Namangan davlat universiteti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə1/8
tarix03.06.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#60524
  1   2   3   4   5   6   7   8
Tojimahammadova Dildora
Task world awards, Maktabgacha yoshdagi bolalarni muhit tasirida tarbiyalash, Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” asaridagi ekstralingvistik omillarning tarjima qilish muammosi, DDDDDDDDDDDDDDDFG, Raqamli iqtisodiyot fanidan mustaqil ishi, Презентация Microsoft PowerPoint (2), Kurs ishi Global iqtisodiy muammolar, KURS ISHI (1) (1).docx original, KURS ISHI, Maqsudov Ma`ruf 1-1KIDT-21, tarbiya jarayoni

O
‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM FAKULTETI
MAKTABGACHA TA'LIM YÖNALISHI
Maktabgacha pedagogika fani
FANIDAN
KURS ISHI

Mavzu:________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________





Bajardi:______________________________ (talabaning ismi-sharifi, otasining ismi) _______________________________ (fakultet, bakalavriat yo‘nalishi, kursi, guruhi)
Ilmiy rahbar: _________________________ (ismi-sharifi, ilmiy darajasi, lavozimi)

Kirish
Asosiy qism boblari.
I. bob O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalar asosiy faoliyati ekanligi.
1.1 O’yin faoliyati nazaryasi
1.2 Bolaning psixik o’sishida o’yinning ahamiyati.
1.3 Maktabgacha yosh davrida o’yining takomillashuvi.
II. bob Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida o‘yinning ahamiyati.
2. 1 O‘yin turlari va ularni psixologik xususiyatlari.
2. 2 “Sehrli mamlakatga sayohat” o`yini va uning tashkil etilishi.
2.3 ”Narsalarni taqqoslash” o`yini.
2.4 “Qiyalikdagi sharcha” o`yini.
III. Xulosa va tavsiyalar
IV. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish Mavzuning dolzarbligi: Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta’lim - tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog’liqdir. SHu boisdan ham ta’limdagi yangilanishni, respublikamizda amalga oshirilayotgan bosqichma - boskich ta’lim tizimini pedagogik talqin qilish, bu jarayonni samaradorli kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keladi. Haqiqatdan ham o‘yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi hayotni va kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni har tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning o‘yin faoliyati mazmun jihatdan har kungi vaziyatga qarab o‘zgarib turadi. O‘yin doimo o‘zgarib turganligi tufayli bola o‘ynab charchamaydi, zerikmaydi. Bolaning atrof muhitga kishilarga, narsalarga va o‘ziga bo‘lgan turli munosabatlari mazmun hamda shakl jihatdan har doim o‘zgarib turadigan o‘yin jarayonida namoyon bo‘ladi. Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o‘yin jarayonida bevosita rivojlanadi. O‘yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, bolalarning turli sifat va fazilatlari o‘yin jarayonida faqat namoyon bo‘libgina qolmasdan, bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, o‘zlashtiriladi. SHuning uchun psixologiya nuqtai nazardan oqilona ya’ni to‘g‘ri tashkil qilingan o‘yin bola shaxsini har tomonlama o‘stiradi va shuning bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida –sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayol va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi.


O‘yin o‘z mohiyati jihatidan katta kishilarning hatti –harakatlari va xulq-atvorlariga faol taqlid qilishdan iborat bo‘lishi tufayli bolalarda ma’naviy sifatlarning mustahkamlanishi uchun va odob – axloq qoidalarini bilib olishlari uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabgacha yoshdagi bola o‘yin jarayonida tabiblik yoki muallimlik rolini bajarayotgan bo‘lsa, shu kasbga tegishli barcha
4
sifatlarni namoyon qilishga intiladi. Ular o‘yinga juda berilib ketsalar, bajarayotgan rollariga xos sifatlar shunchalik samimiy, ijodiy tarzda namoyon bo‘ladi. Bolalar uchun o‘yin mazmunining hech bir chegarasi yo‘q. Maktabgacha yoshdagi bolalar kattalar hayotini hamma tomonlarini o‘z o‘yinlarida aks ettira oladilar. O‘yinning ahamiyati bola shaxsining o‘sib kamolotga etishiga ta’sir ko‘rsatishdin iboratdir. O‘yin har bir yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi dunyoni va kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni bilib olishni ifodalaydi. Bolaning moddiy dunyoga, kishilarga o‘z-o‘ziga munosabati o‘zgarayotgan o‘yinda namoyon bo‘ladi. Bolalarning ehtiyojlari, istak, qiziqish (xavas) lari bevosita o‘yinda ifodalanadi. O‘yin bolalarning xayolparastligi tufaydi narsalar va kishilar dunyosini ular uchun ma’qul tomonga “o‘zgartirish” imkoniyatini beradigan faoliyatdir. Ma’lumki, bolalarning asosiy vaqti o‘yin bilan o‘tadi. O‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlanishining muhim. vositasi, ularning asosiy faoliyati bo‘lib hisoblanadi. O‘yin jarayonida bola shaxsi faoliyat sub’ekti sifatida shakllana boshlaydi. O‘yin uzoq davrlardan beri mashhur olimlar, pedagog-psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat arboblari diqqatini o‘ziga qaratib kelingan dolzarb mavzudagi muamolardan biridir . Kurs ishining maqsadi . O’yin bog’cha yoshidagi bolalarda yetakchi faoliyat ekanligini haqida ilmiy adabiyotlardan ma`lumotlar to`plash, tahlil qilish hamda tajriba jarayonida o`rganish.
Kurs ishining vazifalari quydagilardan iborat
1) Kurs ishining nazariy qismini ilmiy adabiyotlar asosida yoritib berish.
2) Maktabgacha ta`lim muassasasida tajriba o`tkazish.
3) O`yin faoliyatida maktabgacha yoshdagi bolalarni kuzatish, tahlil qilish.
4) Yig`ilgan ma`lumotlar asosida xulosa va tabsiyalar ishlab chiqish.
5) Taqdimot va rasmlar tayyo`rlash.
bo‘limiga qarashli 6- maktabgacha ta’lim muassasasi 5- 6 yoshli tarbiyalanuvchilari .

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə