Mustaqil ish mavzu: Neoliberalizm g`oyalarining J. M. Keyns ta`limotidan farqi, umumiylik va xususiylik topshirdi: Guruh 924-20 Samanqulov Davron qabul qildi: S. A. Saitov jizzax-2021 reja



Yüklə 77,5 Kb.
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü77,5 Kb.
#159198
  1   2
Neoliberalizm g`oyalarining J.M.Keyns ta`limotidan farqi, umumiylik va xususiylik

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS


TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


JIZZAX FILIALI

“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI


“TABIIY FANLAR VA IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI” FANIDAN


MUSTAQIL ISH
MAVZU: Neoliberalizm g`oyalarining J.M.Keyns ta`limotidan farqi, umumiylik va xususiylik

TOPSHIRDI: Guruh 924-20 Samanqulov Davron


QABUL QILDI: S.A.Saitov


JIZZAX-2021
REJA:

  1. J.M.Keynsning iqtisodiy ta'limoti

  2. Neoliberalizmning paydo bo’lishi va uning o’ziga xos xususiyati

XULOSA
ADABIYOTLAR.
1.J.M.Keynsning iqtisodiy ta'limoti
XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning dam-badam takrorlanishi tufayli ko`pgina "kapitalizmni tartibga solishga" oid iqtisodiy g`oyalar soni ko`paydi. Ana shunday yo`nalishning yorqin tarafdori bo`lib ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1884-1946) shuhrat qozondi. Iqtisodchi, davlat arbobi bo`lgan Keyns Iton va Kembridj universitetlarida iqtisodiyot va matematikadan ta'lim oldi, A.Marshall qo`lida o`qidi (1902- 1906, 1909-1915 yillarda o`qituvchilik qildi, 1920 yildan Kembridj universitetida professor, 1913-46 yillarda iqtisodiy jurnal muharriri bo`lib ishladi. 1909 yil "Indeks uslubi" iqtisodiy maqolasi, 1913 yilda uning birinchi asari - "Pul muomalasi va Hindiston moliyasi" kitobi chop etildi. 1919 yilda "Versal tinchlik shartnomasining iqtisodiy oqibatlari" nashr etilishi bilan u iqtisodchi sifatida ko`pchilikka tanildi. Bu asarida u shartnomaga nisbatan bir qancha tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Keyns 20- 30 yillarda iqtisodiyotga oid bir nechta kitoblar yozdi ("Ehtimollik to`g`risidagi risola" (1921), "Pul islohoti to`g`risida risola" (1923), "Mister Cherchelning iqtisodiy oqibatlari" (1925), "Erkin tadbirkorlikning intihosi" (1926), "Pul to`g`risidagi risola" (1930) va boshqalar), ammo unga mashhurlik keltirgan bosh asari - "Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936) kitobidir. 1940 yilda "Urush xarajatlarini qanday qoplash mumkin" degan kitobi ham nashr etildi. Bu asarlardagi bosh masala kapitalizmni oqlash, uning inqirozlarsiz rivojini ta'minlashning abadiyligini isbotlashga urinishdir. Uning yaratgan nazariyasi iqtisodiyot ta'limotlari tarixida alohida o`rin egallaydi va bu o`ziga xos inqilob bo`lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy asarining boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi. Keyns ta'limotining asosiy va yangi g`oya shuki, bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi mukammal va o`z-o`zini avtomatik ravishda tartibga sola olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o`sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta'minlay oladi. Bu ish davridagi amaliy iqtisodiyotdagi konkret ahvol bilan chambarchas bog`liq edi. Yetakchi olimlarning ta'kidlashicha (J.K. Gelbreyt, M.Blaug), firmalar, monopoliya va oligopoliyalar faoliyatidagi tengsizlik nisbatan kichik doiradagi odamlarning faoliyati bilan bog`liq, bu tengsizlik prinsipida davlatning aralashuvi bilan tuzatilishi mumkin edi. Aslida u iqtisodchi Alfred Marshallning - Kembridj maktabining davomchisidir, ammo yondoshuv boshqacha. Asosiy nazariy muammolar qiymat, kapital, ish haqi va boshqalar bo`yicha asoslanadi. Psixologik PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 329 omillarning ustunligiga ishonadi va qiymatning mehnat nazariyasini, qo`shimcha qiymatni inkor etadi, uni ishlab chiqarish omillari konsepsiyasi bilan almashtiradi. Keyns kapitalizm bozor iqtisodi illatlarini to`g`rilash uchun davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdori bo`lib chiqdi. Vaholanki, avvalgi olimlar (klassik maktab) buni inkor etganlar va inqirozni tasodifiy voqea deb hisoblaganlar. Avvalgi tadqiqotchilardan farqli ravishda "samarali talab"ni, ya'ni iste'mol va jamg`arishni birinchi o`ringa qo`yadi. Yuqorida qarab chiqilgan iqtisodiy ta'limotlardan biri - merkantilizimda davlatning iqtisodiyot (siyosat)ga aralashuvi talab etiladi, proteksionim iqtisodiy siyosati shuni talab etadi. J.M.Keyns u yaratgan konsepsiyaga mekantilistlarning ta'sirini imkor etmaydi. Ikkala ta'limotdagi umumiy g`oyalar quydagilardan iborat: Mamlakatda pul masalasini ko`paytirish uchun intilish (pulning qadrini biroz pasaytirish), va shunga muaofiq ssuda foizini kamaytirish va ishlab chiqarishga investitsiyalarni qo`yishni rag`batlantirish vositasi sifatida, baho (narx-navo)lar oshuvini qo`llash (savdo va ishlab chiqarishni rag`batlantirish usuli sifatida), pulning yetishmasligi ishsizlik sababi deb tan olinadi iqtisodiy siyosatning milliy (davlat) xarakteriga ega ekanligi tushuniladi. U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, ya'ni makroiqtisodiy ko`rsatkichlar bo`lgan milliy daromad va jamg`armalar o`rtasidagi bog`lanish va nisbatlarni tadqiq qilish g`oyasini ilgari surdi. Bu tadqiqot usuli o`z davrida fiziokratlar (F.Kenye, A.Turgo) K.Marks tomonidan qo`llanilgan Keynsgacha mikroiqtisodiy yondashuv, ya'ni alohida xo`jalik obyektlari bo`lgan firmalar iqtisodiyotini tahlil etish rasm bo`lgan edi. Firmaning rivoji millat mamlakat ravnaqi bilan bir deb qaralar edi. Asosiy e'tibor umumiy iqtisodiyotga emas, balki firmaga qaratilgan edi. Keyns ta'limoti iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog`liqdir. Agar Marks kapitalistik tizimning yemirilishini ba1shorat qilgan bo`lsa, Keyns kapitalizm muhandisi sifatida uni ta'mirlash yo`lini aniqlab berdi. Davlat tomonidan rag`batlantiraladigan talab "samarali talab" konsepsiyasi ilgari suriladi. Kapitalizmning bosh illatlari bu ishsizlik va inqirozlardir, Keyns bularning sabablarini sohibkorlar psixologiyasidan topishga intiladi. Inqirozlar kapitalistning qayfiyatiga qarab ro`y beradi, ya'ni optimizmdan pessimizmga o`tganda bo`ladi. Asosiy e'tibor "iste'molga moyillik" va J "jamg`arishga moyillik"ka qaratiladi. .M.Keyns PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 330 Keynsning umumiy bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: Ish bilan bandlik ortishi tufayli milliy daromad va, demak, iste'mol ortadi, ammo iste'mol daromadga nisbatan sekinroq ortadi, chunki daromad ortishi bilan "jamg`arishga intilish" kuchayadi. Uningcha, asosiy psixologik qonun shundan iboratki, odamlar odatda daromadlar ortishi bilan iste'molni ham o`stiradi, ammo bu o`sish daromadlar darajasida bo`lmaydi. Oqibatda daromadlar o`sishi bilan jamg`arish ortadi va iste'mol nisbati kamayib boradi. Oxirida esa "samarali talab" kamayadi, talab shunday yo`l bilan ishlab chiqarish hajmlariga va bandlik darajasiga ta'sir etadi. Iste'mol talabining yetarlicha o`smasligi yangi investitsiyalarga harajatlarning oshuvi yo`li bilan qoplanishi, ya'ni ishlab chiqarish iste'molining ishlab chiqarish vositalariga qarab oshuvi yo`li bilan qoplanishi mumkin. Shu sababli investitsiyalarning umumiy hajmi bandlik hajmini belgilashda hal qiluvchi rolni o`ynaydi. Keynsning fikri bo`yicha investitsiyalar hajmi investitsiyalarga bo`lgan intilishga bog`liq. Sohibkor investitsiyalarni kapitalning "eng yuqori samaradorligi" foiz darajasigacha pasaygan paytgacha kengaytiradi (foyda normasi o`lchanadigan rentabellik). Qiyinchilik shundaki, kapitalning rentabelligi pasayadi, foiz darajasi esa mo'tadil bo`ladi. Bu holat yangi investitsiyalar uchun imkoniyatni pasaytiradi, demak, bandlik o`sishi ham kamayadi. Kapital "eng yuqori samaradorligi"ning pasayishi kapital massasining o`sishi, shuningdek, kapitalist-tadbirkorlarning bo`lajak daromadlariga ishonchsizlikka "moyilligi" bilan tushuntiriladi. Keyns ta'limoti bo`yicha bandlikning umumiy hajmi uch omilga - "iste'molga moyillik", "eng yuqori samaradorlik" va foiz normasiga bog`liq. Keyns ochgan "asosiy psixologik qonun" uningcha istalgan jamiyat uchun qo`llanilishi mumkin va iste'mol talabining kamomadi asriy tendensiyaga ega hamda barcha uchun yagona iste'mol qonuni mavjuddir. "Kapitalning eng yuqori samaradorligi", qo`shimcha kapital birligi tomonidan vujudga keltiriladigan bo`lajak foydaning shu birlikka ketgan ishlab chiqarish chiqimlariga nisbatidir. Keynsning fikricha daromad, foyda keltiradigan narsalar kapital hisoblanadi (boshqa omillarda ham shunday). Uningcha, kapital noyobligi, ya'ni cheklanganligi tufayli foyda keltiradi. Kapitalning ko`payishi borasida uning samaradorligi yoki foydaliligi kamayib boradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida va kapitalning tez jamlanishi tufayli bir avlod umri davomida "kapitalning eng yuqori samaradorligi" nolga tenglashishi mumkin, deydi u. Kapitalning samaradorligi psixologik omillarga bog`liq ekan, endi kapitalistning o`z PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 331 korxonasining kelajagiga beradigan bahosi uning qayfiyatiga qarab o`zgaradi. Keyns foizga alohida e'tibor beradi, uni pul qarzi uchun berilgan haq deb hisoblaydi. Foiz uningcha muomaladagi pul miqdoriga va "likvidlilik afzalligi"ga bog`liq (likvidlilik - pulga tez aylana olish, qadrlilik demakdir). Uning miqdori "likvidlilik afzalligi"ga to`g`ri va muomaladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir. Keynsning fikricha, foiz normasi ma'lum davrga likvidlilikdan, ya'ni boylikning likvid, pul shaklidan voz kechish hisobiga beriladigan mukofotdir. Boylikning pul shakli eng harakatchan va qulaydir, shu sababli kapitalist doim o`z boyligini pul shaklida saqlashga va undan ajralmaslikka intiladi. Mana shu niyat, mana shu ishtiyoq Keyns tomonidan "likvidlilik afzalligi" deb ataladi. Bu kapitalist likvid shaklda saqlamoqchi bo`lgan resurslarning miqdori bilan o`lchanadi. Keynsning umumiy nazariyasida investitsiyalarning umumiy bandlik hajmini aniqlashdagi asosiy roli to`g`risidagi tezis muhimdir. Ular iste'mol talabining yetarli emasligini to`ldirishi (kompensatsiyalash) kerak. Bunda ishlab chiqarishni kengaytirish masalasi iste'mol talabi oshuvidan alohida qaraladi. Investitsiyalarning ko`payishi ishlab chiqarishga qo`shimcha ishchilarni jalb etishga olib keladi, bu esa bandlik, milliy daromad va iste'mol o`suvini ta'minlaydi. Yangi investitsiyalar tufayli bandlikning dastlabki o`suvi yana qo`shimcha bandlikni vujudga keltiradi, chunki qo`shimcha ishchilarning talabini qondirish zarurati tug`iladi. qo`shimcha bandlikning o`sish koeffitsientini Keyns multiplikator deb ataydi, u bir tomondan investitsiyalar o`sishi, ikkinchi tomondan bandlik va daromadlarning o`sishi o`rtasidagi nisbatni ko`rsatadi. Multiplikatorning formulasi K=dJw:dYw; bunda, K-multiplikator Yw-daromad o’sishi Jw-investitsiya o’sishi Multiplikator "iste'molga eng yuqori moyillik" bilan bog`liq, chunki, u iste'molga ketgan sarflar o`sishining daromadlar o`sishiga nisbatini bildiradi. "Iste'molga eng yuqori moyillik" qancha yuqori bo`lsa, multiplikator ham shunchalik katta va demakki, bandlik yaxshi bo`ladi. Keyns bir qancha hisob-kitoblarga asoslanib, AQSHning multiplikatorini aniqladi, u 2.5 ga teng ekan. Bu daromadlar o`sishi investitsiyalar ortishidan 2.5 marta ortiq, degani, ya'ni 1 dollar investitsiya 2.5 dollar PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 332 daromad keltiradi. Olim o`zining iqtisodiy dasturini ilgari suradi. Unga ko`ra Keyns kapitalistik jamiyatda ishsizlik va inqirozlarning muqarrarligini tan olmaydi. Ammo, kapitalistik tizim mexanizmi bu voqealarni avtomatik ravishda hal etish imkoniyatiga ega emas. Hozirgi davrda shaxsiy tashabbus asosida yechiladigan masalalarni markazlashgan nazorat asosida hal qilish hayotiy zaruriyatga aylanmoqda. Bunda davlat soliq tizimi, foiz normasini qisman cheklash, ba'zi boshqa yo`llar bilan iste'molga moyillikni oshirishga yordam berishi kerak, deydi u. Hozirgi davr tili bilan aytganda, Keynsning fikricha, bozor iqtisodiyotida talab va taklif avtomatik tarzda muvozanatga kelmaydi. O`z davrida J.B.Sey va biz yuqorida ko`rib chiqqan boshqa olimlar bu masalada yagona fikrda bo`lib, har qanday taklif o`z-o`zidan talabni yaratadi ("Bozor qonunlari") degan edilar. Keyns "Sey qonuni"ga qarshi chiqadi, uni to`g`ri tanqid ostiga oladi. Xususiy investitsiyalarni rag`batlantirish uchun foiz normasini tartibga solish taklif etiladi. Uningcha, davlat muomaladagi pul miqdorini oshirish yo`li bilan foiz darajasini tartibga solish imkoniyatiga ega. Muomaladagi pul miqdorini oshirish amalda inflatsiya (pulning qadrsizlanishi)ni qo`llash demakdir, ammo bunda ssuda foizi kamayadi va pul ishlab chiqarishga qo`yish uchun rag`batlantiriladi. To`la bandlikni ta'minlash uchun faqat investitsiyalarning emas, balki milliy daromadni ham tartibga solish taklif etiladi. Buni hal qilish vositasi sifatida soliqlarga murojaat qilish kerak deyiladi. Aholining "jamg`armalari"ni muomalaga kiritish maqsadida soliqlarni oshirish talab etiladi va bu omonatlar davlat investitsiyalarini oshirish uchun foydalanilishi mumkin deyiladi. Shu vaqtning o`zida boylarning solig`ini oshirishga qarshilik qilinadi. Keyns o`z taklifini quyidagicha tushuntiradi: Mehnatkashlarning soliqlarini oshirishdan maqsad - ularning "jamg`armalari"ni kamaytirish va iste'molni rag`batlantirishdir. Real ish haqini pasaytirish uchun inflatsiya asosida narx-navoni oshirish yo`li tavsiya etiladi. Real ish haqini pasaytirmasdan to`liq bandlikni ta'minlash mumkin emas, degan fikr ishchilarga uqtiriladi. Daromadlilikning pasayib borishi tufayli bandlikning birmuncha ortishi ilgari band bo`lganlarning real daromadlari qisqarishi bilan bog`liq. Keyns ishchilarga murojaat qilib, ish haqini oshirish uchun kurashish kerak emas, deydi, chunki bu jami real ish haqining ishchilarning turli guruhlari o`rtasida qayta taqsimlanishiga olib keladi, uning o`rtacha miqdori esa o`zgarmaydi. U ish haqini "o`zgartirmaslik" siyosatini o`tkazish va shu yo`l bilan narx-navo o`sishi sababli ish haqini oshirish talablarini yo`qqa chiqarishni taklif etadi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 333 Uningcha, ishchilar real ish haqining pasayishiga chidashlari kerak, chunki shu yo`l bilan ishsizlikning oldi olinadi. Kapitalistlarga esa real ish haqini pasaytirishning ahamiyati tushuntiriladi. Keyns bundan tashqari nominal ish haqini pasaytirishga ham qarshi emas edi. Ishsizlik va inqirozlarga qarshi kurash bahonasida unumsiz iste'molning barcha ko`rinishlari turli yo`llar bilan reklama qilinadi. Iqtisodiyotni harbiylashtirish bilan birga hukmron sinflarning parazitik iste'molini oshirish ana shunday yo`llar guruhiga kiritiladi. Keynsni hozirgi davrda hammaga yaxshi tanish ibora bo`lgan "aralash iqtisodiyot"ning otasi deyish mumkin, bu iqtisodiyotda hukumat hal qiluvchi o`rinni egallaydi. Sof iqtisodiyot deyarli hech qaysi davlatda yo`q. Keynsning iqtisodiy g`oyalari birinchi navbatda "buyuk inqiroz" ta'siri ostida paydo bo`ldi. 1929-1933 yillardagi bu buyuk inqiroz Amerikani larzaga keltirdi, ishlab chiqarish yarmiga (50%)ga qisqardi. 17 mln odam ishsiz edi (25%), 9 mln omonatchi kuyib qoldi. Ana shunday sharoitda iqtisodiyotni qutqarishning muhim yo`li - hukumat harajatlari ekanligi ko`rsatib berildi. Keyns o`zining asosiy asarining birinchi satrlaridan boshlaboq "klassik iqtisodiy maktabga qarshi" ekanligini yozadi (ayniqsa davlatning iqtisodiyotga aralashuvi masalasida turli fikrlar mavjud). Keyns yaratgan sifat jihatidan yangi ta'limotda o`sha davrda aosan shaxsiy xususiy tashabbusga berilgan masalalarni nazorat qilish uchun markazlashgan nazoratni yaratishni hayotiy zarurat ekanligi ko`rsatiladi Davlat iste'molga moyillikni oshirish uchun , qisman , mazkur soliqlar tizimi orqali, qisman foiz normasini belgilash va boshqa mumkin bo`lgan usullar yordamida o`z rahbarlik ta'sirini o`tkazishi kerak bo`ladi. Chunki mavjud sistema (tizim) eng muhimi hozirda ishlayotganlar mehnatini taqsimlashda emas, balki bandlik hajmini aniqlashda yaroqsiz bo`lib qoldi, deb yozadi Keyns. Albatta, to`la bandlikni ta'minlashga zarur bo`lgan markazlashgan nazorat muassasalari tufayli davlatning an'naviy funksiyalarini ancha kengaytirishni talab etadi. Ammo shu bilan birga, shaxsiy tashabbus va ma'suliyatni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar ham doim mavjud bo`ladi, deb o`qtiradi u davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi davlat investitsiyalari uchun mablag`lar topish, aholini ish bilan to`la band qilish va foiz normasini qat'iy belgilashga bog`liq bo`ladi.Foiz stavkalari qanchalik past bo`lsa, bu investitsiyalarga rag`batni shunchalik oshiradi, investitsion talab oshadi, bandlik o`sadi, ishsizlik yo`qolib boradi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 334 Ishlab chiqarish omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik to`la jalb etilsa,amalda o`sib boruvchi boholarga ega bo`lamiz (pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar to`liq foydalanilmagan paydo boholarning mo'tadilligi saqlanish mumkin . Keyns nazariyasi bo`yicha massasini 2 marta oshirish boholarning 2marta oshuviga olib kelmaydi. Yetakchi iqtisodchilar fikricha, "Keynscha inqilob haqiqatda ro`y bergan"

Yüklə 77,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin