Neft va gaz konlari geologiyasi va geofizikasi



Yüklə 139,02 Kb.
səhifə1/8
tarix07.06.2023
ölçüsü139,02 Kb.
#126220
  1   2   3   4   5   6   7   8
ko‘l va botqoqlik


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLII VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

NEFT VA GAZ KONLARI GEOLOGIYASI VA GEOFIZIKASI”


KAFEDRASI



"Neft va gaz geologiyasi" fanidan


KURS LОYIHАSI


Mavzu: Ko'l va botqoqlik yotqiziqlari

Guruh: _____________


Bajardi: _______________
Qabul qildi:________________

Toshkent 2023


Reja:


Kirish.



  1. Ko‘l botiqlarining genetik turlari




  1. Ko‘llarning geologik ishi




  1. Botqoqliklarning geografik tarqalishi



Xulosa

Suv bilan to’ldirilgan okean, dengiz va ko’rfazlar bilan bog’lanmagan havzalar ko’llar deyiladi. Ko’llarning ishg’ol qilgan maydoni bir necha gektardan o’n ming kvadrat kilometrlargacha, chuqurligi esa 10 sm lardan bir necha ming metrlargacha o’zgarib turishi mumkin. Ko’llar turli balandliklarda joylashadi. Masalan, Kaspiy ko’li-dengizi dengiz sathidan 28 metr pastda va Pomirdagi Sarez, Yashilko’llari esa dengiz sathidan 3600 metr balandlikda joylashgan. Ko’llarning maydoni, chuqurligi va joylashishi bo’yicha birbiridan farq qilishi ko’l chuqurliklarining hosil bo’lishi xilma-xilligi bilan bog’liq. Ko’l kotlovanlari tektonik jarayon, muzliklarning faoliyatidan, uchgan vulqonlar krateri, daryoning o’zanlarida va dengizning faoliyatidan hosil bo’lishi mumkin. Ko’llar suvining almashish xarakteriga ko’ra oqar va oqmas ko’llarga bo’linadi. Oqar ko’llarda suvining tuz tarkibi doimiy o’zgarmas bo’ladi. Oqmas ko’llarda suvlarining tuz tarkibi, daryoning quyilish joyidan uzoqlashgan sari o’zgarib boradi. Masalan Balxash ko’lida Ili daryosining quyilgan yerida suv chuchuk, shimoliy va sharqiy qismida esa sho’r. Ko’llardagi faoliyat dengiz faoliyati bilan o’xshashdir. Faqat geologik jarayonlarning ko’llardagi ko’lami nisbatan kichikdir. Ko’llarda ham dengizga o’xshash daryo suvi tashib keltirilgan cho’kindilar bilan bir qatorda kimyoviy yoki biokimyoviy cho’kindilar yotqiziladi. Oqmas ko’llari bug’lanish ta‘siridan ko’p miqdorda kimyoviy cho’kindilar to’planadi. Elton va Bosqunchoq ko’llarida juda ko’p hajmda natriy va kaliy tuzlari tuplangan. Ko’pincha gips va kaltsit, ayrim vaqtlarda temir ro’dasi minerallari va boksitlar yotqiziladi. Organik cho’kindilardan ko’llarda chig’anoqli, ohaktoshlar va diatomitlar yotqizilgan bo’ladi. Ko’llar uchun mexanik cho’kindilardan tashqari organik ilsapropellar xarakterlidir. O’lik organizmlar, ko’l tagiga yotqizilib buziladi va kislorodsiz sharoitda chiriydi uglevodorodga boy organik ilni hosil qiladi. Botqoqlik yotqiziqlari. Ko’pgina botqoqliklar ko’llardan hosil bo’lgan. Ko’llarning sayoz qismida suvsevar o’simliklar hosil bo’ladi o’layotgan o’simliklar suv ostiga cho’kadi va asta-sekin chiriy boshlaydi. Ko’lning asta-sekin sayozlanib borishi bilan o’simliklar qirg’oqdan ko’l markaziga qarab surilib boradi. Ko’l tagiga cho’kib astasekin ko’lni to’ldirib boradi va botqoqlikni hosil qiladi. Botqoqliklar yer osti suvlari sathining xar doim yoki uqtin-uqtin ko’tarilib turishi hisobiga ham hosil bo’ladilar. Botqoqliklar ozuqalanish sharoitiga va o’simliklarning turiga ko’ra balandlik yerlardagi va pastkam yerlardagi turlariga bo’linadi . Pastkam yerlardagi botqoqliklar yer relefining chuqurlashgan qismlarida joylashadi va yassi yoki bukilgan yuzaga ega bo’ladi. Ularning ozuqalanishida atmosfera yog’inlaridan tashqari sizot va daryo suvlari qatnashadi. Hosil bo’lgan torf jinslari kam kaloriyali va o’zidan ko’p kul ajratadi. Balandlik yerlarda joylashgan botqoqliklar junlarda joylashadi va qabargan yuzaga ega bo’ladi. Ular asosan atmosfera yog’inlari hisobiga ozuqalanadi. Atmosfera yog’inlari chuchuk bo’lganligi uchun bunday botqoqliklarda asosan zamburug’lar o’sadi. Zamburug’larning chirishidan hosil bo’lgan torflar yuqori kaloriyali va kam kul hosil qiladigan bo’ladi. Birinchi va ikkinchi tur botqoqliklaridan tashqari oralik toifadagi botqoqliklar ham mavjud. Ularga pastkam va balandlik yerlarga joylashgan botqoqliklarning xususiyatlari xarakterlidir
Oqmaydigan yoki sekin oqib turadigan suvlar to‘plangan, bevosita dengizga qo‘shilmagan, o‘rta qismida o‘simlik o‘smaydigan havza ko‘l deb ataladi. Birmuncha sayoz, o‘t o‘sib suv yuzasigacha chiqqan suv havzalari botqoqlik deyiladi.

Ko‘l va botqoqliklarni o‘rganish bilan limnologiya fani shug‘ullanadi.


Dunyodagi ko‘llarning umumiy maydoni yer sharidagi quruqlikning 2% ini yoki 27 mln km2 ni tashkil etadi. Yer sharidagi ko‘llarning umumiy maydoni O‘rta dengiz maydoni (3 mln km2) dan salgina kichik, xolos. Barcha ko‘llarning yalpi suv hajmi 29000 km3 ga teng.


Yer sharidagi eng katta ko‘llar Kaspiy ko‘lini hisobga olmaganda Shimoliy Amerikada yuqori (Verxnee) ko‘lining maydoni 82,4 ming km2, Afrikadagi Viktoriya ko‘lining maydoni 68 ming km2. Yer sharida ko‘llar bir tekis tarqalmagan. Masalan, maydoni 337 ming km2 Finlandiya mamlakatida ko‘llarning soni 60 mingta, Shimoliy Amerikadagi Buyuk ko‘llarning maydoni 245 ming km2. Ko‘llarning chuqurligi bir necha 10 metrdan bir necha 100 metrgacha yetadi. Yer sharidagi eng chuqur ko‘l Baykal bo‘lib, uning chuqurligi 1741 m.





Yüklə 139,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin