I. Kirish. II. Umumiy qism: 2.1. Detalning xizmat vazifasi.
2.2. Ishlab chiqarish turini aniqlash.
III. Texnologik qism: 3.1. Zagatovka turini aniqlash va uni tayyorlash usullarini aniqlash.
3.2. Detal yuzalariga mexanik ishlov berish rejasini tuzish. Texnologik bazalar tanlash.
3.3. Zagatovkaning ikkita turli yuzalariga qo‘yim miqdorini hisoblash.
3.4. Kesish maromini hisoblash.
3.5. Sarflangan texnik vaqt meyorini aniqlash.
3.6. Texnologik xujjatlarni rasmiylashtirish.
IV. Xulosa. V. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
2. Umumiy qisim 6
2.1. Detalning xizmat vazifasi 6
2.2. Ishlab chiqarish turini aniqlash 6
3. Texnalogik qisim 8
3.1. Zagatovka turinni tanlash va uni tayyorlash usullarini aniqlash 8
3.2. Detal yuzalariga mexanik ishlov berish rejasini tuzish. Texnologik bazalar tanlash 9
3.3. Zagatovkaga ishlov berishda qo’yim hisobi 12
3.4. Kesish maromlarini hisoblash. 16
3.5 Vaqt meyorini hisoblash. 74
005 Tokarlik operatsiyasi uchun vaqt meyori 74
Kirish Mashinasozlik texnolgoiyasi asoslari fanida ishlab chiqarishning oxirgi bosqichlari hisoblangan tayyorlashning mexanik ishlov berish va mashinani yig’ish kabi texnologik bilimlar majmuaviy o’rganiladi.
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining maqsadi mashinalarni yig’ish va detallarga mexanik ishlov berish bo’yicha texnologik jarayonlarni zarur bo’lgan yuqori sifatli mashinalarni yaratish bilan aniqlanadi.
Texnologik jarayonni ishlab chiqish texnik-loyiha ishini bajarish va texnik iqtisodiy ko’rsatkichlarini asoslab texnologik jixozlarni to’g’ri va operatsiyalarni kerakli tartibda tahminlashni loyihalash, ishlab chiqish va meyorlash bo’yicha bilimlar majmuasini berishdan iborat.
Bu fanning yo’nalishi kam material sarflanadigan yuqori unumdorlikda ishlaydigan va kam tannarxda tayyorlanadigan, jamiyat uchun tanlash, ayrim hollarda zamonaviylashgan yangisini yaratish bilan bog’liq.
«Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fani kompleks fandir. Birinchidan, bunda texnologik materialli o’zini bayon etishdan tashqari, «Konstruktsion materiallar texnologiyasi», «Materialshunoslik», «Metallarni kesish nazariyasi», «Kesuvchi asboblar», «Metall kesish dastgohlari» va boshqa fanlardagi xolatlardan foydalanib tahlil qilinib ishlov berish jarayonida dastgoh, asbob va tayyorlanadigan detallni o’zaro tahsir kompleksi ham beriladi.
Masalan, mehnatni meyorlashtirish masalasi kesish tartibini ishlab chiqish bilan uzviy bog’liqdir. Kesish tartibini ishlab chiqish «Metallarni kesish nazariyasi» tadqiqotlarini natijasidir. Xuddi shuningdek kesish kuchlari to’g’risida ham, moslamalarni va mexanik ishlov berish aniqligini hisoblashda qilishimiz zarur bo’lgan kattalikni aytish mumkin. Kesish kuchlarini o’lchash va uni nazariy hisobi «Metallarni kesish nazariyasi»da keltirilgan.
Kesuvchi asboblar va dastgohlarni bilish texnolgik jarayonni to’g’ri tuzish uchun zarur bo’ladi. Materialshunoslikdan olingan bilim detal va boshqalarni materiallarni tanlash uchun o’ta zarurdir.
«Mashinasozlik texnologisi asoslari» ikki bo’limdan tashkil topgan.
Birinchisi – barcha texnologik mutaxassisliklar uchun umumiy kurs mehyorlash va texnologik jarayonlarni mukammal ishlab chiqishni loyixalash asoslarini, mexanik ishlov berishda aniqlikni hisoblash, qo’yimlarni hisoblash, detalni bazalashtirish, moslamalarni konstruktsiyalash va mashinalarni yig’ish to’g’risida asosiy mahlumotlarni o’z tarkibiga oladi.
Ikkinchisi – maxsus kurs foydalaniladigan dastgoh, moslama, maxsus asboblarni taxlil qilish va yoritish bilan talabaning yo’nalishiga mos mashina va jixozlarning detallarga ishlov berishning tipli usuli va yig’ishni o’z ichiga oladi.
“Mashinasozlik texnologiyasi asoslari” fani asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Fanning o’qitishdan maqsad - talabalarda mashinasozlik texnologiyasi asoslari to’g’risida tushuncha hosil qilishdan iboratdir. Fanning vazifasi - olingan bilimlarni amaliy jixatdan qo’llay olishi va detallarni tayyorlash texnologik jarayonlarini ishlab chiqishni o’rgatishdir.
Oliy kasb ta'limi Davlat ta'lim standartiga asosan, bakalavriyatda quyidagi bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat - talabalar mashinalarni yig’ishni, detallarni tayyorlashda uning aniqligini oshirish yo’llarini, iqtisodiy jihatdan samarali usullarda detal tayyorlash jarayonlarini bilishdir. a) bilishi kerak
talaba ishlab chiqarish jarayonlari, ishlab chiqarish turlari, mexanik ishlov berishdagi aniqlikni ta'minlash, ishlov beriladigan yuza sifatini ta'minlash tayyorlanmani olinish usulini tanlash to’g’risida bilimga ega bo’lish kerak: b) o’quviga
talaba mashinasozlikda tayyorlanadigan maxsulotlarni aniqligi va sifatini qo’yilgan talablar bo’yicha olish to’g’risida o’quvga ega bo’lish kerak: v) ko’nikmasiga
talaba mashinasozlikda tayyorlanadigan maxsulotlarni tayyorlashda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab chikarish turini tanlash, kerakli aniqlik va sifatni ta'minlash bo’yicha kerakli tadbirlarni amalga oshirish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak.
Mazkur fanni yaxshi o’rganish uchun talaba oldingi semestrlarda o’tilgan «Konstruksion materiallar texnologiyasi», “Materialshunoslik”, “Materiallar qarshiligi”,
“Mashina detallari”, “O’zaro almashuvchanlik va texnik o’lchamlar” kabi fanlarni chuqur o’zlashtirgan bo’lishi kerak hamda mazkur fan talaba tomonidan keyingi semestrlarda o’qitiladigan «Mashinasozlik texnologiyasi», “Tarmoq mashinalarini montaji ekspluatattsiyasi va ta'mirlash” fanlarini o’zlashtirish hamda bitiruv malakaviy ishlarini bajarish uchun zamin yaratadi.
Hozirgi kunda, ichlab chiqarishni ilg’or texnologiyalar asosida tashkil qilishda, zamonaviy avtomatik tizimlardan keng foydalanish, yangi konstruksiadagi mashinalarni ishlab chiqarishni talab qiladi. «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fanini o’rganmasdan turib texnologik mashinalarining sifatli ishlashini ta’minlab bolmaydi.
Texnologik fanlarning rivojlanishining zamonaviy bosqichlarida mashina ishlab chiqarish texnologiyasining barcha jarayonlaridagi hamma bilimlarni bitta mutaxassislik hajmida birlashtirish juda qiyin.
SHuning uchun ham ishlab chiqarish texnologiyasi mustaqil ahamiyatga ega bo’lgan, rudalarni boyitish texnolgiyasi, metallurgiya texnologiyasi, quymakorlik texnologiyasi, temirchilik-shtamplash texnologiyasi, termik ishlov berish texnologiyasi va x.k. soxalardan iborat.