“NAJOT – TA’LIMDA, NAJOT – TARBIYADA, NAJOT – BILIMDA” G‘OYASINING MOHIYATI “Barcha ezgu maqsadlarga Ta’lim-tarbiya va bilim orqali erishiladi”. Ta'lim-tarbiya har bir millatning hayotida asosiy ahamiyatga ega. Ayniqsa, joriy asrimizda ta'limning ahamiyati beqiyos. Ilmiy taraqqiyot, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat aьzolarini yetishtirib berish, taьlida tashabbuskorlik ko‘rsata oladigan, taьlim tarbiya berishda eng ilg‘or vositalarni qo‘llaydigan pedagoglarni yetishtirish davlatimiz o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarlan biridir. Chunki ta’lim-tarbiya insonni inson qiladi, aqlini ravshanlashtiradi, vijdonini uyg‘otadi. Prezidentimiz o‘z Murojaatida “Ta'lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!”, deya ta'kidlab o‘tdi. Birinchi navbatda, e'tibor Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta'limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilishi ta'kidlandi.
O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etildi.
NAJOT – TA’LIMDA O‘zbekistonda ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Maktabgacha ta'lim, maktab va oliy ta'lim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat o‘zgarishlari ro‘y bermoqda. Sifatli ta'lim milliy yuksalishimizning tamal toshi. Prezidentimizning Oliy majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida ta'lim va trabiya mavzusi eng dolzarb masalalar qatorida tilga olindi. Ta'lim sifatini oshirish, ilm sohaga maqsadli sarmoyalar kiritish, ilm-fan va innovatsiya faoliyatini yanada rivojlantirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yagona yo‘li sifatida belgilandi. Shu maqsadlarga 1,8 trilion so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ta'kidlandi. Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, barcha sivilizatsiyalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishga ilm-ma'rifat mustahkam ustun bo‘lib kelganini ko‘ramiz.