Muhofaza qilinadigan hududlar



Yüklə 428,07 Kb.
tarix15.04.2023
ölçüsü428,07 Kb.
#98328
BO\'M MI 18-mavzu


18-Mavzu: Tabiatni muhofaza qilish
Muhofaza qilinadigan hududlar. Mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridam oqilona foydalanish O’zbekiston Respublikasining Konstiyutsiyasi va “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonunga asosan amalga oshiriladi.Muhofaza qilinadigan hududlarga qo’riqxona, buyurtmaxona,milliy bog’ va tabiat yodgorliklari kiradi. Qo’riqxonalar.Odamning xo’jalik faoliyati cheklangan hudud.Bu yerdagi tabiiy muhit qanday bo’lsa, shundayligicha saqlanadi.Bu hududda mol boqish, mevalarni terish, hayvonlarni ovlash qat’iyan man etiladi.O’zbekistonda qo’riqxonalar juda ko’p. Ulardan asosiylari quyidagilar:



“Qizil kitob”ga kiritilgan o’simlik va hayvonlar.O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”i 1979-yilda ta’sis etilgan.Dastlabki O’zvekiston Respublikasi” Qizil kitob”i 1983-yilda nashrdan chiqdi. Kitobning birinchi jildi “Umurtqali hayvonlar”haqida bo’lib, unga 63 turdagi umurtqali hayvonlar kiritilgan.1984-yilda “Qizil kitob”ning “O’simliklar”ga bag’ishlangan 2-jildi chop etilgan.Unga 163 tur o’simlik kiritilgan. “Qizil kitob” odamlarni o’simlik va hayvonot dunyosining ayrim turlari yo’qolib ketayotganligi, ularni saqlash va ko’paytirish kerakligi haqida ogohlantiradi. “Qizil kitob”da o’simlik va hayvonlarning tuzilishi, tarqalgan hududi, yashash tarzi, qirilib ketish sabablari kabi ma’lumotlar beriladi. Quyida “Qizil kitob”ga kiritilgan ayrim o’simlik va hayvonlar bilan tanishamiz:



O’simlik nomi (tur)/ta’rif

Yovvoyi tok

Xolmon isirg’aguli

Safsan xurmosi

1

Oila

Uzumdoshlar

Loladoshlar

Xurmodoshlar

2

Bo’yi

30 metrgacha

150 sm

15-20 metr

3

Barglari

Oddiy panjasimon

Cho’ziq poyada halqa hosil qilib joylashgan

Cho’ziq qalin, uzunligi 15 sm

4

Gullari

Ro’vak to’pgul

Qo’ng’iroqsimon, soyabon to’pgul

Sarg’ish gulli

5

Mevasi

Rezavor,turli rang va shaklda

May oyida urug’ hosil qiladi

Etli, qo’ng’ir qizil rangda

6

Ko’payishi

Urug’i va vegetativ yo’llar bilan ko’payadi

Urug’i va vegetativ yo’llar bilan ko’payadi

Urug’i va vegetativ yo’llar bilan ko’payadi



--rasm._Yovvoyi_tokning_guli._--rasm._Xolmon_isirg’aguli._--rasm._Safsan_xurmosi__Turkum'>--rasm. Yovvoyi tokning guli. --rasm. Xolmon isirg’aguli. --rasm. Safsan xurmosi

Turkum:Juft tuyoqlilar Oila: Bug’ular Tur : Xongul. To’qayzor va qumli cho’llarda 3-20 tagacha to’da bo’lib yashaydi.May-iyun oyida bolalaydi.Bolalari bir yilcha onasidan ajramaydi.2-3 yoshida voyaga yetadi. Daraxt buta va o’tsimon o’simliklar bilan oziqlanadi.Urg’ochi bug’ularning shoxlari bo’lmaydi. Erkak bug’ularning shoxlari esa o’rtacha 110 sm, og’irligi 200 kg keldi. To’qaylarning qisqarishi va brakonyerlik tufayli kamayib ketgan.
Turkum: Turnasimonlar Oila:Tuvaloqlar Tur: Yo’rg’a tuvaloq. Cho’l sharoitida yashashga moslashgan. Suvsizlikka chiday oladi. Yaxshi uchadi.Tog’ etaklaridagi maysazorlarda, yarim cho’llarda yashaydi. Aprel-may oylarida 2-3 ta tuxum qo’yadi. Polaponlari iyun-iyul oylarida ucha boshlaydi, Ovlash taqiqlangan.

--rasm.Xongul-buxoro bug’usi. –rasm.Yo’rg’a tuvaloq.
Mavzu yuzasidan topshiriqlar.
1-topshiriq. “Nima uchun?” Berilgan ta’rif asosida “ nima uchun?” savoliga javob berib, topshiriqni davom ettiring.


2-topshiriq.Tushirib qoldirilgan so’zlarni toping.
1.-------- odamlarning madaniy hordiq chiqarishi, estetik zavq olishi uchun ajratilgan hudud. 2.Xolmon isirg’aguli, gullari qizil chiroyli bo’ganligi uchun terib olingan, --- iste’mol qilinganligi uchun soni kamayib ketgan. 3.Xongul-Buxoro bug’isining bolalari onasidan 1 yilgacha ajramaydi, ------ yoshida voyaga yetadi. 4.---- suvsizlikka chiday oladi, yaxshi uchadi. 5.Mamlakatimizda ---- dan ortiq tabiat yodgorliklari ro’yxatga olingan.
Yüklə 428,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin