Mustaqil ta‘lim mavzu: Talaba yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy pedagogik jihatlari



Yüklə 31,7 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü31,7 Kb.
#207753
talaba yoshlarni oilaviy hayotga órgatish


MUSTAQIL TA‘LIM
Mavzu: Talaba yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy pedagogik jihatlari.




Oila kodeksi (OK) – oilaviy huquqiy munosabatlarni tartibga solib, oila aʼzolari (yaʼni, er-xotinlar, ota-onalar, bolalar, shuningdek, farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinuvchilar va oilaning boshqa aʼzolari) oʻrtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi qonun hujjati. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi OK Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi qarori bilan tasdiqlanib, ushbu yilning 1-sentabrdan amalga kiritildi. Eʼtiborlisi, OK mamlakatimizda "Oila yili" deb eʼlon qilingan yilda qabul qilindi. Kodeks 8 boʻlim, 30 bob, 238 moddadan iborat. Amaldagi OK bir qator oilaviy huquqiy munosabatlarni yangicha hal etgan. Chunonchi, milliy negazlarga asoslanganligi (quda-andachilik, qarindoshurugchilik, bobo-buvilar va nabiralar oʻrtasidagi munosabatlarning yangicha talqini), umuminsoniy qadriyatlar aks etganligi (nikoh shartnomasining kiritilishi, nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi) kabi hollar.


Oila deb atalmish muqaddas makon, «oila qasri»ning mustahkamligi shu qasrning poydevori bo’lmish nikoh oldi omillari xususiyatlariga, ularning qay darajada to’g’ri va mustahkam qo’yilishiga bog’liq. Agar shu poydevor yetuk, mustahkam bo’lsa, uning ustida qurilgan imorat ham ko’rkam, yorug’, unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, xotirjamlik, tinchlik, huzur-halovat bag’ishlaydigan bo’ladi.


Hech bir devor yoki uy poydevorsiz bo’lmaganidek, Sizning qurajak oilangizning ham o’ziga xos poydevorlari bor. Ular shu oilaning yuzaga kelishiga, qurilishiga asos bo’lgan nikoh oldi omillaridir.
Agar shu nikoh oldi omillarining oilani yuzaga kelishiga ta’siri noo’rin bo’lsa, u shoshilinch, bo’sh, qiyshiq qurilsa, uning ustiga o’rnatilgan oila imoratining devori ham qiyshiq va omonat bo’lib boraveradi va u shu imoratning bir kuni kelib qulashi, buzilib ketishi xavfini tug’diradi. Bunday poydevor ustiga qurilgan imorat qulab tushmagani, buzilib ketmagani taqdirda ham, unda istiqomat qiluvchilarga xotirjamlik, tinchlik, quvonch baxsh eta olmaydi. Ular doimo qandaydir bir xavotirda, hadikda, noqulaylikda, xijolatda yashashlariga to’g’ri keladi. Xo’sh, shu poydevorlar ya’ni nikoh oldi omillari nimalardan iborat?

Gap nikoh oldi omillari haqida borar ekan, shun ta’kidlab o’tish joizki, nikoh oldi omillari u yoki bu nikohning yuzaga kelishiga asos bo’lgan ko’plab ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma’naviy, axloqiy va bugungi kunlarimiz uchun eng muhim bo’lmish psixologik omillarni o’zida mujassamlashtirgan, ko’p qirrali omillar kompleksidan iborat bo’lib, oila qurayotgan yoshlarning, shu o’zlari qurayotgan oilaviy hayotlariga qaydarajada «yetilgan»liklarini belgilab beradi. Bu yerda eng muhimi shu yoshlarning oilaviy hayotga, nikoh talablariga qaydarajada javob beraolishi nazarda tutiladi.


Nikohga yetuklik tushunchasi ham o’z navbatida o’ta murakkab va nisbiy tushunchadir. Chunki odam doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-hunar faoliyatida yoki ma’naviy va axloqiy rivojlanishida muntazam yangidan-yangi cho’qqilarga erishib boruvchi mavjudotdir. Agar odamning u yoki bu faoliyatga «to’la yetukligi» haqida gapiradigan bo’linsa, demak bu uning ma’lum bir chegaraga erishgani va undan ortiq rivojlanish mumkin emasligini bildiradi. Shuning uchun ham odamning nikohga yoki biron-bir faoliyatga yetukligi haqida gapirilganda, «yetuklik» tushunchasi tor ma’noda o’rinli bo’la olmaydi. Shuning uchun ham odamning «yetukligi», ayniqsa, nikohga, oilaviy hayotga «yetukligi» haqida gapirilganda, bu tushunchadan ma’lum bir umum qabul qilingan standart, o’rtacha me’yor, ma’lum bir shartli «o’lchov birligi», ko’rsatkichlar va shu kabilar sifatidagina foydalaniladi.
M
asalan, barcha o’quv yurtlari (maktab, lisey, kollej, institutlar) uchun bitirish imtixonlari (davlat imtixonlari tizimi, diplom ishlari himoyasi tizimlari kabilar) mavjud bo’ladi va ular yordamida bitiruvchilar tomonidan o’zlashtirilgan o’rtacha bilimlar va malaka yig’indisini aniqlash mumkin bo’ladi. Bu esa ularga keyinchalik yana o’qishni davom ettirish yoki ma’lum bir mutaxassislik bo’yicha ishlashi mumkinligi haqida ma’lum bir huquq beradi. Shu nuqtai nazardan olinganda, «yetuklik» — rivojlanishning ma’lum bir bosqichi, fazasi, chegarasiga yetilganlikning sifatiy va miqdoriy harakteristikasini ma’lum bir aniqlikda belgilab beruvchi ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Odamning nikohga, oilaviy hayotga yetukligi masalasi esa o’ta murakkab, biron-bir qat’iy me’yor bilan o’lchab bo’linmaydigan individual harakterga ega bo’lgan

Hozirgi zamon oilasining ijtimoiy psixologik muammolarini yoritishga bag’ishlangan psixologik adabiyotlarda nikoh oldi omillarining turlicha shakllari, ko’rinishlari farqlanadi. Quyida sizning e’tiboringizga ularning ayrimlari haqidagi ma’lumotlarni havola etamiz:


Nikoh oldi omillari qatoriga shu oila qurayotgan yoshlarning: oilaviy havotga yetukligi: ularning oila qurish motivlari: ularning oila qurishgunlariga qadar bir-birlarini tanish muddati (qancha vaqt bir-birini tanishi) shartlari va sharoitlari: ularning o’zlarining bo’lg’usi oilaviy hayotlari haqidagi tasavvurlari kabilarni kiritish mumkin. Albatta, bu omillarning har bir turli yoshlarda turlicha harakterda bo’lishi mumkin, shu bilan birga ularning har biri o’z navbatida yana bir necha turlarga farqlanadi.
Masalan, nikohga yetuklik deyilganda oila quruvchi yoshlarning: jismoniy (fiziologik), jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik kabi yetuklik jihatlarini farqlash mumkin. Bularning orasida huquqiy, jinsi yetuklik ko’rsatkichlari yetarlicha aniq alomatlarga, belgilarga ega bo’lgan va bular haqida tegishli huquqiy, tibbiy, psixologik adabiyotlarda ko’plab ma’lumotlar berilgan jihatlar bo’lsa, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik jihatlar biroz murakkabroq, qat’iy bir ko’rsatkich, chegaraga ega emasligi bilan harakterlanadi.
Masalan, odamning jinsiy yetukligi o’ziga xos omillarga ega. Klinik ko’zatishlar ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi zamon qizlarida jinsiy yetuklik (balog’atga yetish) 12-14 yoshgacha, o’g’il bolalarda esa 14-16 yoshga to’g’ri keladi. Albatta, bu yetuklik ba’zi bir bolalarda ertaroq, boshqa birlarida kechroq ro’y berishi mumkin.


Bu ko’rsatkichlar ± 2 yoshga farq qilishi mumkin. Ayrim tibbiyot olimlari bolalarning to’la jinsiy yetilishlari uchun yana 2-3 yil kerak bo’ladi, deb hisoblaydilar. O’zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»da erkak va ayollar uchun minimal nikoh yoshi sifatida 18 yosh ko’rsatilgan. Bu yoshni mahalliy hokimiyat qaroriga ko’ra alohida istisnoli holatlarni hisobga olib, ayollar uchun bir yoshga qisqartirish mumkin.


Turli mamlakatlarda urf-odatlar va milliy an’analarga bog’liq ravishda erkak va ayollarning turlicha minimal nikoh yoshi belgilangan. Masalan, erkaklar uchun u 14 yoshdan (Irlandiya, Ispaniya va Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlarida) - 21 yoshgacha (Polsha, Avstriya, Germaniya va ayrim Skandinaviya davlatlarida) bo’lgan davr orasiga to’g’ri keladi. Ayollar uchun minimal yosh odatda yoki erkaklar bilan teng deb, yoki ulardan bir necha yosh kichik deb belgilanadi.
Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, yoshlarning voyaga yetish masalasi, ularning nikohga yetukligi ko’rsatkichlari ayrim hollarda bir-biriga qarama-qarshi va noto‘g’rdir. Odamning axloqiy va ma’naviy qiyofasi, uning shaxsiy ta’bi, didi, odatlari hayot davomida bir necha bor o’zgarishi mumkin. Hozirgi davrda bilimlar va hayotiy tajribani yig’ish g’oyat yuqori jadallikda amalga oshib bormoqda. Shunga ko’ra, 16 yoshdan 29 yoshgacha bo’lgan davrni oila qurish uchun garmonik davr deb hisoblash qiyin. Chunki bu davrda yoshlarning o’ziga bevosita bog’liq bo’lmagan ko’plab obyektiv sharoitlarni, qarama-qarshi holatlarni ko’zatish mumkin. Masalan, yoshlarda jinsiy yetilish 14-16 yoshlarda, huquqiy yetuklik - 18 yoshda, kasb-hunarni egallash va kasbiy yetuklik ko’p hollarda 28-30 yoshlarda yuzaga kelishi mumkin. Ota-onalarga boqimanda bo’lmaslik darajasida iqtisodiy mustaqillikka erishish esa, odatda 20 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan vaqt oralig’ida amalga oshadi.



Zapepin V.I. ning ta’kidlashicha talabalar bilan bo’lgan natijalarda shu narsa ma’lum bo’ldiki, ularning tasavvurlaridagi umr yo’ldoshi real hayotdagi insonlarda katta farq qiladi va ularning talablariga umuman javob bera olmaydi.


Sisenko V.Aning oilaviy hayotga tayyorlashni asosiy yo’llanmalari.
1.Psixologik “Oilaviy hayotga kerak bo’ladigan bilimlar”
2. Pedagogik bolalarni tarbiyalashdagi qo’llanmalar.
3. Sanitar gigiyenik tarbiya “Oila hayot gigiyenasi”
4.Ekonomik va maishiy xizmat.
Ijtimoiy psixologiyada yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammosining yoritilishi.
Oila ijtimoiy jamiyatning kichik bo’g’ini sifatida muayyan xalq, millat yoki elatning milliy xususiyatlari, shuningdek, mavjud tuzum mazmunini o’zida namoyon etadi. Oilalarning mustahkaml bo’lishi, ularning totuvlik va farovonlikka erishuvi u mansub bo’lgan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy, ma’naviy rivoji jamiyatda amal qilinayotgan ma’naviy-axloqiy me’yorlar, olib borilayotgan davlat siyosat mazmuni bilan belgilanadi. O’z navbatida jamiyat ma’naviy qiyofasi oilalarda tashkil etilayotgan ijtimoiy tarbiyaning natijasi, samarasiga bog’liqdir.
Shu bois asrlar davomida har qanday geografik makon va ijtimoiy zamonda ham yangi oilalarning shakllanishi, oilaviy hayotning yo’lga qo’yilishi, farzandlar tarbiyasini tashkil etish hamda sulola an’analarini davom ettirish masalalariga alohida e’tibor berib kelingan. Oilalarning ijtimoiy jamiyatdagi muhim o’rni hamda oila tarbiyasining shaxs kamolotini ta’minlashdagi roli xususida


O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etib o’tadi: “Oila bizning xalqimiz uchun millatning ko’p asrlik an’analari va ruxiyatiga mos bo’lgan g’oyat muhim hayotiy qadriyatlardan biridir. Respublikada oilalar asosan ko’p sonli bo’lib, ularda turli avlod vakillari birga yashashadi va birga xo’jalik yuritishadi. Bu esa bolalarni tarbiyalash, ularni umuminsoniy qadriyatlardan, an’analardan bahramdan qilish, bilim darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xuddi ana shunday oilalarda odamlar bolalik chog’laridanoq mehnatsevarlikni, kattalarga hurmatni, bilim egallashga intilishni, vatanparvarlikni o’rganadilar”. Darxaqiqat, oila muhitida shaxsning har jihatdan barkamol bo’lib voyaga yetishi uchun zarur bo’lgan omillar, chunonchi, oila xo’jaligini boshqarish jarayonida oila a’zolari o’rtasida yuzaga keluvchi xuquqiy, iqtisodiy, psixologik, ekologik, estetik va xokazo mazmundagi oilaviy munosabat, muomala aloqa aralashuvi uning ijtimoiylashuvi, ya’ni, ijtimoiy munosabatlarni yuritish jarayonida erkin, mustaqil harakat qilish layoqatini, qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar mavjuddir. Shu bois O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida, ijtimoiy jamiyatda yangilanish, keskin o’zgarishlar yuz berayotgan, bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shuningdek, ijtimoiy raqobat qaror topayotgan o’tish davrida mustahkaml oilalarni shakllantirish har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda. Sharq xalqlarida qiz bolalarning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilgan, moddiy ta’minoti yuqori bo’lgan oilalar pokiza, oqila, dono, katta hayotiy tajribaga ega ayollarni o’z qizlari uchun enaga etib tayinlagan va ularga qizlarining tarbiyasini ishonib topshirganlar. Oila boshliqlari bo’lgan erkaklar oilaning moddiy ta’minotini yaratish ishi bilan band bo’lganliklari bois, ona doimo farzandlari yonida bo’lib, ularning tarbiyasi bilan shug’ullangan. Shu sababdan ona farzandlarning kamoloti uchun javobgar, mas’ul shaxs hisoblangan.




Oilada qizlar tarbiyasini tashkil etishda qizlarda ana shu mas’uliyatli vazifani bajarish, shuningdek, ro’zg’or hamda oila xo’jaligini yuritish, oilaning boshqa a’zolariga nisbatan g’amxo’rlik ko’rsatish borasidagi muayyan ko’nikma va malakalarni shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.


Xalqimiz oilada yoshlar tarbiyasini tashkil etish borasida asriy tajribaga ega.
Mazkur tajriba mazmuni sharqona odob - axloq, xayo - ibo, pokizalik xissi bilan
yo’g’rilgan pand - nasixatlar, mutafakkirlarning qarashlari, ilmiy - nazariy va
amaliy g’oyalardan tashkil topgan. Uzoq yillar davomida oilaviy munosabatlarni
yo’lga qo’yishda ana shu tajribaga tayanib ish ko’rildi. Ilm-fan, texnika va
texnologiya taraqqiyotining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi oilada qizlar
tarbiyasini tashkil etish ishi mazmuniga nisbatan yangidan-yangi talablarni
qo’ymoqda. Zero, yoshlarning ijtimoiy mavqieni oshirish, ularning ijtimoiy
faolligini ta’minlash, tafakkur doirasi va dunyoqarashini kengaytirish muammolari
ijtimoiy munosabatlarning chuqurlashuvi va murakkablashuvi sharoitida har
qachongidan ham dolzarb ahamiyatga ega. Manfaatlar to’qnashuvi, bashariyatning
ma’naviy-axloqiy me’yorlarga nisbatan ziddiyatli yondoshuvi, axborotlarning
tezkor almashuvi sharoitida oila tarbiyasini yo’lga qo’yishda samaradorlikka
erishish, yoshlarda erkin, mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, tashkilotchilik
qobiliyatlarini shakllantirish milliy o’zlikni saqlab qolish, barkamol avlod
tarbiyasini yo’lga qo’yish, oila mustahkamlligini ta’minlash, uning farovonligini
oshirish, oilada sog’lom ma’naviy muhitni qaror toptirishning eng muhim
omillaridan biridir.

Mustahkam oilalarni shakllantirishning eng muhim shartlaridan


biri bu yoshlar, xususan, qizlarni oila qurish, mustaqil oilaviy hayotni tashkil etish,
oilada sog’lom ruxiy muhitni qaror toptirish, farzandlar tarbiyasini samarali tashkil
etish jarayoniga muvaffaqiyatli tayyorlashdir. Mazkur jarayonning moxiyati
quyidagilarda namoyon bo’ladi:
birinchidan, yoshlarda nikox hamda oilaviy hayot, shuningdek, ikki jins
o’rtasidagi munosabatlar moxiyati borasida to’g’ri tushunchalar hosil bo’ladi;
ikkinchidan, ularni nikox hamda oilaviy hayotni tashkil etish jarayoniga
ruxiy jihatdan tayyorlaydi;
uchinchidan, yoshlarda nikoxga kirishish hamda oilaviy hayotni tashkil etish
(oila a’zolari o’rtasida ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish, oila a’zolari (qaynota,
qaynona, qaynsingil va qaynog’alar) bilan muloqotni yo’lga qo’yish, oila
xo’jaligini boshqarish, pazandalik hamda bichish - tikish ishlarini yuritish, biologik
qovushish, farzandlar tarbiyasini olib borish va xokazo jarayonlarni tashkil etish
borasida amaliy ko’nikma hamda malakalarni shakllantiradi. Oilada qizlarni
mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash murakkab pedagogik jarayon sanalib, mazkur
jarayonning samarali tashkil etilishi bu boradagi muayyan kamchilik va
muammolarning bartaraf etilishi bilan belgilanadi. Ayni vaqtda esa oilada qizlarni
mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash borasida bir qator muammolar mavjud bo’lib,
ular quyidagilardan iboratdir


Yüklə 31,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin