Yurak tomir kasalligi; koronar qon aylanishining buzilishi (arteriyalar aterosklerozi, trombozi, spazmi) natijasida yurak muskulida infarkt hosil boʻladi.
Miokard infarktining rivojlanishiga gipertoniya kasalligi, qandli diabet, semirib ketish, kashandalik, kam harakat qilish, jismoniy va ruhiy zoʻriqish sabab boʻladi.
Asosiy qoida
Bemorni iloji boricha tezroq kasalxonaga yotqizish, dastlabki kunlari tibbiyot xodimlari uni uzluksiz nazorat qilib turishlari lozim. Kasallik juda ogʻir, hayot uchun xavfli hisoblansa ham, oʻz vaqtida toʻgʻri davo qilinsa, bemor butunlay sogʻayib ketishi mumkin.
INFARKTNING XAVF OMILLARI
Ateroskleroz. Yo’g almashinuvining buzilishi natijasida qon tomir devorlarida aterosklerotik pilakchalarning paydo bo’lishi miokard infarktining rivojlanishida asosiy xavf omilidir.
Yosh. 45-50 yoshdan keyin kasallikni rivojlanish xavfi ortadi.
Jins. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, ayollarda ushbu keskin vaziyat erkaklarnikiga qaraganda 1,5-2 marta ko’proq uchraydi, ayniqsa klimaks davrida ayollarda miokard infarkti rivojlanish xavfi yuqori bo’ladi.
Arteriyel gipertoniya. Gipertoniya (yuqori qon bosimi) bilan og’rigan insonlarda yurak-qon tomir kasalligi rivojlanish xavfi yuqori bo’ladi, chunki arterial bosim ortishi bilan miokardda kislorodga talab oshadi.
Avval boshdan kechirilgan miokard infarkti, hatto kichik ko’lamli bo’lsada.
Chekish. Ushbu zararli odat tanamizning ko’plab organlari va tizimlarining ishdan chiqishiga olib keladi. Surunkali nikotin bilan zaharlanish natijasida toj arteriyalar torayib ketadi, bu esa miokardda kislorod yetishmasligiga olib keladi. Va gap nafaqat faol chekish haqida, balki passiv chekish haqida ham bormoqda.
Semizlik va gipodinamiya. Yog’ almashinuvi buzilganda aterosklerozning rivojlanishi tezlashadi, qandli diabet kasalligi xavfi ortadi. Jismoniy yetishmovchilik va kamharakatlik organizmdagi modda almashinuviga salbiy ta’sir qiladi, bu esa ortiqcha vaznning to’planishiga sabab bo’ladi.
Qandli diabet. Qandli diabet bilan og’rigan bemorlarda miokard infarkti rivojlanish xavfi yuqori, chunki qondagi yuqori qand miqdori tomir devorlari va gemoglobinga salbiy ta’sir ko’rsatadi, buning natijasida uning transport (kislorodni tashish) qobiliyati yomonlashadi.
MIOKARD INFARKTINI DAVOLASH Bemorda miokard infarkti shubha qilinishi mumkin, agarda:
Ko’krak orqasida kuchli yonish hissi bilan kechadigan og’riq sezilsa, 5-10 daqiqadan ko’proq davom etadi;
Og’riq vaqt o’tishi bilan, tinch holatga o’tgandan yoki nitroglitserin qabul qilgandan so’ng tinchimaydi;
Og’riq kuchli holsizlik, ko’ngil aynishi, qusish, bosh og’rig’i va bosh aylanishi bilan birga keladi.
Agar miokard infarktidan shubha qiladigan bo’lsangiz, darhol tez yordamga qo’ng’iroq qiling va bemorga yordam berishni boshlang. Bemorga dastlabki yordam qancha barvaqt berilsa, yakun shuncha ijobiy bo’ladi.