Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati



Yüklə 41,11 Kb.
səhifə1/4
tarix06.06.2023
ölçüsü41,11 Kb.
#125967
  1   2   3   4
MILLIY TARBIYANING MAZMUNI VA MOHIYATI


MILLIY TARBIYANING MAZMUNI VA MOHIYATI.
R E J A:
1. Milliy tarbiya tushunchasining mohiyati.
2. Milliy qadriyatlar asosida shaxs dunyoqarishining shakllantirish.
3. Umuminsoniy tarbiya mezonlari.
4. Ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglash.
Tayanch so’zlar: milliy tarbiya, ma’naviy, tarbiyaviy, iymonli, etiqodlilik, shaxs, dunyoqarash, umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy, ijtimoiy, madaniy-milliy ko’rsatkichlar, tabiiy qadriyatlar, iqtisodiy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar, ilmiy qadriyatlar, falsafiy qadriyatlar, badiiy qadriyatlar, diniy qadriyatlar.


1. Milliy tarbiya tushunchasining mohiyati.
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, O’zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo’lga qo’yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan texnologiyalari yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish katta ahamiyatga ega. Bu taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimlar va murakkab texnologiyalarni egallagan, iymoni butun, irodasi baquvvat, teran fikrlaydigan, yuksak salohiyatga ega bo’lgan kadrlar hal etadi. Yurtimizning kelajagi mamlakatimizning intellektual salohiyatiga, aql-zakovotiga, milliy ta’lim-tarbiya tizimini jahon andazalari asosida takomillashtirishga, uning milliy zaminini mustahkamlashga, kadrlar tayyorlashga bevosita boliq. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edilar: “Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bogliqdir1. Ilm-fan, madaniyat, ma’rifat va milliy tarbiya har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko’taradi, uning taraqqiyotini ta’minlaydi, kelajagini oldindan ko’rsatib beradi.
Milliy-tarbiyaviy qadriyatlarni tiklash va zamonaviylashtirish umuminsoniy ehtiyoj hamdir. Sobiq sho’rolar davrida ijtimoiy ongda «zamonaviylik - milliylik» tushunchalari orasida «sivilizatsiya - ekzotika» shaklidagi sun’iy antiteza hosil qilindi. Natijada milliylikni ajdodlardan avlodlarga boyitib yetkazuvchi jarayon - milliy tarbiyaning tobora zaiflashuvi yuzaga keldi. Mafkuraviy maqsadlar ostida rang-barang milliy qadriyatlarni o’zaro aloqada yuksaltirish emas, balki bir xillashtirish harakati rag’batlantirildi. Antropologlarning shahodat berishlaricha, odamning tashqi ko’rinishi kechki paleolit - kromanonlar davridan buyon o’zgarmasdan kelmoqda. Bu fikrning zamonaviy fanlar tomonidan tasdiqlanganligi odamning biologik evolyuttsiyasi tugallanganligini bildiradi. Odamdagi evolyuttsion rivojlanishning yakunlanishi esa undagi mada­niy rivojlanishni boshlab beradi. Odamda oliy taraqqiy etgan turlarga xos bo’lgan emottsional-instinktiv xususiyatlar genetik meros sifatida mavjud bo’lib, bu xususiyatlarni chaqaloq dunyoga kelganida, uning rivojlanishining ilk oylarida kuzatish mumkin. Ijtimoiylashuv (sottsializatsiya) esa odam mohiyatini go’daklikdan boshlab kamolatga erishuv tomonga o’zgartira boradi.
Inson o’zining ijtimoiy-madaniy rivojlanishi jarayonida ajdodlarining milliy qadriyatlarini ijodiy o’zlashtiruvchi, zamoniylashtiruvchi, boyituvchi va o’zgartiruvchidir. Ana shu insoniy burchlarning har bir shaxs tomonidan mukammal bajarilishi ijtimoiy taraqqiyotning boy, rang-barang madaniy oqimlarini hosil qiladi, saqlab turadi. SHu nuqtai nazardan, har bir in­son o’zida tarixiy, ijtimoiy, madaniy-milliy ko’rsatkichlarni mujassamlashtiruvchi tarbiya mahsulidir. Turli xalqlarning bir-birlarini tanishida, bilishida, bilvosita va bevosita millatlararo muloqotlarda insonning milliy jihatlari alohida qiziqish uyg’otgan. Qadim zamonlarda ham tarixchilar, sayyohlar, qomusiy bilimga ega mutafakkirlar (Ibn Batuta, Strabon, Abu Rayhon Beruniy, Mikluxo Maklay, Lui Gonsales de Klavixo, Herman Vamberi va boshqalar) qoldirgan asarlar, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy ta’limotlarda ham boshqa xalqlar hayotini qiyosiy o’rganish yo’nalishi mavjud edi.
XIX asrga kelib g’apb ijtimoiy fanlarida boshqa xalqlar milliy-madaniy xususiyatlarini tadqiq, qiluvchi kulturantropologiya va sottsiologiya yo’nalishlari maxsus fanlarga aylandi. Bu fanlar «boshqa dunyo kishisi» muammosini o’rgana boshladi. Aslida esa bu – boshqacha tarbiya – milliy tarbiyaning tizim, uslublari, maqsadlaridagi xususiyliklarni ilmiy nuqtai nazardan o’rga­nish davri boshlanganligini anglatar edi. XIX asr uchun «boshqa dunyo kishisi»ni o’rganish taraqqiyparvar yangilik edi. Zero, kulturantropologiya «Boshqa mamlakat, millat kishisi qanaqa?», «U o’zini o’rab olgan dunyoni, borliqni qanday idrok qiladi?», «U yaxshilik va yomonlikni qanday tushunadi?», «U o’z xatti-harakatlarida qanday mezonlarga asoslanib yo’l tutadi?» kabi savollarga javob izlar edi. Odamlarning dunyo haqidagi bilimlari ortib, yangi yerlar ochilib, savdo-sotiq, munosabatlari kengaya borgani sari ushbu muammoga qiziqish ham orta bordi. Ayniqsa, Evropada kapitalistik jamiyatning shakllana borishi va shu bilan bog’liq, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ayniqsa, mustamlakachilik davri u yoxud bu xalqlarning milliy xususiyatlarini o’rganishga kuchli turtki berdi. CHunki, mustamlakachi, missioner, plantatorlar o’z mustamlakalari – maxalliy xalqlar haqida hech bo’lmasa ibtidoiy tasavvurga ega bo’lishlari o’zlari uchun foydali edi. Qolaversa, bu masala mustamlakachilikning kelajagi – mahalliy xalqlarni «madaniy-oqartuv» orqali inglizlashtirish, frantsuzlashtirish, ya’ni madaniy-ma’naviy mustamlakalarga aylantirishning samaradorligini ta’minlash uchun ham kerak edi.
Milliy tarbiyaning etnopedagogik qirralarini ilk bor kashf etgan olimlardan biri – kulturantropolog M. Mid bo’ldi. Uning tadqiqotlari nafaqat geterostereo­tip (bir xalqning boshqa xalqlar haqidagi bilimlari yig’indisi)ning, balki osiyolik va afrikaliklarda av­tostereotip (o’z xalqi haqidagi bilimlar yig’indisi)ning shakllanishiga, boshqacha qilib aytganda, o’zligini anglashga ham turtki bo’ldi. Biz uchun ushbu tadqiqotning pe­dagogik jihati muhimdir. Zero, M. Mid tomonidan 1927 yili nashr ettirilgan «Samoada ulg’ayish» kitobi tarbiyaning milliyligiga asoslangan ilk ilmiy-tadqiqot natijasidir. SHuningdek, Al-Xusriy arab tilining ilmiy atamalarini yaratishga chaqirib, «milliy tarbiya» tushunchasini ilk bor ilmiy-pedagogik muomalaga kiritdi. SHu tariqa milliy tarbiya, bir tomondan, mulkdor boylar orasida mavjud «o’z manfaatlarini millat manfaatidan yuqori qo’yish va ochko’zlikka, ikkinchi tomondan, mutaasib ruhoniylarning «taraqqiyotga eltuvchi ilg’or g’oyalarga dushmanligi»ga qarshi kurashda samarali qurol bo’lib xizmat qildi.
Milliy tarbiyaning manbai – milliylik! «Millat», «milliylik», «milliy g’urur», «milliy odob», «millatlararo muloqot madaniyati» tushunchalarining o’zagini arabcha «mil» so’zi tashkil qiladi. Bu so’z arabchada «o’zak», «tub mohiyat», «negiz» ma’nolarini anglatadi. «Millat» so’zi esa bir necha ma’noni: 1) din: mazhab; 2) ummat: bir mazhabga mansub aholi; 3) xalq ma’nolarini anglatadi.
«Millat», «milliylik» tushunchalarining talqini bilan tanishar ekanmiz, ularning g’arbona va sharqona tarzlari bor ekanligini ko’ramiz. Aniqrog’i, g’arbiy tal­qin xristian, sharqiy talqin esa islomiy o’zaklarga borib tutashadi. Ya’ni Yevropa xalqlari tillariga «millat» tushunchasi lotincha «natio» - qabila, xalq sifatida xris­tian dini bilan birga kirib kelgan bo’lsa, Osiyoga esa islom ta’limoti orqali yuqoridagi uch xil ma’noda ki­rib kelib singdi.
«Tarbiya» so’zi «milliy tarbiya» tushunchasining tarkibiy qismi bo’lganligi tufayli bu tushunchaga ham yangicha yondoshgan holda, xolis ilmiy-pedagogik ta’rif bermoq kerak. Arabcha «tarbiya», «tarbiyat» so’zlari 1) parvarish qilmoq; ta’lim bermoq; o’rgatish; odob o’rgatish; 2) navozish, mehribonlik ko’rsatish: ko’z-quloq bo’lish; himoya qilish kabi ko’p qirrali mazmunga ega. «Tarbiyachi» esa shu ko’p qirrali tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi odam, demakdir. Demak, milliy tarbiyaning lug’aviy ma’nosini «yosh avlodlarni o’z xalqiga xos milliy fazilatlar namunasida shakllantirish, ta’lim bermoq» sifatida aniqlash mumkin. Bu o’rinda tarbiyaviy manba sifatida Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lmish “Avesto” g’ururi ahamiyatga ega. Unda insonning barkamol bo’lib yetishishida uning so’zi, fikri, ishi birligiga g’ururi e’tibor berilgan. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab, undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo’lgan, desak, xato qilmagan bo’lamiz. Mana shunga asosan, “Avesto”ning eng asosiy manbasi bo’lgan Zardushtiylik to’g’risida so’z borganda u to’g’rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini ta’kidlash lozim. Ayniqsa, “Avesto”da inson tarbiyasiga, insonlarning jamiyatda tutgan o’rniga munosabati to’liq yoritilgan. Zardusht ta’limotida tarbiya haqida quyidagicha fikr bildirilgan. “Tarbiya — hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u, avvalo, yaxshi o’qishni va so’ngra esa yozishni o’rganishi bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin va yana yaxshi ovqatlanadigan xalqdan yaxshi nasl — sog’lom avlod qoladi– deb ta’kidlanadi. Tarbiya ijtimoiy hodisa. Tarbiya kishilik jamiyatining paydo bo’lishi bilan vujudga keldi, taraqqiy etdi, jamiyatning o’zgarishi bilan tarbiya ham o’zgarib bordi. Tarbiya xulqni boshqarish va belgilash, bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy qismlar — axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab yig’indisidir. Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchilarning shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya — o’sib kelayotgan avlodda hosl qilingan bilimlar asosida aqliy-axloqiy dunyoqarashni, insoniy e’tiqod, burch va masuliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo’lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Tarbiya deb tarbiyachi o’zi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirishi uchun ularning ruhiyatiga ma’lun maqsadga ko’ra tizimli ta’sir ko’rsatishiga aytiladi. Tarbiya bola tug’ilganidan umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir. Tarbiya — biror maqsadga qaratilgan jarayon, doimo muayyan rejaga ega bo’ladi va buning uchun maxsus vakolati mavjud bo’lgan kishilar tomonidan amalga oshiriladi Hamma davrlarda ham tarbiyachilar yoshlarning axloqi va odobi, iymoni va vijdoni, bilimi, malakasi, xatti-harakati, yo’nalishi, tarixiy tajribasi, davr talablari va ehtiyojlari, istiqlol vazifalari bilan uyug’nlashtirib shakllantirishga, rivojlantirishga harakat qilganlar. O’z aqliga inson kuchi, bilimi va irodasi bilan bajarilishi mumkin bo’lgan muayyan maqsadlarni qo’ygan davlatlar ham ta’lim-tarbiya ishlariga befarq qaramagan. O’rta Osiyo mutafakkirlarining tarbiya haqidagi’ fikrlari, o’gitlari shunday kuchga egaki, ular yoshlar qalbida insoniylik urug’larining ko’rinishiga, g’ururi hayot yo’liga olib chiqishiga yordam beradi. SHu bois biz uchun qadrli bo’lgan allomalarimizdan Bahovuddin Naqshband, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Devoniy, Munavvar qori, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Asqar Zunnunov va boshqalarning ta’lim-tarbiya va ma’rifat haqidagi g’oyalaridan keng foydalanish bugungi kun talabiga javob bera oladigan yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo’lib hisoblanadi.
Bahovuddin Naqshbandning ta’lim-tarbiya haqidagi fikr-mulohazalari va pand-u nasihatlari g’oyat qimmatlidir. U barkamol insonni tarbiyalash dastlab odobdan boshlanishini ta’kidlab, shunday degan edi: “Adab xulqni chiroyli qilish, so’z va fe’lni soz qilishdir… Adab saqlash — muhabbat samarasi, yana muhabbat daraxtining g’ururi hamdir. Agar adabdan ozgina nuqsonga yo’l qo’ysangiz ham, nimaiki qilsang, beadablik ko’rinadi. Odam o’zini bir xil sifat va ko’rinishda olib yurishi lozimki, toki odamlarda unga tasarruf (ta’sir qilish) ta’masi paydo bo’lmasin”.
Abu Nasr Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir. “Ta’lim so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya esa, amaliyot, ish-tajriba bilan, ya’ni shu yo’l orqali amalga oshiriladi“, deydi u.
Abu Nasr Forobiyning fikricha, har bir shaxs munosib odam bo’lishi uchun unga ta’lim va tarbiya zarurdir. U ta’lim orqali nazariy muvaffaqiyatga erishadi. Tarbiya orqali esa kishilar bilan muloqotni, axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni o’rganadi. Forobiy bolalarning fe’l-atvoriga qarab tarbiya jarayonida “qattiq” yoki “yumshoq” usullardan foydalanish kerak, deb hisoblaydi:

  1. Tarbiyalanuvchilar o’qish-o’rganishga moyil bo’lsa, ta’lim-tarbiya jarayonida yumshoq usul qollanadi.

  2. Tarbiyalanuvchilar o’zboshimcha, itoatsiz bo’lsa, qattiq usul qo’llanilishi lozim, degan fikrni bildiradi.

Yusuf Xos Hojib tarbiyani juda murakkab jarayon deb tushunadi. U tarbiya kishini ezgulikka o’rgatmoi kerak. Ezguning har ishi chiroyli, har bir qadami go’zal. Ezgulik aslo qarimaydi. Tarbiya beldan madorni, tandan quvvatni, ko’zdan nurni, dildan oromni talab qiladi, degan fikrni bildiradi.
Kaykovus o’zining “Qobusnoma” asarida, bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni birga olib borishni ta’kidlaydi: “Yosh bola ilm bilan adabni tayoq bilan o’rganur, o’z ixtiyori bilan o’rganmas. Ammo farzand beadab bo’lsa va sening ul sababdan qahring kelsa, o’z qo’ling bilan urmagil, muallimlarning tayog’i bilan qo’rqitgil. Bolalarga muallimlar adab bersinlar, toki sendan o’g’lingning ko’nglida gina bo’lmasin“.
Abu Rayxon Beruniy inson va axloqiy tarbiya haqida fikr yuritar ekan, “Insonga yer yuzini obod etishi va uni boshqarib turishi uchun aql-zakovat ato etilgan, SHuning uchun har bir inson yuksak axloqli bo’lishi lozim“, deydi.
Abu All ibn Sino bola tarbiyasi haqida fikr bildirar ekan, bola tarbiyasini unga ism qo’yishdan boshlashni lozim deb topadi. “Bolaga munosib ism tanlash ota-onaning dastlabki oliyjanob vazifasi, bola tarbiyasi bilan avallo ota-ona shug’ullanishi kerak”, deydi.
Umar Xayyomning ta’kidlashicha, tarbiyaning maqsadi “sog’lom fikr, ziyrak aql va o’tkir zehnga ega bo’lgan insonni shakllantirishdan iborat bo’lmoi kerak”. Faqat chuqur zehngina barkamol xalqni qondira oladigan ilhomga erishishi va uning yordami bilan yuksak aql-idrok, farosatni hosil qilish mum­kin, lekin shuning o’zi kifoya qilmaydi, inson yuksak axloqqa ega bo’lishi yaqinlarini sevishi lozim.
Alisher Navoiy bola tarbiyasi bilan oila hamda maktabda shug’ullanish, shuningdek, bola tarbiyasini olib borish jarayo­nida namuna uslubidan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligiga alohida urg’u beradi. Tarbiya va ta’lim ishlari o’qituvchi hamda ota-onalar tomonidan olib borilishi lozim. Mutafiikkir bolalar bilan munosabatda bo’lish chog’ida ular tomonidan yo’l qo’yilgan xatoliklarni bartaraf etishda ularga jismoniy jazo berishdan saqlanish, aksincha, hushmuomalalik bilan yo’l qo’yilgan xatolarning mohiyatini ularga tushuntirish zarurlignii, biroq bu o’rinda ma’lum me’yorga amal qilish zarurligini aytadi. Alisher Navoiy o’qituvchining, ayniqsa, talabchan bo’lish; bolalarning puxta bilim olishlari va ularda axloqiy sifatlarning shakllanishida muhim ahamiyatga ega, deb hisoblaydi.
Abdurahmon Jomiy, avvalo, tarbiya haqida fikr yuritar ekan, har bir narsani ham parvarish etsa, undan yaxshi natija chiqishini, insonni ham yaxshi tarbiya etsa, u barkamol bo’lishini alohida ta’kidlaydi.
Jaloliddin Devoniy “Bolaning tarbiya olishi, odob-axloqli bo’lishi uning keyingi tarbiyasiga bog’liq. CHunki hayotda har kuni bola ko’radigan, muloqotda bo’ladigan narsalar uning xulqiga yaxshi va yomon tomondan ta’sir etadi. Bolada har kuni insoniy xislatlar: yurish-turish qoidalari, xushmuomalalik, ota- ona va boshqa o’zidan katta yoshlilarni hurmat qilish, to’g’rilik va rostgo’ylikni o’rganish, shirinsuxanlik, kamtarlik, so’zlashuv odobiga rioya qilish kundalik turmushda o’rganiladi“, deydi.
Mahmudxo’ja Behbudiy ta’lim-tarbiya ishini ijtimoiy hayot, jahon miqyosida sodir bo’layotgan voqealar bilan bog’liq holda olib borishni talab etadi. U yoshlar tarbiyasida, oila, ota-onalar alohida mavqega ega ekanini, maktab tarbiyasi bilan oila tarbiyasi uzviy birlikda olib borilishi kerakligini ta’kidlaydi.
Munavvar qori bolalar tarbiyasida faqat ota-onalar emas, balki muallim va keng jamoa javobgar ekanligini aytib, ulardan bolalarni axloqli qilib tarbiyalashni talab etadi. U yoshlarni bilimlarni puxta egallashga, mehnat qilishga, umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli bo’lishga chorlaydi, ota-onalarni farzandlarida ma’naviyat, nafosat, go’zallik tug’yularini rivojlantirishga da’vat qiladi.
Abdulla Avloniyning fikricha, axloq bu xulqlar majmuyidir. Xulq esa, kishida o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Ularning shakllanishi uchun ma’lum bir sharoit, tarbiya kerak.
Asqar Zununovning flkricha, tarbiyada bilim va tajribaga ega bo’lgan, milliy qadriyatlardan xabardor o’qituvchi bolalarni bilimli, go’zal xulqli qilib yetishtirishi shubhasizdir. Ammo ular­ning bolalarga beradigan tarbiyasi tarbiyaning asosiy zamini bo’lgan oila, tarbiya ilmidan xabardor ota-ona. Ayniqsa, iffat, sharm-hayo, or-nomus, sabr durdonalaridan ziynatlangan, baxt-saodati mujassam bo’lgan ona tarbiyasi darajasida bo’lmaydi.



Yüklə 41,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin