«mikroiqtisodiyot»



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/92
tarix31.12.2021
ölçüsü0,55 Mb.
#50184
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
«mikroiqtisodiyot»



« MIKROIQTISODIYOT »

FANIDAN AMALIY MASHG`ULOTLARNI O`TKAZISH UCHUN USLUBIY QO`LLANMA

Farg` ona -2019 yil


1-MAVZU. Kirish. Kurs predmeti va vazifalari.

Reja:

1. Mikroiqtisodiyotni qo’llash va uning chegaralari

2. Kursning mazmuni, predmeti va boshqa fanlar bilan bog’liqligi

3. Fanning axborot manbalari va o’rganish uslublari

Iqtisodiyot fani kishilarning moddiy ehtiyojini maksimal darajada qondirish maqsadida cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish va uni boshqarish muammolarini, kishilaming moddiy nematlar ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimlash va ularni Iste'mol etish jarayonlaridagi munosabatlarini o'rgatadi. Tarkibiy jihatdan bu fan "Mikroiqtisodiyot" va "Makroiqtisodiyot" qismlarga bo'linadi.

Xar qanday jamiyatdagi kishilarning asosiy maqsadi o'zining yashash sharoitini yaxshilash, erkin va baxtli hayot kechirishdan iborat. Ana shu buyuk maqsadni bajarish yo’lida kishilar har doim tabiat va jamivat bilan kurashib kelgan. Lekin ularning bu harakati doimo cheklangan doirada amal qilgan, chunki insoniyatning o'zi cheklangan imkoniyatlar dunyosida yashab kelmoqda. Bunga asosiy sabab esa, mavjud resurslarning cheklanganligidir.

Shuning uchun ham jamiyat va undagi har bir shaxsning asosiy vazifasi chieklangan resurslardan maqsadga muvofiq foydalanishni ta’minlaydigan yo'nalishlarni tanlash va maksimum natijalarga erishishdan iborat.

"Mikroiqtisodiyot" fani ushbu muammolarni alohida bozor subyektlari, korxonalari miqyosida hal etish yo'llarini o'rganadi. Bunda tahlil uchun bozor subyektlari olinib. Ulardagi daromadlar va harajatlar, ishchilar soni va ularning ish bilan ta’minlanganligi, ishlab chiqarayotgan mahsulotlar miqdori, ularning bahosi va shu kabi qator boshqa iqtisodiy ko'rsatkichlari tahlil etilib, tegishli qarorlar qabul qilinadi. Obrazli qilib aytish mumkinki, "Makroiqtisodiyot" fani butun bir o'rmonni o'rgansa, "Mikroiqtisodiyot" fani u erdagi har bir daraxtlarni, ularni ildizi, mevasi, tana tuzilishlarini o'rganadi.

Bu fanning diqqat markazida quyidagi vazifalar turadi. Iste’molchi hatti- harakati, alohida tovarlar va alohida bozordagi narxlar, konkret resurslarni taqsimlash usullari va boshqalar. Bundan tashqari korxona. firmalar mavjud cheklangan imkoniyatlar sharoitida quyidagi uch asosiy vazifani hal etish yo'llarini tushunishga yordam beradi:

—nima va qancha ishlab chiqarish;

—qanday ishlab chiqarish;

—kim uchun ishlab chiqarish.

"Mikroiqtisodiyot" fani ular faoliyatini tahlil etishda, xulosalar qilishda va zarur bo'lgan qarorlar qabul qilishda turli usullardan foydalanadi. Bu usullaming asosini "dialektika" usuli tashkil etadi.

"Dialektika" usuli barcha hodisa va voqealarni doimiy taraqqiyotida va o'zaro aloqadorlikda o'rganish zarurlgini taqozo etadi. Bunda "analiz", "sintez", "indukciya" va "dedukciya" usullaridan fovdalaniladi. " Analiz" ya’ni tahlil usulidan foydalanishda hodisalarni mayda bo'laklarga ajratib ularni tadqiq etilsa, "sintez" usulida hodisalarning mayda elementlarini birlashtirish asosida xulosa qilinadi. "Indukciya" usulida ayrim dalillar asosida unuimiy xulosa qilinadi, "deduksiya” usulida umumiy qoidalar asosida ayrim xulosalar qilinadi.


Mashulotning maqsadi:

1. "Mikroiqtisodiyot" fani predmetini organish.

2. "Mikroiqtisodiyot" va "Makroiqtisodiyot" o'rtasidagi farqni tushuntirish.

3. "Mikroiqtisodiyot" fani hal etadigan uchta vazifa (muammo)ni organish.

4. Fanning o‘rganish usullarini tahlil etish.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin