quv yo'nalishi uchun eng samarali usullari qo‘llay bilish darsga
tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarur.
Har bir talaba bilishi kerak:
1)
onglilik tamoyili;
2 ) ko'rsatm alilik tamoyili;
3) ilmiylik tamoyili;
4)
ketma-ketlik tamoyili;
5) puxta o'zlashtirish tamoyili va hokazolar;
6) boshlang'ich maktabda algoritmlar va algoritmlarga o'rgatish metodikasi.
1. Matematika darslarida asosiy didaktik maqsadlar Har bir darsdan turli xil didaktik maqsadlar ko'zlanadi.
Ular orasida bittasi bosh maqsad bo'lib hisoblanadi va uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi.Har bir
alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning yordamida o'qitilayotgan mavzuning
mazmunini o'quvchilarga ochib beradi. Bu holda yangi tushunchalar bilan o'quvchilarni tanishtirish bo'lsa,
ikkinchi holda tanishtirilgan tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish,
uchinchisida, biror malaka va
ko'nikmalarni hosil qilish, to'rtinchisida, bilim, malaka va ko'nikmalarni tekshirish va h.k. bajariladi. Har bir
darsda yuqorida aytilganlarning bir nechtasi yoritilishi mumkin. O'tilganlarni takrorlash oldin o'tilgan
darslarni yangi tizimga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o 'z ichiga oladi. Yangi materialni bayon qilish
har doim mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi.Maktablar tajribasi darsning ma’lum tizimini yaratdiki,
ko‘pchilik o'qituvchilar
bu tizimga rioya qilib, ma’lum yaxshi natijalarga erishmoqda. Odatda darsning
boshida uy vazifasi tekshiriladi yoki o‘tgan mavzu takrorlanadi, so‘ngra o'tgan mavzu yuzasidan savol-javob
o'tkaziladi. Shundan keyin yangi material bayon etiladi va uni mustahkamlash uchun o‘quvchilarga misol va
masalalar yechdiriladi yoki nazorat savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa to'g'risida ko‘rsatmalar
beriladi.Ba’zan, bu maqsadlardan bittasiga bag'ishlanishi mumkin. Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy
didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar unga bo'ysinadi.
2. Matematikadan dars turlari.
Boshlang‘ich sinflarda matematikadan quyidagi dars turlarini ko‘rsatish mumkin.
a) o‘quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko'nikmalarni hosil qilish darslari (Bu
darslarda hisoblash, grafik yoki masala yechish bilimlari hosil qilinadi);
b) turli xil mashqlar yordamida yangi bilim, malaka, ko'nikmalarni
mustahkamlash darslari;
d) o'tilganlarni takrorlash, umumlashtirish darslari;
e) keyingi bosqichda xatolarning oldini olish maqsadida mustaqil bilim, malaka va ko'nikmalarni tekshirish
darslari.Har bir darsda turli xildagi didaktik maqsadlar amalga oshirilishi mumkin: uy vazifasini tekshirish;
darsning va mavzuning maqsadini bayon qilish; oldin o'tilganlarni takrorlash bilan o'quvchilarni
yangi