Mintaqalar tabiiy-resurs salohiyati va ularning hududiy taraqqiyotda tutgan o‘rni
Du’ysenabev Aydos
Tabiiy resurslar va ularning klassifikatsiyasi
Resurs fransuzcha so‘z bo‘lib, «ressources» – vosita, zahira degan tarjimani byeradi. Tabiiy resurslar – bu inson o‘zining hayot faoliyati uchun tabiatdan oladigan yoki kelajakda olishi mumkin bo‘lgan barcha vositalardir. Tabiat inson uchun yashash muhiti va resurslar manbai bo‘lib hisoblanadi. Atmosfyera havosi, yer, suv, quyosh nuri, iqlim, yer osti boyliklari, o‘simliklar va hayvonot dunyosi – bularning barchasi tabiiy resurslardir.
Tabiiy resurslarning klassifikatsiyasi.
Tabiiy resurslarning klassifikatsiyasi.
Tabiiy resurslar ulardan foydalanish vaqtiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: real va potensial resurslar.
Real resurslarga inson hozirgi vaqtda foydalanayotgan vositalar kiradi.
Potensial resurslar esa inson ayrim sabablarga ko‘ra hozircha foydalanmayotgan, ammo kelajakda foydalanishi mumkin bo‘lgan resurslardir. Tabiiy resurslar o‘zlarining tarkibiy tuzilishiga ko‘ra ham ikkiga bo‘linadi: elementar (sodda) va kompleks (murakkab) resurslar.
Elementar resurslarga Mendeleevning davriy sistemasidagi barcha kimyoviy elementlarni, shuningdek shamol enyergiyasi va fazoviy nurlarni kiritish mumkin.
Kompleks resurslarga kimyoviy elementlarning birikmalarini (mas., toshko‘mir, suv, havo, turli xildagi rudalar va h.k.) kiritish mumkin. Demak, kompleks resurslar elementar resurslardan tashkil topadi.
Umumiy suv resurslari garchi tugamaydigan resurs hisoblansada, lekin daryo suvlari tugaydigan resurslarga kiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra hozir har yili daryolar suvining 13 % maishiy-xo‘jalik maqsadlarida foydalaniladi va bu suvlarning 5,6% kuchli ifloslanishidan tiklanmaydigan holatga o‘tadi. Xalq xo‘jaligining rivojlanishi, sanoat va dehqonchilikning yuksalishi hamda aholi sonining o‘saborishi bundan keyin ham suv resurslaridan tobora ko‘proq foydalanishni taqozo qiladi. SHuning uchun ham ulardan foydalanishda tejamkorlikka amal qilish, dehqonchilikda yerni namlatib, yomg‘irlatib va tomchilab sug‘orish, sanoatda suvdan foydalanishning yopiq tizimiga o‘tishni kuchaytirish zarur.