Misrdayoq savdogarlar tomonidan qo‘llanilgan. Ba'zi mutaxassislar ta'kidlashicha, savdo-sotiqda marketing strategiyalaridan foydalanish holatlaridan biri Yaponiyada qo‘llanilgan ekan



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə1/3
tarix10.04.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#95749
  1   2   3
1-labaratoriya Quyliyev Sardor (1)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

"Kompyuterinjiniring" fakulteti


"Kompyuter injiniringi AT-Servis" kafedrasi
"Internet Marketing” fanidan






Mavzu:Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari.
Bajardi:Quyliyev Sardor.
Qabul qildi:Normatova Y.


SAMARQAND – 2022

1 Labaratoriya.




Mavzu: Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari.

Reja:

  1. Marketing vujudga kelishining qisqacha tarixi, mohiyati va vazifalari.

  2. Internet marketingni asosiy tushunchalari.

  3. Internet marketing saytni targ’ib qilish uchun saytlar.

  4. Xulosa.


Marketing vujudga kelishining qisqacha tarixi.
Marketingning vujudga kelishi bozor va bozor munosabatlari shakllanishi bilan birga sodir bo‘ldi. Marketing faoliyatining eng taniqli shakllari – reklama va narx belgilanishi – Qadimgi Misrdayoq savdogarlar tomonidan qo‘llanilgan. Ba'zi mutaxassislar ta'kidlashicha, savdo-sotiqda marketing strategiyalaridan foydalanish holatlaridan biri Yaponiyada qo‘llanilgan ekan. 1690- yilda Tokio shahrida Misui familiyali savdogar bir magazin ochib, u yerda xaridorlar buyurtmalari asosida sifat kafolati va assortimentning doimiy kengayishi bilan tovarlar sotardi. O‘zining hozirgi ko‘rinishiga marketing XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida ega bo‘la boshladi. Ko‘plab mutaxassislar – iqtisodchi va marketologlar fikriga muvofiq, marketing vatani deb Amerika Qo‘shma Shtatlari hisoblanib, u yerga ba'zi marketing tushunchalari Buyuk Britaniyadan keltirilgan. Marketingning fan va biznes amaliyoti sifatidagi rivojlanishi XX asrda boshlanadi. 1901 yilda AQSh da Sanoat Komissiyasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish bo‘yicha hisoboti o‘qilib, unda birinchi bor marketing yondashuviga ega bozorning tahlili taqdim etildi. Shu yillardayoq marketing fan sifatida shakllana boshlaydi. Illinoys, Michigan va Kaliforniya universitetlarida marketing bo‘yicha kurslar o‘qitila boshlanadi. 1926 yilda AQSh da Marketing va reklama milliy assotsiasiyasi tashkil etilib, uning asosida keyinchalik Amerika marketing jamiyati tuziladi. XX asrning 30-yillari o‘rtasida marketing bo‘yicha dastlabki jurnallar - «American Marketing Journal» va «National Marketing Review» nashr etila boshlaydi. 1940-yillarda G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada marketing assotsiasiyalari va tashkilotlari paydo bo‘la boshlaydi “Marketing va jamoat fikrini o‘rganish Yevropa jamiyati”, Yevropa marketing akademiyasi, Xalqaro marketing federatsiyasi (IMF) kabi xalqaro tashkilotlar ham tashkil etildi. Keyingi yillarda fan va amaliyot sifatidagi marketingning rivojlanishi doimo takomillashdi – bozorni segmentlashtirish marketing strategiyasi, “unikal tovar taklifi”, 4R konsepsiyasi, marketing majmuining tizimliligi (marketing-mix), pozisionlashtirish konsepsiyasi va boshqalar kabi marketing tushunchalari paydo bo‘ldi.



Internet-marketing tushunchasini ko‘rib chiqishdan avval an'anaviy marketingning asosiy tushunchalari va mohiyatini esga keltirish to‘g‘ri bo‘lardi. Hozirgi vaqtda an'anaviy marketing ta'riflari va mohiyati keltirilgan ko‘p sonli manbalar mavjud. Nufuzli manbalarda keltirilgan bir nechta marketing ta'riflarini ko‘rib chiqamiz: “Marketing – bu inson faoliyati turi bo‘lib, ayirboshlash orqali zarurat va ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan” . “Marketing – bu alohida shaxslar va tashkilotlar maqsadlarini qoniqtiradigan ayirboshlash orqali fikrni rejalashtirish va amalga oshirish, narx belgilash, g‘oya, tovar va xizmatlarni targ‘ib etish va realizasiyasi jarayonidir” “Marketing – bu ijtimoiy jarayon bo‘lib, xaridor uchun qiymatli bo‘lgan tovar va xizmatlarni erkin raqobatli ayirboshlashni ta'minlash orqali insonlar va tashkilotlar ehtiyojini va istaklarini qondirishga yo‘naltirilgan” [da marketingning umumlashtirilgan ko‘rinishdagi ta'rifi keltirilgan: “Marketing (ingl. marketing – “bozor faoliyati”) – tashkiliy funksiya va xaridorlarga mahsulot yoki xizmatlarni yaratish, targ‘ib qilish va taqdim etish jarayonlari majmui va ular bilan o‘zaro munosabatlarni tashkilot uchun foyda bilan boshqarishdir. Qisqaroq aytganda, marketing – bu foyda olish maqsadida bozor ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Keng ma'noda marketing vazifasi “inson va jamiyat ehtiyojlarini belgilash va qondirish” dan iborat”. Marketingning yuqorida keltirilgan ta'riflarini diqqat bilan o‘qiganda, barcha ushbu ta'riflarda bevosita va bilvosita mavjud bo‘lgan kalit so‘zlarni ko‘rish mumkin: zarurat, ehtiyoj, ayirboshlash. Shuning uchun marketing mohiyati – bu inson faoliyati turi bo‘lib, vujudga kelgan zarurat va ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida qondirish, deb hisoblanadi.da marketingda zarurat, ehtiyoj va ayirboshlash tushunchalarining shunday ta'riflari berilgan: “Zarurat” – insonning biror nima yetishmasligi hissi. “Ehtiyoj” – individning madaniy darajasi va shaxsiyatiga muvofiq o‘ziga xos shaklga kirgan zaruratdir”. “Ayirboshlash”. Uning amalga oshirilishi uchun beshta shartni bajarish lozim: 1. Ayirboshlashni amalga oshirish uchun kamida ikki tomon bo‘lishi lozim. 2. Tomonlardan biri boshqa tomonga qiziq bo‘lgan mahsulot yoki xizmatga ega bo‘lishi lozim. 3. Har bir tomon o‘z tovarining kommunikasiyasi va yetkazib berishni amalga oshirishga qodir bo‘lishi lozim. 4. Har bir tomon boshqa tomon taklifini qabul yoki rad etishda mutlaqo erkin bo‘lishi lozim Har bir tomon boshqa tomon bilan ishlashning maqsadga muvofiqligi va maqbulligida amin bo‘lishi lozim. [61] da muallif ta'kidlaydiki, marketing mohiyati – bu mahsulotni qanday sotish emas, balki ushbu mahsulotga muhtoj bo‘lgan iste'molchini qanday topishdir. Filipp Kotler shunday yozgan: “Siz sota oladigan mahsulotni ishlab chiqaring, ishlab chiqara oladigan mahsulotni sotishga harakat qilish o‘rniga” [45, 50]. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, marketingning asosiy maqsadi – iste'molchiga zarur bo‘lgan tovarni ishlab chiqarishdir. [63, 100] da an'anaviy marketingning asosiy vazifalari keltirilgan. Ulardan ba'zilarini keltiramiz: Bozor, iste'molchilar va tovarlarni o‘rganish; Aniq ishlab chiqaruvchi mahsulotining real va potensial iste'molchilari ehtiyojlarini o‘rganish, tahlil etish va baholash; Yangi tovar va xizmatlar ishlanmasining marketing ta'minlanishi; Mahsulotning qabul qilingan qiymatining ortishi; Bozorlar holati va rivojlanishini tahlil etish, baholash va bashoratlash; Sotishlar o‘sishi va mahsulotning raqobatbardoshligini oshirishga olib keladigan raqobat kurashining optimal strategiyasi va tamoyillarini ishlab chiqish; Mahsulot ishlab chiqaruvchisining bozorda o‘zini tutishi strategiyasi va taktikasini shakllantirish; Assortimentni boshqarish
An'anaviy marketing konsepsiyalari An'anaviy marketing konsepsiyasi korxonaning o‘z foydasini olishga, hamda iste'molchilar talablarini qondirishga qaratilgan, korxonaning ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish tizimini ta'riflaydi. Vujudga kelgan vaqtdan to hozirgacha marketing o‘z davrining jamiyati va bozor qonunlariga mos ravishda rivojlandi, o‘zgardi va
takomillashib bordi. Shunga muvofiq marketing konsepsiyasi ham o‘zgarar edi. Filipp Kotler o‘zining “Marketing asoslari” kitobida an'anaviy marketingning 5 konsepsiyasini va ularning shakllanish davrlarini ajratib ko‘rsatib berdi [45, 50]:


Ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi Ushbu konsepsiyaga asosan, isteʼmolchi koʼproq keng tarqalgan va arzon narxdagi tovarlarni sotib oladi, shu sababli ishlab chiqaruvchilar asosiy eʼtiborni tovarning sifati va assortimentini oshirishga emas, balki tovarlar ishlab chiqarishning takomillashtirilishiga va ularni sotishga qaratishlari lozim.




Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin