Baholash meʼzonlari
Texnikumlarni
muvaffaqiyatli
tamomlagan
bitiruvchilarni
universitetning
bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi “Texnikumlarni muvaffaqiyatli
tamomlagan
bitiruvchilarni
oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim
yoʻnalishlariga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni
tasdiqlash haqida”gi 17-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirirning 2022-yil 13-yanvardagi “Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining
2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida”gi 13-sonli
buyrugʻiga asosan suhbat asosida amalga oshiriladi. Suhbat jarayonida bitiruvchilarning
har biriga quyidagi mavzular boʻyicha bittadan jami toʻrtta savol beriladi:
mamlakatda oʻz sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va
ahamiyatini tushunish;
bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tanlashda motivatsiya (soha kasbining mohiyati va
ijtimoiy ahamiyatini tushunish, unga doimiy qiziqish koʻrsatish);
shaxsiy-kasbiy xususiyatlar (oʻqishga qobiliyat, kasbiy
vazifalarni hal qilishda
amaliy faoliyat, intizomlilik, hamjihatlilik, masʼuliyatlilik,
qaror qabul qilishda
mustaqillik darajasi, shaxsiy yutuqlar mavjudligi, shuningdek, oʻz
ustida ishlash va
ijodkorlik qobiliyatlari);
tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi sohasidagi bilim va kasbiy koʻnikmalarning
mavjulligi.
Savolnoma variantidagi 4 ta savolga berilgan javoblar umumlashtirilib 0 baldan
100 ball oraligʻidagi ballar bilan baholanadi.
Har bir savol quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi:
21,5-25 ball, savol toʻla va har tomonlama chuqur yoritilgan, shu savolni
yoritishda xatolik va chalkashlikka yoʻl qoʻyilmagan, xulosa
berilgan va fikrlar erkin
bayon etilgan;
17,7-21,4 ball, javob berishda masalaning moxiyati tushunilgan, javobni yoritib
bera olgan, amaliy misollar keltirilgan, xulosa berilgan, fikrlar sodda bayon etilgan;
13,8-17,6 ball, Savolga javob berishda masalaning moxiyati tushunilgan, ammo
mazmun va natijalar yuzaki yoritiligan, misollar bilan asoslanmagan, xulosa qilingan;
0-13,7 ball, Savol qisman yoritilgan, xulosa berilmagan. Savol boʻyicha aniq
tasavvurga ega emas.
Har bir komissiya aʼzosi bitiruvchini 4 ta savol boʻyicha
belgilangan baholash
meʼzoni asosida baholaydi. Jami komissiya aʼzolarining ballari yigʻindisi oʻrtacha bali
hisoblanadi.
Jami toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi.
Muayyan taʼlim yoʻnalishi (guruh) boʻyicha oʻtkazilgan suhbat natijalariga koʻra
suhbatdan oʻtganlar roʻyxati shu kunning oʻzida abituriyentlarga oʻqib eshittiriladi.
Belgilangan muddatdarda suhbatga kelmagan bitiruvchilarga shu oʻquv yili uchun
suhbat oʻtkazilmaydi va ular universitet bakalavriat taʼlim yoʻnalishinining 2-bosqichidan
oʻqishga qabul qilinmaydi.
Bitiruvchi uzrli sabablarga koʻra (kasalligi, xizmat safarida boʻlganligi yoki oila
aʼzolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) suhbatda ishtirok eta
olmaydigan boʻlsa yoki ishtirok etmasa, suhbat oʻtkazilgan sanadan uch kundan
kechikmay universitetda tuzilgan qabul komissiyasiga murojaat etishi lozim.
Mazkur
toifadagi bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari toʻliq yakunlanganidan soʻng bir hafta
muddatda qoʻshimcha suhbat oʻtkaziladi.
Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan suhbatning yakuniy natijalarini qayd
etish varagʻiga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan aʼzolari tomonidan
qoʻyilgan ballarning oʻrtachasi 67 ball va undan yuqori boʻlganda abituriyent suhbatdan
oʻtgan hisoblanadi.
Apellyatsiya shikoyatlari suhbat natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat
ichida universitetda tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga toʻgʻridan-toʻgʻri
yozma
shaklda qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning
sonidan kelib chiqqan holda bir kundan uch kungacha boʻlgan muddatda videoyozuv
asosida koʻrib chiqiladi.