Tayyorladi: Shukurullayeva Sarvinoz 1-savol Tabiatshunoslik darslarida tabiatga muhabbat, uni asrash hamda muhofaza qilishga intilishni



Yüklə 20,52 Kb.
səhifə1/6
tarix08.06.2023
ölçüsü20,52 Kb.
#126989
  1   2   3   4   5   6
Shukurullayeva Sarvinoz


Tayyorladi: Shukurullayeva Sarvinoz
1-savol
Tabiatshunoslik darslarida tabiatga muhabbat, uni asrash hamda muhofaza qilishga intilishni
Javobi:
Tabiatga muhabbat va uni asrash hamda muhofaza qilishga intilishni tarbiyalash. Tabiatga muhabbat ulkan va murakkab hissiyotdir. U bolaning ruhiy va aqliy dunyosini o'z ichiga olib murakkab psixik kompleksni hosil qiladi. Bu hissiyotni tarbiyalashni bola esini taniy boshlaganidan boshlash kerak, chunki unda jonajon tabiatga muhabbat bilan birga jonajon o'lkaga ko'ngil qo'yish o'sib boradi. Bolalikda tug'ilgan bu hissiyot maktab yillarida shakllanib, boyiydi, bunga ma’lum darajada tabiatshunoslik yordam beradi, albatta, u tabiat go'zalligini qabul qilishgagina emas, balki uni muhofaza qilishga, shuningdek, ko'paytirishga ham o'rgatadi. Atrof-muhitga ongli munosabatni tarbiyalash uchun birinchi sinfdan boshlaboq atrof olam bilan tanishtirish bo'yicha mashg'ulotlarda (tabiiy xarakterdagi maqola o'qilgandan keyin) bolalar oldiga amaliy vazifalar qo'yish zarur. Ikkinchi sinfda shu predmet bo'yicha bilimlar doirasi kengaytirilayotganda nazariy bilimlar, amaliy mashg'ulotlar (qishlovchi qushlarga yordam, yashil ko'chatlarni himoya qilish, erta gullovchi o'simliklarni qo'riqlash) bilan bog'lanadi. Uchinchi sinfda tabiatdan foydalanish, uni muhofaza qilish borasida odamlar mehnatiga alohida e’tibor beriladi. To'rtinchi sinfda tabiat muhofazasi bo'yicha bilimlar quyidagi tartibda muntazamlashadi: jonajon o'lka — Vatanimiz tabiati, insonning tabiatni qo'riqlashi. O'quvchilar tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish katta ahamiyatga ega ekanligi haqida dastlabki tushunchalarga ega bo'ladilar. Konstitutsiyada yozilgan tabiat muhofazasi to'g'risidagi modda mamlakatimizda tabiatni qo'­ riqlash bo'yicha amalga oshirilayotgan siyosatning natijasi degan qarashlar singdirib boriladi. Bu siyosat tabiatni muhofaza etishga oid dastlabki hujjatlar bilan uzviy bog'langan. Muhimi shundaki, tabiatshunoslik darslari o'quvchilarni tabiatga doir bilimlar bilan boyitib, ularni Vatanimiz tabiati bilan faxrlanish tuyg'ularini mustahkamlaydi

Yüklə 20,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin